Frans Bekkenbauer: Hozir Yevropada grand yoʻq
“Bavariya” faxriy prezidenti Frans Bekkenbauer Chempionlar Ligasi ishtirokchilari orasida supergrand jamoa qaysi ekanligini ayta olmadi.
Uning soʻzlariga koʻra, Lionel Messi sardorligidagi “Barselona” boshqa klublarga qaraganda koʻproq imkoniyatlarga ega.
“Hozir men Yevropada birorta super jamoani koʻrmayapman. Ammo “Barselona” Messi bilan – eng yaxshisi. Messi yoʻq boʻlsa ular – oddiy jamoa. “Real” hali ham Ronalduning oʻrnini bosa oladigan futbolchini topa olmayapti. Uni qidirmaslik kerak, baribir topa olmaydi”