Mirziyoev: Elchilarning bundan buyongi vazifasi - eksport, investitsiya va turizm
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev o‘zbek elchilari bilan 12 yanvar kuni bo‘lgan uchrashuvda xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning asosiy vazifasi bundan buyon eksport, investitsiya va turizm ekanini ta’kidladi. Prezident o‘z chiqishida elchixonalar ishiga aralashadigan "ayrim idoralar" vakillarini qaytarib olishini ham aytdi. Prezidentning ushbu chiqishi ortidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida qanday o‘zgarishlarni kutish mumkin? Ozodlik bu haqda AQShda yashayotgan sobiq o‘zbek diplomati Toshpo‘lat Yo‘ldoshev bilan suhbatlashdi.