Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Май
2019

Ortiq Otajonov - Ozodlik bosh qarorgohida konsert bergan yagona o‘zbek san’atkori

0
Ortiq Otajonov - Ozodlik bosh qarorgohida konsert bergan yagona o‘zbek san’atkori

O‘zbekiston va Turkmaniston Xalq artisti¸ Ortiq Otajonov 2009 yil oktabr oyida Ozodlik radiosiining Pragadagi bosh qarorgohida mehmon bo‘lgan va radiostansiya jurnalistlari uchun maxsus konsert bergan edi.

Bundan 10 yil avvalgi uchrashuv haqida Ortiq Otajonov iltimosiga ko‘ra xabar bermagan edik. Ortiq aka o‘shanda bizga suhbat bergan va “vaqti kelganda e’lon qilarsizlar” degan edi.

Bugun millionlab muxlisga ega bo‘lgan san’atkor olamdan o‘tgan kuni u kishining Ozodlik mehmoni bo‘lgani haqida yozish vaqti keldi.

2009 yilda Ortiq aka va xotini Gulsara opa Chexiyadagi mashhur Karlovi vari kurortida davolanish uchun kelgani haqida ota-onasini kutish uchun Praga aeroportiga chiqqan hamkasbim  xabar topib keldi. Hamkasbimning ota-onasi hofiz bilan bitta uchoqda kelgan edi.

Bu xabarni eshitib¸ "Ortiq akani Ozodlikka taklif qilaylik "¸ degan fikr tug‘ildi.

Aynan o‘sha kunlari O‘zbekiston telekanallari Ozodlik radiosining "yovuzligi” haqidagi navbatdagi filmni namoyish qilgan va radio jurnalistlarining rasmlarini chiqarib¸ mana "xalq dushmanlari" deya e’lon qilgan edi.

Bunday paytda uncha-muncha odamning O‘zbekiston “dushman” deb e’lon qilgan AQSh radiosi yoniga yaqinlashishga yuragi betlamas edi.

Ammo Ortiq Otajonov Ozodlikka suhbat berish¸ san’at va madaniyatga oid o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdan qo‘rqmagan sanoqli o‘zbek san’atkorlaridan biri edi.

Shu bois “Ortiq og‘a Ozodlikka kelmaysizmi” degan taklifimga: " Albatta boraman¸ yoshulliyu yoshi kichik bilan uchrashib¸ soz-suhbat qilib beraman. Faqat bir tor topib qo‘yinglar”¸ dedi Ortiq og‘a.

O‘sha paytda Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining prezidenti bo‘lgan Jef Gedmin o‘z vaqtida musiqashunos sifatida tadiqiqotlar qilgan va Sharq musiqasini sevgan kishi edi.

"Bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston, Turkmaniston va Tatariston Xalq artisti bo‘lgan artist bilan uchrashish men uchun sharaf"¸ dedi Jef Gedmin. 

Radioning turkman¸ tatar-boshqird¸ qozoq¸ qirg‘iz¸ ozarbayjon va tojik xizmati rahbarlari ham  o‘zbek hofizi bilan uchrashishga havaslanishdi.

2009 yilning 24 oktabr kuni Ortiq aka va xotini Gulsara opa Karlovi varidan Pragaga kelishdi.

Ularni radioga yaqin joydagi Don Jovani mehmonxonasi oldida kutib oldim. Ortiq akani oldindan¸ hali Xorazmdagi telekanalda ishlagan paytdan yaxshi tanir edim.

Mana u: o‘rta bo‘yli¸ charm palto¸ fetr kepka kiygan Ortiq aka. Yonida oq yuzli Gulsara opa kulimsirab turibdi. Ortiq aka mehmonxonaning nomiga qarab “ Don Juan kimligini bilasanmi Gulsara?” deb so‘radi. Rahmatlik Gulsara opa “Nerdan bilayin” desa¸ “Don Juan oshiqlar timsoli” deb kulib qo‘ydi.

Binoga kiraverishda bu bino joylashgan yerda ulug‘ bastakor Motsart qo‘nib o‘tgan¸ degan yozuvni o‘qib ta’sirlandi. Motsartning oq marmardan yasalgan haykaliga qarab¸ bir zum  tin oldi. Motsart haqida faqat tor doira mutaxassislari biladigan ba’zi tafsilotlarni aytib berdi.

Ortiq aka bilimdon va zakiy inson edi.

25 oktabr kuni Ortiq aka Ozodlik radiosi o‘zbek xizmatining ertalabki majlisida  faxrli mehmon sifatida qatnashdi.  

Ekspromt savol-javoblar bo‘ldi. Ortiq aka tortinmay o‘z fikrlarini ochiq va emin-erkin bildirib o‘tirdi.

Xorazmning olis Bog‘ot tumanida tug‘ilgan Ortiq aka Misr arab respublikasiga safar qilganida prezidentning  xos mehmoni bo‘lib orden olgani va boshqa qiziq hikoyalarni aytib berdi

Karlovi varida dam olayotganida firibgarlar unga chex kroni deya muomaladan chiqqan venger forintlarini aldab berib ketganini mutoyiba qilib aytib berdi.

Liberal g‘oyalarga ochiqlik¸ berilgan savolga gapni aylantirmay aniq va lo‘nda ba’zan esa sarkastik javob berishi bilan boshqa hofizlardan farqlanar edi Ortiq aka.

Peshinga yaqin Ortiq Otajonovni Ozodlik radiosi prezidenti Jaf Gedmin qabul qildi.

Ortiq Otajonovdan tor kallasiga qanday teri tortilishi¸ tanbur noxun bilan chalinadimi yoki barmoq bilanmi¸ qo‘shnayning surnaydan farqi kabi savollarni so‘rab¸ javoblarni maroq bilan eshitdi.

