Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Март
2018

Tashkent Cityga berilgan uyidan ko‘chishni istamaganlar kuch bilan ko‘chirilmoqda (VIDEO)

0
 Tashkent Cityga berilgan uyidan ko‘chishni istamaganlar kuch bilan ko‘chirilmoqda (VIDEO)

Joriy hafta Shayxontohur tuman hokimligi hududining Tashkent City biznes majmuasi qurilishi bois buzilishi rejalangan O‘qchi-Olmazor massividagi uylardan ko‘chishni istamagan aholi 8 martdan boshlab majburan ko‘chira boshlandi.

Ozodlikka yuborilgan videotasvirlarda zarg‘aldoq nimcha kiygan hokimlik ishchilarining aholini majburan ko‘chirayotgani aks etgan.

O‘z uylaridan ko‘chishni istamaganlar Shayxontohur IIB xodimlari tarafidan tartibbuzarlikda ayblanib ushlab ketilgan.

Ushlanganlar yaqinlariga ko‘ra¸ militsiya bu jarayonda kuch ishlatgan. Ozodlik suhbatlashgan Toshkent shahar hokimligi mulozimlari Tashkent City quriladigan hududdan ko‘chishni istamaganlar “kuch bilan ko‘chirilishi” va bu borada hech bir shikoyatga o‘rin yo‘qligini aytishdi.

Toshkent shahar hokimiyati kapital qurilish va kommunal masalalalar bilan shug‘ullanuvchi mulozimi Bekzod Madrahimovga ko‘ra¸ “Tashkent City quriladigan hududda yashaydiganlar bilan bog‘liq muammolar to‘laligicha hal bo‘lgan”:

- Birinchidan, hammasi uy joy bilan ta’minlandi. Shu bois ularni majburan ko‘chirishga 100 foiz haqqimiz bor. Ularga bir oy oldin uyni bo‘shatib chiqib ketish haqida  ogohlantirish xati berilgan. Agar o‘zini istagi bilan chiqib ketmasa,  davlat ularni po lyubomu majburan ko‘chirib yuboradi. Kim qarshilik qilsa, ma’muriy javobgarlikka tortiladi¸ dedi  9 mart kuni Ozodlikka gapirgan hokimlik mulozimi.

Odamlar kaltaklandi

Paxtakor va Bunyodkor metro bekati oralig‘ida joylashgan O‘qchi mahallasida yashovchi nafaqadagi o‘qituvchi Ziroat opaning Ozodlikka 9 mart kuni aytishicha¸ hokimiyat bilan uyi buziladigan oilalar o‘rtasida hali murosaga kelinmagan:

- Shaharning chekkasidan dom beramiz dedi¸ ko‘nmadim. Shuncha yil shu mahalladagi 76-maktabda ishlab¸ shahar markazidagi mahallada yashab kelgan odam Lisunova taraflardagi domga borib yashay olmayman¸ dedim. O‘ylab ko‘ramiz¸ deyishuvdi. Lekin mana ayollarning bayrami kuni kelib bizni xor qilib¸ uydan haydab chiqarishni boshlavorishdi¸ deydi uyi buzilayotgan ayol.

Keksa o‘qituvchi ayolning aytishicha¸ ayni tumanda uyi buzilishiga qarshilik ko‘rsatgan Dilmurod ismli yigit Shayxontohur tuman IIBsiga olib ketilgan.

Olmazor massivida yashovchi Murod Sotvoldievning 9 mart kuni Ozodlikka aytishicha¸ "uyidan ko‘chishni istamaganlarni militsiya kaltaklagan va tez yordam vrachlari chaqiritilgan.

Shayxontohur tuman hokimligining o‘zini tanishtirmagan mulozimi Ozodlik bilan 9 mart kungi suhbatda “ uy buzilish haqidagi hokimlik qaroriga qarshilik ko‘rsatganlar huquqbuzar sifatida tuman IIBsiga olib ketilgan"ligini tasdiqladi:

- Hukumatning qaroriga bo‘ysunmasa¸ lyuboy davlatda qamaydi. Davlatni qarori bor. O‘qchi-Olmazor massivida davlat miqyosidagi loyiha bunyod bo‘layapti. Bular  bitta kladovkam buzildi¸ deb hukumat qaroriga to‘g‘anoq bo‘layapti. O‘sha siz bilan gaplashgan opaning xarobasini o‘rniga yangi qurilayotgan uylardan taklif qildik. 2165 oila kvartira olishga¸ 1027 oila esa kompensatsiya olishga rozi bo‘ldi. Masala allaqachon hal bo‘lgan. Hududda qurilish boshlanishi kerak. Shikoyat qilishga haqqi yo‘q. Ularga berilgan hamma muhlatlar o‘tib bo‘ldi¸ dedi hokimlik mulozimi.

