Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Май
2019

Rossiya O‘zbekistonga O‘zbekistonning mulkini sovg‘a qilmoqda

0
Rossiya O‘zbekistonga O‘zbekistonning mulkini sovg‘a qilmoqda

Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (VDNX) pavil'onlaridan biri O‘zbekistonga muddatsiz va tekin foydalanishga topshiriladi. Bu xabarni Toshkentda bo‘lib o‘tgan MGIMO xalqaro forumida e’lon qilgan Rossiya Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy “O‘zbekiston” pavilyonida hozirda ta’mirlash ishlari ketayotganinini bildirdi.

Ammo ayrim kuzatuvchilar bu mulk aslida O‘zbekistonning puliga qurilganini eslatmoqda.

Rossiya Madaniyat vaziri:"Pavilyon doimiy uchrashadigan joyimizga aylanadi!"

 

Joriy yilning 19 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Moskva Davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) 75 yilligini nishonlash uchun yig‘ilgan bitiruvchilarining V xalqaro forumida so‘zga chiqqan Rossiya Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy bunday dedi:

- Bu menga prezidentimizning ramziy ma’noga ega ishorasi o‘laroq tuyulmoqda – ushbu pavilyon O‘zbekiston Respublikasiga mamlakatning eng yaxshi yutuqlarini namoyish etish uchun muhlatsiz foydalanishga topshiriladi. Ishonamanki, yaqin orada pavilyon sizlar bilan Moskvada doimiy uchrasha oladigan joyimizga aylanadi.

Rossiya Madaniyat vaziri o‘tgan asrning 50-chi yillarida shaxsan O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rahbarlaridan biri Sharof Rashidovning shaxsiy nazorati ostida VDNXda hashamatli “O‘zbekiston” bo‘limi ochilganini eslatdi.

Vladimir Medinskiy VDNXning eng chiroyli “O‘zbekiston” pavilyonida hozirda ta’mirlash ishlari yakuniga yetayotganini ham aytdi.

MGIMO bitiruvchilari xalqaro forumida 32 mamlakatdan kelgan 450 delegat ishtirok etdi va ular bu oliy o‘quv yurtining Toshkentda ish boshlagan filiali ochilish marosimida ishtirok etdi. Medinskiy bu uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning forum qatnashchilariga yuborgan maxsus tabrik xatini ham o‘qib eshittirdi.

Bu tabrik telegrammasi Kremlning rasmiy saytida ham e’lon qilindi.

"O‘zimiznikini o‘zimizga sovg‘a qilishdimi?!"

Ozodlik 2013 yilda O‘zbekiston hukumati Moskvadagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi (VVT) hududida o‘ziga ajratilgan pavilyondan voz kechgani to‘g‘risida bundan bir necha yil oldin xabar bergandi. O‘zbekiston bu tashabbusni iqtisodiy jihatdan maqsadga nomuvofiq deb hisoblagan edi.

O‘shanda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu savdo majmuasini 50 yilga yiliga ramziy 1 rublga ijaraga berishni taklif etgan. Sobiq Ittifoqi respublikalarini yagona Erkin savdo zonasiga birlashtirish g‘oyasini ilgari surgan Vladimir Putin 2010 yilda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan MDH sammitidagi chiqishida VDNX hududida ittifoqdosh respublikalar pavilyonlarini tiklash va unda o‘z ko‘rgazmalarini tashkil etishni taklif qilgan edi.

O‘zbekistonlik siyosiy qochqin va jurnalist Alisher Taksanov 1994-1998 yillarda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari boshqarmasi 1-kotibi, 1996-1997 yillarda esa O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ikkinchi kotibi vazifalarini egallab kelgan.

Ozodlik bilan suhbatda Alisher Taksanov VDNXdagi “O‘zbekiston” pavilyoni va yana bir qancha mulklar Moskva meriyasi va O‘zbekiston Davlat mulk qo‘mitasi o‘rtasida katta tortishuvni keltirib chiqarganini yodga oldi.

