Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Май
2019

Peterburgda o‘zbekistonlik ayol va uning 12 yashar qizi zo‘rlangani yuzasidan tergov boshlandi

0
Peterburgda o‘zbekistonlik ayol va uning 12 yashar qizi zo‘rlangani yuzasidan tergov boshlandi

Sankt-Peterburgda 12 yashar qizi bilan birga o‘zbekistonlik ayolni o‘g‘irlab ketib, zo‘rlagan ikki shaxsdan biri qo‘lga olindi.

Ozodlik bilan suhbatda jinsiy zo‘ravonlikka uchragan 33 yashar ayol hozirda tergovchilar ikki farzandini tortib olib qo‘ygani va ularning qaerda saqlayotganini bilmasligini aytdi.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik 33 yashar toshkentlik N. ismli o‘zbekistonlik ayol va uning 12 yashar qizini erkinlikdan mahrum etganlik va zo‘rlaganlikda ayblanayotgan shaxs hibsga olindi.

Mahalliy nashrlar tergovchilarga tayanib hibsga olingan shaxsning 47 yashar tojikistonlik ekanini xabar qildi. Shahar Tergov qo‘mitasi 25 may kuni bu shaxsga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 131 (zo‘rlash) va 127 (ozodlikdan noqonuniy tarzda mahrum etish)- moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atganini xabar qildi mahalliy “Piter.tv” telekanali.

Shu yilning may oyida sodir bo‘lgan bu hodisa borasida Tergov qo‘mitasigaxabar bergan  Moskvadagi “Vatandosh” o‘zbeklar mintaqaviy tashkiloti rahbari Usmon Baratovning Ozodlikka bildirishicha, ismi tergov tugaguncha sir tutilayotgan ayolning bolalari bilan uzoq vaqt davomida majburan ushlab turilgan va muttasil zo‘rlangan.

- 18 may kuni ular menga Odnoklassniki orqali chiqishdi shunaqa hodisa bo‘ldi, deb. Dushanba kuni ularni tanish odam yordamida olib keldik, Tergov qo‘mitasida ariza berdik, biz ham intervyu oldik. Bu ayolning gapiga qaraganda, ular 12 yashar qizi va 7 yashar o‘g‘ilchasi bilan yashashgan ekan. Qo‘shni xonada tojikistonlik bir yigit 2 ayol bilan yasharkan. Shu odam oldiga 17 yashar U. ismli yigit kelib yasharkan. Shu bola hamma ishda bo‘lganida kunduzi shu 12 yashar qizini buzib qo‘yibdi. U 2 hafta davomida shu ishni qilib yurarkan.

7 may kuni shu ma’lum bo‘lib qolibdi – onasiga aytib beribdi. Onasi yig‘lab janjal ko‘targan ekan, u yigitning amakisi bu ayolni qo‘shni xonaga olib kirib, urib, jinsiy zo‘ravonlik qilibdi va ularning hammasini 2 kunga qamab qo‘yibdi. 9 may kuni bular qandaydir eshikni ochib, qochib ketishibdi. Moskva vokzaliga kelib  politsiyaga murojaat qilishibdi. Biz mana shu politsiya ustidan ham ariza beramiz, chunki ular yordam berishdan bosh tortib, ayolni bolalari bilan chiqarib yuboribdi¸ dedi Usmon Baratov.

Ma’lum bo‘lishicha, ijaraga olingan kvartira Peterburgning Dachnaya prospekti 24-uyda joylashgan bo‘lib, U.ning amakisi deb aytilayotgan 47 yashar shaxs Peterburgda mashina savdosi bilan shug‘ullangan va Rossiyada noqonuniy yashab kelgan. U va jinoyatga aloqador boshqa shaxslar qidirilayotgani aytildi.

Moskvaga kelib, ariza yozib ketganidan keyin Peterburgga qaytib borgan o‘zbekistonlik bu ayol migratsiya qonunchiligini buzgani uchun javobgarlikka tortilgani, u sudda yurgan vaqt orasida ikki farzandi bolalar muassasasiga olib ketilgani aniqlandi.

Ozodlik bilan suhbatda 33 yashar N. hozirda farzandlari qaerda ekanini bilmayotgani, unga tergovchilar tomonidan bosim bo‘layotganini bildirdi.

- Aka, hozir bolalarim yo‘q – olib qo‘ygan, topolmayapman. Meni ikki kun sudda olib o‘tirdi, uyga qaytib kelsam bolalarim yo‘q. “Mening guvohim – ikkita bolam, boshqa guvohim yo‘q”, dedim. Mana haligacha yo‘q – bolalarim kerak menga! Men el qatori ular bilan yashaganman kvartirada ijarada. Ular ikki kishi edi. Ko‘zimning oldida qizimni buzib tashladi! deya yig‘ladi jabrlanuvchi ayol.

Ozodlik tahririyatiga taqdim etilgan audioyozuvlardan jabrlanuvchi ayol farzandlarining Tergov Qo‘mitasi xodimi tomonidan tortib olingani anglashiladi.

“Vatandosh” o‘zbeklar jamiyati tashkiloti raisi Usmon Baratov yuzaga kelgan vaziyatda bolalarning davlat nazoratiga olinganida qonun buzilish holati yo‘qligini aytadi:

- Men ham bu ayolni birinchi ko‘rib turibman. Ammo bolalarini olib qo‘ygani bu qonuniy! Chunki uning yashash joyi noaniq, o‘g‘ilchasi va 12 yashar qizchasini olib yurmaganda... Bu bolalarga psixologik va tibbiy yordam kerak! Onasini 7 yashar bolacha ko‘z oldida urgan ekan. Onasining aybi – bir yil oldin 6 sinfda o‘qiyotgan qizchani o‘qishdan olib kelib, bir yil mana shu yerda sarson qilgan. Bu ayolning aytishiga ko‘ra, u O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilib ko‘rgan ekan, ular inobatga olmabdi murojaatini. Har holda, 12 yashar bolachaga qilingan zo‘ravonlik masalasida tergov olib borilishi kerak, dedi Usmon Baratov.

Tergov qo‘mitasi rasmiy saytida ham o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq bu  hodisa tafsilotlari ochiqlanmagan. 

Tergov qo‘mitasi rasmiylaridan jarayonga oid qo‘shimcha ma’lumot olishning hozircha imkoni bo‘lmadi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин: Москва увеличивает объемы специализированной медицинской помощи


Спорт в России и мире
Москва

"Спартак" обыграл "Рубин" со счетом 3:1


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
ATP

Российский теннисист Медведев опустится на строчку в рейтинге ATP


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Практически все животные Москвы вышли из зимней спячки до начала майских холодов





Путин в России и мире
Москва

«Недоволен и беспокоится»: WSJ узнала о реакции лидера КНР на визит Путина в КНДР


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Анастасия Волочкова

«Я заставила себя не испытывать чувство голода»: Анастасия Волочкова рассказала в шоу Анфисы Чеховой на ТВ-3 о своём детстве



Москва

IRNA: Путин встретился с послом Ирана в Москве

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net