Prezident yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha muhim vazifalarni belgilab berdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.