Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Март
2018

Qashqadaryoda tadbirkorlar “Vatanparvar bog‘i” qurilishiga homiylikka majburlanyapti

0
Qashqadaryoda tadbirkorlar “Vatanparvar bog‘i” qurilishiga homiylikka majburlanyapti

Qarshi shahridagi “Bolalar bog‘i”ni “Vatanparvar bog‘i”ga aylantirish borasidagi ta’mirlash ishlariga homiylik qilish uchun tadbirkorlarga 2 million so‘mdan 10 million so‘mgacha o‘lpon solindi. Ozodlikka nusxasi yetib kelgan viloyat hokimining bu farmoyishida, tadbirkorlardan pul undirish vazifasi soliq inspeksiyalari zimmasiga yuklatilgani aytiladi.

Ozodlikka kelib tushgan Qashqadaryo viloyati hokimining joriy yilning 24 fevralida o‘tkazgan yig‘ilishi bayonida aytilishicha, “Qarshi shahri, O‘zbekiston ko‘chasidagi “Bolalar bog‘i”ni “Vatanparvar bog‘i”ga aylantirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, homiylik qilish istagi bor tadbirkorlar “Ipoteka bank”ning Qashqadaryo viloyati filialidagi maxsus hisob raqamiga pul o‘tkazishlari mumkin.

Ammo, Ozodlikka shikoyat qilgan tadbirkorlarning aytishlaricha, bu tadbir aslo “ixtiyoriy” bo‘lmay, balki majburiy tus olyapti.

Kitob tumanida savdo-sotiq bilan shug‘ullanadigan tadbirkorning Ozodlikka aytishicha, soliq inspeksiyasi xodimlari har kuni telefon qilib, ularni maxsus hisob raqamiga pul o‘tkazishga majbur qilyapti:

“O‘sha majlisdan keyin soliqchilar kelib, schyot raqamini tashlab ketishdi. Men besh million so‘m o‘tkazishim shart ekan. O‘tkazmayman desam, har kuni telefon qilib garang qilishyapti. Men Kitobda yashayotgan bo‘lsam, soliqlarni o‘z vaqtida to‘layotgan bo‘lsam, Qarshidagi boqqa qanday aloqam bor? Nima uchun biz sof foydamizdan, bizga umuman aloqasi bo‘lmagan qurilishlarga pul o‘tkazishimiz kerak ekan. Bu qanday bedodlik? Prezidentimiz tadbirkorga tegma, deb aytib turgan bo‘lsa ham, bular prezident siyosatiga qarshi ish qilishyapti”, deydi tadbirkor.

Qarshi shahrida dorixonasi bor tadbirkorlardan biri ham, yig‘di-yig‘dilar ularning sillasini quritayotganini aytdi:

“Nomiga ixtiyoriy deb qog‘ozda yozishadi. Lekin aslida hammasi majburiy. Buni qarang. Meva-cheva eksportini qo‘llab-quvvatlash deb, jami oborotimizning 10 foizini to‘lagan edik. Yaqinda metallolom uchun uch million so‘m o‘tkazdik. Islom Karimovning haykaliga ham 300 ming so‘mdan tashlab berdik. Balki so‘rarsiz, qog‘ozda bo‘lmasa, nega to‘laysiz, ayb o‘zingizda deb. Masalan, to‘lamasangiz, qildan qiyiq axtarib, tekshirishga gruppa tashlaydi. Unda bundan ham qimmatga tushib ketasiz”, deydi tadbirkor.

Viloyat hokimining qarorida tadbirkorlardan pul undirish soliq va bank zimmasiga qo‘yilgani yozilgan:

“Viloyat Davlat soliq boshqarmasi va Markaziy bank viloyat boshqarmasiga “Vatanparvar bog‘i”ni ta’mirlash va obodonlashtirish uchun homiylik mablag‘larini belgilangan muddatda o‘tkazib berilishida amaliy yordam ko‘rsatish yuklatilsin”, deyilgan.

Ozodlik qo‘lga kiritgan, pul o‘tkazishga mjaburlangan tadbirkorlar ro‘yxatida, tadbirkorlar o‘z ixtiyorlari bilan emas, balki ularga topshiriladigan pul miqdori majburiy qilib ko‘rsatilgan.

Jumladan, AYoQSh, dorixonalarga 2-8 million so‘m, boshqa tashkilot va korxonalarga 5-20 million so‘mgacha pul o‘tkazishi aytilgan.

Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasining o‘zini Asqarali deb tanishtirgan mulozimi, Ozodlik bilan suhbatda tadbirkorlarni homiylikka majburlash holati borligini inkor qildi:

- Yo‘q, biz tadbikorlarni majburiy homiylikka majburlaganimiz yo‘q. Agar shunday holatlar viloyat bo‘ylab, bo‘ladigan bo‘lsa, marhamat bizning ishonch telefonimizga chiqishsin. Biz ularning ismi sir qolish sharti bilan, yordam beramiz”, dedi mulozim.

Qashqadaryo viloyati hokimligidan bu masalaga izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev o‘tgan yilning noyabr oyida Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida yana tadbirkorlar faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan mahalliy rahbarlar va hokimlarni yana bir ogohlantirgan edi:

“Masalan, biznes sohasida joriy etilayotgan yangiliklar joylarda, jumladan, Samarqand viloyatida qanday qo‘llanmoqda, tadbirkorlar berilayotgan engilliklarni amalda sezmoqdami yoki yo‘qmi, degan savollarga, afsuski, to‘la ijobiy javob topolmaymiz. Shu munosabat bilan barcha bo‘g‘indagi rahbarlar, ayniqsa, joylardagi hokimlar va mansabdorlarni ogohlantirib aytmoqchiman: tadbirkorga madad berish o‘rniga uning yo‘liga to‘siq qo‘yish – bu Prezident siyosatiga qarshi chiqish, deb baholanadi va shunga yarasha chora ko‘riladi", degan edi prezident.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: В ТиНАО в программу реновации включили 268 домов


Спорт в России и мире
Москва

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге о развитии спорта в селах Чукотки


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Новак Джокович

Новаку Джоковичу исполнилось 37 лет в Швейцарии | Виды спорта


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Анализ российского рынка одноразовой биоразлагаемой посуды: итоги 2023 г., прогноз до 2027 г.





Путин в России и мире
Москва

Санкт-Петербург не смог обойти Москву в рейтинге жизни населения


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко в Минске проведет переговоры с Путиным, который 23-24 мая совершит официальный визит в Беларусь




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Моргенштерн

Связанную с Моргенштерном* блогершу Ахметову лишили родительских прав после видео, на котором она душила дочь



Москва

В Москве бармен проведет 25 лет за решеткой за диверсии и госизмену

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net