Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Октябрь
2019

AQSh prezidenti ID rahbari Bag‘dodiy o‘ldirilganini e’lon qildi

0
AQSh prezidenti ID rahbari Bag‘dodiy o‘ldirilganini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp "Islom davlati" ekstremist guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘ldirilganini e’lon qildi.

27 oktabr kuni qator yirik axborot vositalari Bag‘dodiy yashayotgan joyda AQSh armiyasi reyd o‘tkazgani va unda Bag‘dodiy o‘ldirilgani haqida xabar qilgandi.

Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning muhim bayonot bilan chiqishi ham e’lon qilingandi.

AQSh prezidenti 27 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:00da Oq Uyda bayonot berdi.

Bayonotida prezident  "Islom davlati" ekstremist guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘ldirilgani, uni o‘ldirish amaliyoti juda xavfli, ammo juda muvaffaqiyatli o‘tganini aytdi.

Aytishicha, u va boshqa harbiy rahbarlar amaliyotni masofadan turib kuzatgan.

"U xuddi it kabi, qo‘rqoqlarcha o‘ldi", dedi prezident.

Uning aytishicha, Bag‘dodiyni o‘ldirish amaliyoti 2 hafta muqaddam boshlangan.

Shuningdek, Tramp amaliyot chog‘ida Bag‘dodiyni qo‘riqlayotgan ko‘plab jangari o‘ldirilgani, AQSh harbiylaridan esa biror qurbon berilmaganini aytdi.

Biroz avval Tramp Twitter tarmog‘idagi sahifasi "Juda katta ish bo‘ldi hozir!" deb yozgandi.

Bunga qadar bir necha xabar agentliklari, jumladan, CNN, Newsweek hamda Reuters AQSh harbiylari Suriya shimolida Bag‘dodiy yashiringani aytilgan hududda reyd o‘tkazganini xabar qildi.

Newsweek nashri ismi oshkor qilinmagan AQSh armiyasi rasmiysi Bag‘dodiy o‘ldirilganini aytganini xabar qildi.

Reuters agentligining xabar berishicha, AQSh armiyasi rasmiysi reyd Suriyaning Idlib viloyatida maxsus kuchlar tomonidan amalga oshirilganini aytgan.

Bundan oldin ham bir necha marta Bag‘dodiy o‘ldirilgani xabar qilingan, ammo bu xabarlar yolg‘on bo‘lib chiqqan edi.

2018 yilning fevralida bir necha AQSh rasmiysi Bag‘dodiy 2017 yilning mayida havo hujumi ortidan jarohatlangani va besh oy davolanishga majbur bo‘lganini aytgan edi.

Kelib chiqishi iroqlik bo‘lgan Bag‘dodiyni qo‘lga olganlar uchun AQSh 25 million dollar mukofot va’da qilgan. Bag‘dodiyning birinchi ayolidan to‘rt, ikkinchi ayolidan bir farzandi bor.

AQSh va Iroq rasmiylari Bag‘dodiy Suriyaning Iroq bilan chegaradosh hududida yashayotganiga ishonishini aytishgan.

Joriy yilning aprelida Bag‘dodiy besh yil deganda ilk marotaba video ko‘rinish berdi. “Islom davlati” ekstremistik guruhining axborot tarmog‘i yoyinlagan videoda Bag‘dodiy zirhli jilet va avtomat bilan ko‘ringan edi.

Videoda Bag‘dodiy “Islom davlati” guruhi o‘z jangchilari qo‘lga olingani va o‘ldirilgani uchun qasos olishini ta’kidlagan.

Undan oldin Bag‘dodiy so‘nggi marta 2014 yilda Mosul shahrining Al-Nuriy masjidida va’z aytgan edi. Aynan shu nutq davomida Bag‘dodiy o‘z xalifaligi o‘rnatilganini iddao qilgandi.

Bu orada “Islom davlati” Iroq va Suriyada egallagan barcha hududlaridan siqib chiqarildi.

Ammo g‘arb davlatlari rasmiylari Turkiya joriy oyda Suriya shimolida kurdlarga qarshi boshlagan amaliyot tufayli kurdlar qo‘lga olgan minglab “Islom davlati” jangarisi qochib ketishi mumkinligini aytib, xavotir izhor qilmoqda.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин рассказал о благоустройстве у станции метро «Университет Дружбы Народов»


Спорт в России и мире
Москва

В Росгвардии стартовал чемпионат по боксу "Кубок Победы"


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Даниил Медведев

Теннисист Медведев не смог выйти в четвертьфинал турнира серии «Мастерс» в Риме


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Северо-Западный банк СберСтрахование объединила защиту от кибератак и экорисков в одном полисе





Путин в России и мире
Москва

Титов о визите Путина в Китай: Можно говорить о настоящем повороте на Восток


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Минск поддерживает Баку: планы по строительству агрогородка в Карабахе – ОБНОВЛЕНО




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

ABC: Зеленский недоволен результатами визита Блинкена в Киев


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Александр Градский

Суд Москвы принял апелляцию третьей жены Градского по доле в наследстве



Москва

Суд заочно арестовал активистку Маршенкулову по делу об оправдании терроризма

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net