Odam savdosi bilan ayblangan fuqaro 7 yil umrini koloniyada o‘taydi
![Odam savdosi bilan ayblangan fuqaro 7 yil umrini koloniyada o‘taydi](http://uza.uz/upload/iblock/c75/photo5380103380929719147.jpg)
Tojikistonda odam savdosida ayblangan fuqaro Zamira Furqatzoda 7 yil koloniyaga hukm qilindi. Mamlakat shimolidagi Istaravshan shahar sudining ma’lum qilishicha, Furqatzoda ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilish maqsadida Tojikistondan Tailand, Hindiston va Turkiyaga olib chiqishda aybdor, deb topildi.