Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Октябрь
2019

Maxfiy qaror: Maktabga “Tarbiya” darsi kiritiladi, xorijiy OTMda gumanitar fanlarni mahalliylar o‘tadi

0
Maxfiy qaror: Maktabga “Tarbiya” darsi kiritiladi, xorijiy OTMda gumanitar fanlarni mahalliylar o‘tadi

O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 4 sentabr kungi 4437m maxfiy qarorida mamlakatdagi diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish uchun keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Maxfiy qaror ilovasida ta’lim sohasida qilish buyurilgan ishlar ko‘p va ular orasida maktablarda “Tarbiya” degan yangi dars joriy qilish bor.

Bu hujjatdagi ayrim topshiriqlar O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va xususiy ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga ham taalluqli.

Xususan¸ prezident maxfiy qarori asosida O‘zbekiston ta’lim vazirliklari bundan buyon universitetlarda gumanitar fanlardan dars berishni mutlaq mahalliy mutaxassislarga olib berishi¸ bu oliygohlar professor va talabalarining soqol va hijobda kelishiga chek qo‘yilishini ta’minlashi lozim.

“Tarbiya” darslari va darsligi

Maxfiy qaror ilovasi - “Yo‘l xaritasi”ning 3-bobi “Ta’lim sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar” deb nomlanadi.

Unda buyurilgan amallarni qilishdan maqsad  maktab o‘quvchilarida “ekstremizm va aqidaparastlik g‘oyalariga qarshi immunitetni shakllantirish” ekani aytiladi.

Bu bobda berilgan topshiriqlar ijrosi uchun Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov mas’ul etib tayinlangan.

Ta’lim sohasida qilinadigan ishlar tepasiga maktab dasturiga yangi dars kiritish topshirig‘i qo‘yilgan.

“1. Xalq ta’limi vazirligi huzurida maktab o‘quvchilari uchun “Tarbiya” darsligini yaratish bo‘yicha ijodiy guruh tuzish.

2. Ijodiy guruh tomonidan xalq ta’limi tizimida amalda qo‘llanilayotgan o‘quv darsliklar bazasini milliy yuksalish g‘oyasi asosida jiddiy tanqidiy-tahliliy o‘rganish.

3. Tahlillar va ma’naviy tarbiya konsepsiyasiga tayangan holda “Tarbiya” darsligi matnini tayyorlash.

4. Maktab dasturiga «Tarbiya» darsini kiritish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablariga javob beradigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish.

5. Milliy g‘oya turkumiga kiruvchi fanlar¸ dunyo dinlari tarixi fanidan dars beruvchi o‘qituvchilar sifat tarkibini tubdan qayta ko‘rib chiqish va bosqichma-bosqich ularning amaliy ko‘nikma va bilimlarini oshirib borish.”

15 sentabrdan boshlangan bu topshiriqlar ijrosi uchun dekabrga qadar muhlat berilgan; jarayonga ikkala ta’lim vazirligidan tashqari Respublika Ma’naviyat va madaniyat markazi¸ Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (DXX) va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi mutaxassislari ham jalb qilingan.

Maxfiy qaror ilovasida ta’lim sohasiga berilgan topshiriqlar orasida “o‘quvchilarni vatanparvarlik¸ fidoyilik hamda milliy qadriyatlar¸ urf-odat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash jihatlarini e’tiborga olgan holda umumta’lim maktablarining 9-11 sinflari darsliklari mazmunini qayta ko‘rib chiqish” ham bor.

“Tarbiya” darsi ustida ish boshlangan – nom va shakl o‘zgaradi¸ xolos

Ozodlik 15 oktabr kuni gaplashgan ayrim ta’lim sohasi xodimlari prezident maxfiy qarorida berilgan maktab dasturiga yangi “Tarbiya” darsi kiritish topshirig‘i ustida ish boshlanganini bildirdi.

“Yangi o‘quv yilidan biz o‘tadigan to‘rtta fan – milliy g‘oya¸ huquq¸ din tarixi va vatan tuyg‘usi soatlari yagona fanga birlasharkan. Nomi “Tarbiya” darsi bo‘ladi¸ deyishdi. Tushunishimcha¸ deyarli hech narsa o‘zgarmaydi¸ faqat nomlanish o‘zgaradi”¸ dedi viloyatlardagi o‘rta maktabning 5-11 sinf o‘quvchilariga ma’naviyat va ma’rifat darslari o‘tib kelayotgan o‘qituvchilardan biri.

Bu suhbatdoshga ko‘ra¸ yanagi yildan “Tarbiya” darsini o‘tadigan o‘qituvchilarga ikkinchi fan sifatida tarix bo‘yicha diplom olish topshirilgan.

“Milliy g‘oya¸ vatan tuyg‘usi degan fan uchun darslik yo‘q . Hozirgacha “o‘zbek modelining otasi Islom Karimov” deb dars o‘tamiz. Bolalarga odob-axloq¸ dinlar tarixini o‘qitish kerak. Lekin maktablar davlat siyosati¸ prezident kitoblarini o‘qitadigan joy bo‘lib qolmasligi kerak”¸ deydi Ozodlik bilan shaxsi ochiqlanmasligi so‘rab gaplashgan ma’naviyat o‘qituvchisi.

Toshkent maktablaridan birining  ma’naviyat bo‘yicha mutasaddisi ham Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Tarbiya” darsi joriy etilishi haqida bildirilganini aytdi.

Bu suhbatdosh¸ yangi fan bo‘yicha vazirlik o‘z saytida xabar ham qo‘yganini bildirdi. Ammo Ozodlik 15 oktabr kuni Xalq ta’limi vazirligi rasmiy saytidan bunday dars va darslik haqida ma’lumot topa olmadi.

