Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Март
2018

Farg‘ona viloyati IIB qidiruvida bo‘lgan birinchi qochqin o‘z ixtiyori bilan xorijdan qaytdi

0
Farg‘ona viloyati IIB qidiruvida bo‘lgan birinchi qochqin o‘z ixtiyori bilan xorijdan qaytdi

Marg‘ilon shahrida istiqomat qilgan, xorijga chiqib ketganidan so‘ng bir qancha diniy ayblovlar bilan ayblangan, to‘rt yil qidiruvda bo‘lgan Botirjon Ibragimov O‘zbekistonga qaytdi. Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati, bu xabarni tasdiqlar ekan, Botirjon Ibragimov hibsga olinmagani va unga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha ochiqda tergov qilinishini aytdi.

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qidiruvga berilgan marg‘ilonlik Botirjon Ibragimov o‘z ixtiyori bilan xorijdan O‘zbekistonga qaytdi.

Bu haqda Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Farg‘ona IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan Botirjon Ibragimov o‘z ixtiyori bilan qaytib kelgani sababli, unga qamoq jazosi tayinlanmasdan, oilasi bag‘riga topshirilgan.

U O‘zbekiston Respublikasi JKning 244’1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish) bilan ayblanib, qidiruvga berilgan edi.

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Umidjon Solievning Ozodlikka aytishicha, Botirjon Ibragimov diniy ayblovlar bilan qidiruvga berilgan shaxslarning oilalari bilan ishonchli suhbatlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekistonga qaytgan qidiruvdagi birinchi odam bo‘ldi:

- Shu safar qaytib kelganlar hozircha shu bir kishi. Oldin ham televidenieda bir targ‘ibot-tashviqot o‘tkazgan edik. Qidiruvdagilar ushlangani haqida. Ular TVda chiqib mana bizlarni qamamadi, boshqa ehtiyot chorasi tanlandi, yoki sudlar ham ozodlikdan mahrum qiladigan jazo tayinlamadi, deb aytishgan edi. Shu gaplarni ham qidiruvdagi shaxslarning oila-a’zolari eshitgan, tushuntirish ishlari olib borilyapti. Shuning natijasida sekin kelishyapti, deydi Umidjon Soliev.

Matbuot kotibining aytishicha, qidiruvdagilarga nisbatan ochilgan jinoyat ishlari, ularga nisbatan qamoqqa olish chorasi ko‘rilmasdan tergov qilinadi:

- Tergov harakatlari davom etmoqda, lekin ehtiyot chorasi sifatida hibsga olinmaydi. Ozodlikda yurib, tergov harakatlarida qatnashadi, ishi sudga oshsa unga nisbatan qonuniy chorani faqat sud belgilaydi. Agar aybsizligi isbotlansa, oqlanadi. Bu yerda faqat ehtiyot chorasi o‘zgartirilyapti, aeroportga tushganidan keyin qamamasdan ota-onasining bag‘riga topshiryapmiz. Hamma masala obyektivniy hal qilinadi, deydi Umidjon Soliev.

Ozodlik marg‘ilonlik Botirjon Ibragimovning o‘zini qidirib topishga qilgan harakatlari natija bermadi.

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasining mulozimi, tergov harakatlari borayotgani sabab, Botirjon Ibragimovning uy manzili berilmasligini aytdi.

Ozodlik bilan suhbatlashgan Marg‘ilondagi masjidlar mulozimlari bunday shaxsni tanimasligini aytdilar.

Marg‘ilon shahar ichki ishlar bo‘limining ekstremizmga qarshi kurash bo‘limining ismi ochiqlanmasligini istagan zobiti, Botirjon Ibragimovning marg‘ilonlik ekanligini tasdiqladi, lekin uning aniq manzilini aytmadi.

Shavkat Mirziyoev prezidentlikka saylanganidan olti oy vaqt o‘tgandan so‘ng O‘zbekistonda diniy ayblovlar bilan qamalgan oilalarni reabilitatsiya qilish amaliyoti boshlangan edi.

Joylarda hokimlik, ichki ishlar, prokuratura, davlat xavfsizligi xodimlari uyma-uy yurib, ularning qora ro‘yxatdan chiqarilgani va mo‘’tadil hayot tarziga qaytishiga yordam berajaklarini aytish tadbirlari olib borildi.

2017 yilning 15 iyun kuni prezident Mirziyoev mamlakat imomlari va diniy xizmatchilar ishtirokida o‘tkazgan videoselektor majlisida "qora ro‘yxat"ga tushgan dindorlarni qayta tekshirish, qamoqdagi dindorlarning oilasi bilan ishlash haqida topshiriq bergan edi

2017 yilning 1 sentabrida Toshkentdagi Xasti Imom masjidi hovlisidagi Baroqxon madrasasida imom xatiblar bilan uchrashar ekan prezident, "qora ro‘yxat"da turgan 17 ming musulmondan 16 mingtasi ro‘yxatdan chiqarilgani va ulardan 9 ming 500 nafari ish bilan ta’minlanganini aytgan edi.

"Ozgina xatosi uchun, telefonida bittasiga bilib-bilmay biror narsa ko‘rsatib, jo‘natib qo‘ygani uchun ham oqimchiga chiqarib, ro‘yxatga qo‘shilavergan, o‘zi yaxshi, toza odam bo‘lsa ham. Bu ro‘yxatdagilarning hammasi bilan gaplashib, tekshirib, oqlaysizlar. Yilning oxirida menga hisobotini berasizlar, deb aytdi", deb prezidentning ushbu uchrashuvda aytganlaridan iqtibos keltirgan edi Ozodlik suhbatlashgan yig‘in ishtirokchilaridan biri.

Samarqand viloyati hokimi va kuch ishlatar tizimlari rahbarlari qidiruvga berilgan xorijdagi o‘zbekistonliklarni vatanga qaytishga da’vat qildi. Viloyat hokimi Turob Jo‘raev 12 mart kuni o‘tkazgan yig‘ilishda O‘zbekistonga qaytganlarni qamamaslikka o‘zi kafil bo‘lishiga va’da berdi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: В июне в Москве пройдет цикл мероприятий для собак и их владельцев


Спорт в России и мире
Москва

САРАТОВСКИЕ СОТРУДНИКИ РОСГВАРДИИ ЗАНЯЛИ ПРИЗОВЫЕ МЕСТА НА ЧЕМПИОНАТЕ ПО СПОРТИВНОМУ ОРИЕНТИРОВАНИЮ


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Андрей Рублёв

Теннисист Рублев объяснил, почему проиграл сет в первом круге "Ролан Гаррос"


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Компании Группы "Интеррос" взяли ряд наград премии FINAWARD





Путин в России и мире
Москва

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге об историческом минимуме уровня безработицы в России


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Союзное государство – сила двух суверенных стран




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Охранник Зеленского предлагал Киеву сдаться в первые дни СВО


Навальный в России и мире
Москва

Суд Москвы продлил арест трем адвокатам Навального по делу об экстремизме



Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Дима Билан

Дима Билан, MACAN и 10AGE вошли в число артистов VK Fest в Петербурге



Москва

BYD создала гибридную силовую установку с запасом хода в 2100 км — из Москвы в Тюмень без дозаправки и подзарядки

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net