Oʻzbekiston arxiv tizimi 100 yoshda
Bu yil Oʻzbekistonda arxiv tizimi rasman tashkil topganiga 100-yil toʻldi - 1919-yil 5-noyabrda yurtimizda birinchi arxiv tizimi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Shu munosabat bilan Navoiyda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani oʻtkazildi.