Bunday dars va darslikka oid Ozodlikning vazirlik matbuot xizmatiga yuborgan savoli ham hozircha javobsiz qoldi.

O‘zbekistondagi xorij universitetlarida gumanitar fanlardan “faqatgina” mahalliylar dars beradi

Ta’lim sohasida qilinishi belgilangan ishlar O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va xususiy ta’lim muassasalariga ham taalluqli.

“O‘quvchi va talabalar o‘rtasida milliy davlatchilik tamoyillariga zid yot g‘oya hamda mafkuralar ta’siriga tushib qolish holatlarining oldini olish” maqsadida xorijiy va xususiy ta’lim muassasalari gumanitar fanlarni o‘qitishni O‘zbekiston ta’lim vazirligi bilan muvofiqlashtirishi lozim bo‘ladi.

Xususan¸ maxfiy qaror ilovasida “gumanitar fanlarni (O‘zbekiston tarixi¸ dinshunoslik va b.) o‘qitish jarayonida xorij mutaxassislarini cheklagan holda uni faqatgina mavjud talablarga javob bera oladigan mahalliy mutaxassislarga yuklash” buyurilgan.

Hozirda O‘zbekistonda Vestminister¸ Singapur¸ Inha¸ Turin universitetlari filiallari¸ shuningdek¸ Rossiyaning Lomonosov¸ Plexanov va Gubkin nomidagi oliygohlari sho‘’basi faoliyat olib bormoqda.

15 oktabr kuni Ozodlik gaplashgan Vestminster universiteti xodimi¸ bu oliygoh dasturida gumanitar fanlar¸ xususan¸ tarix va dinshunoslik fanlari yo‘qligini bildirdi. Ayni paytda universitet nomidan gapirgan suhbatdosh¸ bu muassasadagi xorijlik va o‘zbekistonlik mutaxassislar nisbati haqidagi savolga “universitet siri” degan iddao bilan javob bermadi.

Ayni shunday¸ Singapur universitetining Ozodlik bog‘langan vakili ham¸ gumanitar fanlardan faqat o‘zbekistonlik mutaxassislarning dars berishini shart qilib belgilagan qarorga munosabat bildirishni istamadi.

Bu universitet talabalaridan biri esa¸ bugunga kelib aksar fanlardan mahalliy mutaxassislar dars o‘tayotganini bildirdi.

Ta’lim muassasalaridagi dress-kod masalasi

Prezident maxfiy qarorining amaliyot uchun taqdim etilgan “Yo‘l xaritasi”da yillardan beri ziddiyatli bo‘lib qolayotgan o‘quvchi va talabalarning tashqi qiyofasi haqida ham topshiriqlar berilgan.

Maxfiy qaror ilovasida:

“Respublikadagi barcha ta’lim muassasalarida¸ shu jumladan xorijiy hamda xusuiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar hamda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari¸ shuningdek¸ professor-o‘qituvchilar¸ xodimlar va tarbiyachilarning hijob kiyish¸ beo‘xshov soqol qo‘yish kabi holatlarga chek qo‘yish” topshiriladi.

Bu topshiriq ijrosi uchun ikkala ta’lim va maktabgacha ta’lim vazirliklari barobarida Yoshlar ittifoqi¸ Xotin-qizlar qo‘mitasi va hokimliklar mas’ul etib belgilangan.

 

Ilovada shuningdek:

“1. Ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalarining kiyinish me’yorlarini ichki tartib qoidalar asosida belgilash (har bir tizim uchun alohida).

2. Ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan kiyinish me’yorlariga qat’iy rioya etish yuzasidan o‘quvchi va talabalar¸ ota-onalar o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish” lozimligi aytiladi.

O‘zbekiston bo‘ylab o‘quvchilarning maktabga belgilangan tashqi qiëfada kelishini nazorat qilish¸ Ozodlikka kelayotgan kundalik xabarlarga qaraganda joriy sentabrь oyidan  keskin kuchaygan.

 

Bu nazorat kampaniyasi¸ ota-onalarga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil avgustida qabul qilingan 666-sonli qarori ijrosi sifatida tushuntirilmoqda.

Ammo bu jarayonning prezident maxfiy qarori qabul qilingan 4 sentabrning ertasidan boshlanib ketgani ta’lim va hokimlik mutasaddilarining aynan 4437m qarori ijrosini belgilangan muddatda ta’minlash urinishi ekanidan darak bermoqda.

Maxfiy qaror

Ozodlikka prezident maxfiy qarori nusxasiga bevosita aloqador mulozim tomonidan sizdirilgan hujjat “Mamlakatda diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish va ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari”deb nomlanadi.

 

Bu hujjatning aksar o‘zbekistonliklar hayotiga bevosita yoki bilvosita daxldor jihatlariga oid ma’lumotlarni Ozodlikda kuzatib boring.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

В Зеленограде появится производство альбумина и иммуноглобулина — Собянин


Спорт в России и мире
Москва

В Швейцарии завершился чемпионат Европы по спортивной и фитнес-аэробике


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Ролан Гаррос

Джокович снялся с Открытого чемпионата Франции по теннису


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Красноярский музыкальный театр представил проект театральной экосистемы будущего





Путин в России и мире
Москва

Орбан посоветовал "не дергать русских за усы"


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

AFP: Байден объявил о выделении Киеву помощи на 225 млн долларов


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Оркестр

Оркестр штаба Тихоокеанского флота выступил в столице БАМа



Москва

«Ъ»: экс-главе «Автодора» Кельбаху грозит 14 лет за ущерб в 2 млрд рублей

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net