Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi bloger Miraziz Bozorov ustidan, tergovi uzoq davom etgan jinoyat ishini ko‘rishni boshladi.
U O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi g-bandi bilan tuhmat qilishda ayblanmoqda.
30 yashar bloger ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston hukumatini korrupsiyada ayblab, qilgan keskin tanqidiy chiqishlari va Jinoyat kodeksidan “Besoqolbozlik” moddasini chiqarish haqidagi chaqiriqlar bilan tanilgan.
20 - yanvar kungi birinchi majlis ochiq deb e’lon qilingandi, lekin unga jurnalistlar qo‘yilmadi. Читать дальше...