Rossiyaning Ryazan viloyatida O‘zbekistonning to‘rt fuqarosi is gazidan zaharlanish oqibatida hayotdan ko‘z yumdi
Razyan viloyati Ryajsk tumani (Rossiya) politsiyasi 2017 yil 11 yanvar kuni tunida Sheremetevo qishlog‘idagi xususiy uyda O‘zbekiston Respublikasining 4 nafar fuqarosi is gazidan zaharlangani haqida xabar berdi. Viloyat tergov boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ularning barchasi mahalliy fermada rasman mehnat qilib kelgan.