Bir vaqtlar qozoq xizmatida jurnalist bo‘lib ishlagan asli toshkentlik Abdug‘ani akaning uyiga borib ikki kallali Ozarbayjon torini olib kelgan edik.

Ortiq aka tor sifatidan mamnun bo‘lmadi. “O‘zim sizlarga yaxshi bir tor sovg‘a qilib yuboraman. Shu yerda tursin. Endiki safar kelganimda zo‘r konsert beraman”¸ dedi.

Afsus¸ Ortiq akaga boshqa kelish nasib qilmadi.

O‘sha paytlar radio yangi binoga ko‘chib o‘tgan edi. Binoning birinchi qavatidagi ulkan zalda konsert bergan ilk san’atkor¸ yanglishmasam¸ Ortiq Otajonov edi.

Bugun  Ortiq og‘aning o‘limi xabari ortidan eski rusumdagi videokassetaga tushirilgan 10 yil oldingi  kadrlarni tomosha qilib o‘tirib Ortiq Otajonov bilan uchrashishga kelgan jurnalistlar bilan to‘la zaldagi iliq atmosferani qayta his qildim.

Avvaliga turkman xizmati jurnalisti Jamol Yozlieva Ortiq akani to‘planganlarga tanishtirdi.

Tojik jurnalistlari “Sizni yaxshi taniymiz¸ “Umr o‘tar” ni aytib bering”¸ deyishdi.

Ortiq aka “xonlar o‘tar vaqt o‘tar “ deya¸  Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi zalida kuylab boshladi. Bu jasorat edi.

Zotan  dunyodagi eng yovuz diktatorlar ro‘yxatiga kirgan “xon” hali o‘z "taxti"da o‘tirar¸ uning o‘lishiga yana 7 yil bor edi. O‘sha paytda Ortiq Otajonov “istalmagan san’atkorlar” ro‘yxatida edi. Tele va radiokanallar va katta konsert zallarida konsert berishga izn yo‘q edi. Yubiley o‘tkazilganida¸ na Madaniyat vazirligi va na devondan kimsa yo‘qlamagan edi. Ammo Ortiq aka bu cheklashlarga qaramasdan¸ elning to‘yu tomosha va bayramida qo‘shig‘ini kuylayverdi.

Eski videotasvirga tikilaman. Kumushrang kostyum kiygan Ortiq Otajonov kuylayapti:

Umr yo‘l, qayrilish ko‘p,

Uchrashish, ayrilish ko‘p,

Unutish, ayrilish ko‘p...

Ozodlik jurnalistlari hofiz bilan muloqotga to‘yishmadi. Muloqotni Praganing qadimiy qismidagi arab restoranida davom ettirdik.

O‘sha paytda O‘zbekistondan Pragaga kelib ishlayotgan o‘zbeklar Ortiq akani ko‘rib salomlashishdi.  Ortiq aka ularga qarab¸ “Quyonning tug‘ilgan tepasi emas¸ balki qorni to‘ygan tepasi muhim. Nasibangiz qaerga sochilgan bo‘lsa¸ terib yuraveringlar”¸  deb hazillashdi.

O‘sha kuni yarim tungacha soz-suhbat qilgan Ortiq aka ertasiga Toshkentga uchib ketdi. Ketishidan oldin xayrlashish uchun¸ yana bir marta Ozodlik binosiga keldi. Radioning to‘rtinchi qavatidagi kafeda o‘tirib jurnalistlar bilan choy ichib suhbat qurdi.

Taksi chaqirdik. Hamkasbim Ulug‘bek Ortiq aka va Gulsara opani aeroportgacha kuzatib qo‘ydi.

Oxirga marta Ortiq aka bilan “xonlaru taxtlar ” o‘tib¸  Shavkat Mirziyoev iqtidorga kelgan kunlarda gaplashdim. Sherali Jo‘raev ¸ Obid Asomovlar qatorida Ortiq aka ham yarim taqiqdan chiqarilgan edi. “Ichim to‘la qo‘shiq¸ kuylab ulgurishim kerak”¸ degan edi rahmatli...

 

Yo‘l shu yerga qadar ekan. Juma kuni Ortiq akaning o‘lgani xabari keldi. Sal oldin Gulsara opa olamdan o‘tgan edi. Bog‘ot bog‘larida boshlanib¸ Chorvoq tog‘larida davom etgan oshiqlik hikoyasi shu zayl tugadi.  

Ortiq  aka bilan suhbatdan iborat dasturning  boshiga qo‘ygan tizerdagi so‘zlarni qayta eshitib¸ ichim zil ketdi.

San’atga baxsh umrning so‘ngsiz mo‘’jizasi bor,

U dunyoni tark etsa, undan dunyo qoladi.

Inson umri sarhadli, qo‘shiq umri poyindor,

Navosoz yuraklardan o‘lmas navo qoladi...






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин рассказал, как офсетные контракты развивают фармотрасль Москвы


Спорт в России и мире
Москва

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге про финал Всероссийской олимпиады школьников


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
ATP

Российский теннисист поднялся на две позиции в топ-10 рейтинга ATP


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Ежемесячную денежную выплату получают более 1,6 млн пострадавших от радиации





Путин в России и мире
Москва

Никол Пашинян наговорил перед разговором // Премьер-министр Армении и президент России обсудят двусторонние разногласия


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко предупредил Запад о молниеносной атаке в ответ на любую агрессию




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

В США прокомментировали подготовку покушения на Зеленского


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Джиган

Shot: рэпер Джиган стал совладельцем фирмы по продаже пива и энергетиков



Москва

Липецкая область ввела режим ЧС в сельском хозяйстве

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net