Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Ноябрь
2019

"O‘zdavkarantin" meva-sabzavot eksportini taqiqlamoqchi bo‘lgan Qirg‘izistondan dalil so‘radi

0

"O‘zdavkarantin" inspeksiyasi qo‘shni Qirg‘izistonga meva va sabzavot eksporti davom etishini ma’lum qildi.

13 noyabr kuni Qirg‘iziston Qishloq xo‘jalik, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligi, O‘zbekistondan fitosanitar talabga javob bermagan mahsulotlar kelayotgani bois, vaqtincha taqiq qo‘yishidan ogohlantirgan edi.

"O‘zdavkarantin" inspeksiyasi 16 noyabr kuni bergan xabarga ko‘ra, Qirg‘izistondan bu taqiq uchun "asosli dalillar" so‘ralgan.

Inspeksiya shu kunga qadar “Do‘stlik” chegara nazorati punktidan o‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish davom etayotgani va biror yuk orqaga qaytarilmaganini ta’kidlamoqda.

Inspeksiya shu yilning 15 noyabr kuni, Qirg‘izistondan Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligidan maktub borganini ma’lum qildi. Aytilishicha, maktubda O‘zbekistondan fitosanitar sertifikatisiz mahsulot olib kirishga urinish bo‘lgan 356 ta holat aniqlangani bildirilgan.

Shuningdek, bu maktubda Qirg‘iziston tomoni, “Do‘stlik” chegara nazorat punktida shu yilning 12 noyabr kuni O‘zbekistondan 35 tonna nok, behi, no‘xat va ziravorni chegaradan kiritmaganini ma’lum qilgan.

Bunga sabab sifatida fitosanitar sertifikat va maxsus etiketkalar bo‘lmagani aytilgan.

"O‘z navbatida “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi mazkur masala yuzasidan javob xati yo‘llagan bo‘lib, unda Inspeksiya yuqoridagi kabi holatlarga qarshi hamkorlikda kurashishga tayyor ekani qayd etilgan hamda qirg‘iz tomonidan ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan asoslangan dalillar va ma’lumotlar tezkorlikda yuborilishi so‘ralgan", deyiladi "O‘zdavkarantin" inspeksiyasi bayonotda.

Qirg‘iziston Qishloq xo‘jalik, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligi O‘zbekistondan boradigan meva-sabzavotni vaqtincha taqiqlashi mumkinligi haqida 13 noyabr kuni ogohlantirgandi.

Qirg‘iziston tomoniga ko‘ra, to‘xtatib qolingan ayrim mahsulotlar, jumladan anorda "O‘zbekistonning fitosanitar nazorati sertifikati bo‘lgan",  biroq O‘shdagi laboratoriya ayni mahsulotda “Grapholitha molesta Busck” hasharoti borligini aniqlagan.

"O‘zdavkarantin" inspeksiyasi, shuningdek, Qirg‘iziston tomoni 2019 yil boshidan buyon aniqlagan holatlardan vaqtida rasman ogohlantirmagan, demoqda.

"Import qiluvchi davlatning karantin xizmati fitosanitariya talablari buzilganligi yuzasidan mahsulotni eksport qilgan davlatga notifikatsiya (bildirishnoma) yuborishi lozim. Biroq, shu kunga qadar hech bir holat yuzasidan Qirg‘iziston karantin xizmati tomonidan asoslantirilgan rasmiy notifikatsiyalar (bildirishnomalar) kelib tushmagan", deyiladi inspeksiya bayonotida.

Inspeksiyaga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston va Qirg‘iziston karantin xizmatlari o‘rtasida 2019 yil 1 avgustda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qirg‘iziston Respublikasi hukumati o‘rtasida o‘simliklar karantini sohasida hamkorlik Bitimi” asosida hamkorlik qilinadi.

Shu yilning 19 fevralida Qozog‘iston ham O‘zbekistondan mahsulotlar olib kirilishiga vaqtinchalik taqiq qo‘ygandi.

O‘shanda Qozog‘iston qishloq xo‘jalik vazirligi O‘zbekistondan boradigan anorda "Komstok qurti" aniqlanganini bildirgan.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин рассказал о Международном форуме инноваций БРИКС


Спорт в России и мире
Москва

Охрана и безопасность. Как роботы и дроны работают на спортивных объектах?


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Елена Рыбакина

Рыбакина узнала свое место в новом мировом рейтинге


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Четыре города ЦФО вошли в федеральный топ-10 по качеству жизни





Путин в России и мире
Москва

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге о качественном росте отечественного автомобилестроения


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Запись от имени Президента Беларуси сделана в книге соболезнований в посольстве Ирана




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Зеленский объяснил, почему не хочет приглашать РФ на «саммит мира»


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Джиган

«Забыл, сколько мне лет», «хавчик», «на чилле» и другие великие мемы от Джигана



Москва

В ЯНАО ожидается штормовой ветер

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net