- 90-chi yillar boshlarida Rossiya hududida O‘zbekistonning yuzdan ziyod mulklari bor edi. Ularning hammasi O‘zbekiston respublikasi byudjeti hisobiga qurilgandi. 90-yillarda boshlangan tartibsizlik davrida ularni boshqarish juda qiyin edi. Amalda bu ob’ektlar o‘sha shaharlardagi mahalliy hokimchalar tomonidan “xususiylashtirilib”, tortib olingan.Shu bois ularni sotib, oz bo‘lsada miqdorda o‘zbek pullarini qaytarish istagi bor edi. Biroq, Moskvaning VDNXsidagi pavilyon va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi mehmonxonasi alohida e’tibor qaratilgandi. Pavilyon O‘zbekistonning Rossiyadagi Savdo Uyi sifatida, mehmonxona o‘rnida esa qo‘shma korxona ochish rejalashtirilgan edi, deydi Alisher Taksanov.

Suhbatdosh O‘zbekistondan maxsus bu masalada kelgan Bosh vazir muovini Viktor Chjen Moskva meri Lujkov bilan uchrasha olmasdan ketganini esladi.

U VDNX va boshqa o‘zbek mulklari masalasida hatto sud tortishuvlari bo‘lib o‘tgani, nihoyat ular 80-chi yillar oxirlaridan mahalliy uddaburonlar tomonidan egallab olinganini aytdi.

“2006 yillarda sud tortishuvlari va Rossiya sudi qarorlaridan charchagan O‘zbekiston hukumati pavilyondan voz kechishga qaror qildi”, deya davom etadi suhbatdosh:

- Davlat Mulki qo‘mitasidan yuristlarimiz va mutaxassislarimizning ko‘plab marotaba Rossiyaga sudlarga qilgan safarlari samara bermadi. Nihoyat bu ishga qo‘l siltashdi, bilishimcha. Endi esa Rossiya O‘zbekistonni o‘z siyosati domiga tortmoqchi. Rossiya do‘stlar va satellitlarsiz qoldi, ko‘rinadi. Endilikda Ittifoqdagilarni yana birlashtirish zarurati paydo bo‘ldi. Putin Rossiyasi shu tariqa O‘zbekiston bilan yaqinlashish va tashqi bosimga birgalikda qarshi kurashish yo‘llarini izlamoqda. Axir, oxirgi yillar Ukraina va Gruziya kabi davlatlar bu ta’sir doirasidan chiqib ketishi mumkinligini ko‘rsatdi. Eng kulgilisi - “O‘zbekiston” pavilyoni aslida O‘zbekiston mulki! Endi o‘zimiznikini o‘zimizga sovg‘a qilishayaptimi?!- deya kinoya qildi sobiq diplomat Alisher Taksanov.

Ko‘rgazma vakillaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, hozirda Rossiya Moskvaning shimolidagi 520 gektar yerda joylashgan VDNX hududida o‘z savdo-ko‘rgazma markazini ochish shartnomalari MDHning yettita davlati bilan imzolangan: o‘z pavilyonlarini ochishni Moldova, Qozog‘iston, Tojikiston va Abxaziya rejalashtirayotgan bo‘lsa, Armaniston, Belarus va Qirg‘iziston pavilyonlari allaqachon faoliyat yuritmoqda. 

VDNXdagi “O‘zbekiston” pavilyoni 1951-54 yillarda arxitektor Stefan Polupanov loyihasi asosida “Stalin ampiri” uslubida qurilgan.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин на стройке судоверфи в Москве


Спорт в России и мире
Москва

Сотрудники Росгвардии на комплексе Байконур приняли участие в спортивном мероприятии «Наследники Победы»


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
ATP

Российский теннисист поднялся на две позиции в топ-10 рейтинга ATP


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Синоптик Позднякова: москвичей 7 мая ждет аномально холодная погода





Путин в России и мире
Москва

Ушаков: Путин и Пашинян расставят точки на «и»


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Польский судья приехал в Минск и попросил защиты у Лукашенко




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Анастасия Волочкова

Кудрявцева отправила сообщение Волочковой с призывом бросить пить алкоголь



Москва

«МК»: известный банкир Филипьев найден мертвым в московской квартире

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net