Toshkent shahar hokimiyatining kapital qurilish va kommunal masalalalar bilan shug‘ullanuvchi mulozimi Bekzod Madrahimovga ko‘ra¸ O‘qchi-Olmazor massivida uyi buzilganlarga atab Yashnaobod tumanida ko‘p qavatli uy qurilmoqda:

- Bu uy 5 oydan keyin bitadi. Garantiya. Ungacha ijarada turish uchun besh oy emas¸ olti oyga pul berdik. Oyiga bir yarim million so‘mdan ijara uchun pulni sanab olishdi. Shunga ham qanoat qilmay¸ yana nimadir undirish maqsadi bor bu uy buzishga kelgan buldozerlar yo‘lini to‘sayotganlarning¸ dedi mulozim.

O‘tgan hafta Ozodlik bilan suhbatlashgan Olmazor mahallasida uyi buziladiganlar uylari muhrlanganligi va hokimiyat taklif qilgan tovondan norozi ekanligini bildirgan edi.

O‘qchi mahallasida yashovchi Abdulaziz Odilov 6 mart kuni «tovon sifatida berilgan uylarda boshqa odamlar yashayotgani va ularni chiqarib yuborishga hokimlik yordam bermagan"ini  aytgan edi.

Toshkent shahar hokimiyati rasmiysi Bekzod Madrahimov 9 mart kuni Ozodlik bilan suhbatda “bu muammoni hal qilib berishga tayyorman” dedi:

- Kelishsin mening oldimga. Hal qilaman. Gap bitta. Agar kimdir biz bergan kvartirani bo‘shatmayotgan bo‘lsa, bugun hal qilaman bu muammoni. Keksalar biz bergan kvartirani etajini almashtirib bering, deb so‘rashibdi Ozodlik maqolasida. Buni ham hal qilib beraman. Lekin davlat belgilagandan ko‘ra ko‘proq imtiyoz talab qilsa, buni rad qilaman, dedi Ozodlikning jarayonga oid savollariga javob qaytargan Toshkent shahar hokimligi mulozimi.

Xalqaro matbuot nazariga tushgan "kvartira masalasi"

Tashkent City qurilishi bois aholi duch kelayotgan muammolarni Britaniyada ingliz tilida chiqadigan The Guardian nashri ham ko‘tarib chiqdi.

18 oktabr kuni The Guardian nashri ham ingliz¸ ham o‘zbek tilida chop etilgan "Men qutida yashashni istamayman: Odamlar Toshkent obod bo‘lishi uchun o‘z uyidan ko‘chirilmoqda" deb nomlangan maqola Tashkent City loyihasining oddiy odamlar hayotiga ta’siriga bag‘ishlangan edi.

Ishbilarmonlik markazi sifatida bunyod etiladigan Tashkent City kompleksning umumiy maydoni 70 gektarni tashkil etadi. Bu binoda ofislar, mehmonxona va restoranlar, xiyobon va texnoparklar ish olib boradi.

Toshkentning O‘qchi-Olmazor massivida bunyod etilishi rejalashtirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 1 milliard dollarni tashkil qiladi.

Hozircha bu loyihaning investori kim ekani rasman e’lon qilinmadi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин. Главное за день


Спорт в России и мире
Москва

Легионер "Локомотива" Ньямси: в Москве жизнь дешевле, чем в Париже


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Даниил Медведев

Медведев сыграет с Бубликом в Мадриде 


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Институт СТЭИ при поддержке Комитета общественных связей и молодежной политики города Москвы реализует проект "Вода Москвы"





Путин в России и мире
Москва

«Ану-ка, девушки!»: какой была легендарная передача, которая вернется на ТВ


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко заявил о желании построить в Белоруссии вторую АЭС




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Генсек НАТО прибыл в Киев: главные заявления Столтенберга и Зеленского


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Алла Пугачёва

Сгорбленная и худая артистка Алла Пугачева покинула Израиль



Москва

Стало известно, кто стали главными поставщиками мяса в Россию

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net