Hunarmandchilik festivalida 72 davlatdan 200 dan ziyod hunarmand qatnashadi
Prezidentimizning 2018-yil 1-noyabrdagi “Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 10-15-sentyabr kunlari Qoʻqon shahrida I Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkaziladi. Hozirda mazkur sanʼat bayramini koʻtarinki ruhda oʻtkazish uchun barcha zarur choralar koʻrilmoqda.