Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Март
2018

Qiziriqda chaqalog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirib¸ ko‘lga tashlab ketgan ayol qidirilmoqda

0
 Qiziriqda chaqalog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirib¸ ko‘lga tashlab ketgan ayol qidirilmoqda

Surxondaryoning Qiziriq tumanidagi baliqxonaga qarashli ko‘lda 7 mart kuni yangi tug‘ilgan chaqaloqning jonsiz jasadi topildi. Buning ortidan tuman kollejlaridagi o‘quvchi qizlarni ginekologik tekshiruvdan o‘tkazish boshlangan.

Viloyat ichki ishlar tizimi mulozimining Ozodlikka bildirishicha¸ bu tadbir yangi tuqqan bolasini tashlab ketgan ayolni aniqlash maqsadida o‘tkazilmoqda. Kollej o‘quvchilari tekshirilayotganini tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ham tasdiqlar ekan¸ bu ishga militsiya, tuman Sog‘liqni-saqlash, Xalq ta’limi bo‘limlari, mahalla faollari hamda kollej rahbarlari jalb etilganini aytdi.

7 mart kuni Qiziriq tumanining Yangikent mahallasi hududidagi ko‘lga baliq ovlashga borgan bolalar yangi tug‘ilgan chaqaloq jasadini topishgan.

Bu haqda voqea tafsilotlaridan bevosita xabardor qiziriqlik mulozim Ozodlikka ma’lum qildi.

- Bolalar baliq ovlab o‘tirishganida suv chetida bolaning jasadini ko‘rishgan. Tug‘ilganiga bir kun bo‘lgan bola ekan. Onasi ko‘l qirg‘og‘ida tuqqan va ishtonini yirtib bo‘g‘ib o‘ldirib, ustiga ishtonining yarmini yopib ketgan. Bolalar yosh bola qo‘g‘irchoq, deb oyog‘idan tortganidan so‘ng bilgan ekan, - deydi voqea tafsilotlaridan yaxshi xabardor mulozim.

Aytilishicha¸ hozirda militsiya bolasini tashlab ketgan onani qidirmoqda.

Qidiruv doirasida militsiya xodimlari tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi va Sog‘liqni-saqlash bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi to‘rtta kollejda o‘quvchi qizlarni ginekologik tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

Tergov doirasida tug‘ruqxonalarda ishlaydigan va ishlamaydigan doyalar ham birma-bir so‘roq qilinmoqda¸ deydi qiziriqlik mulozim.

Qiziriq tumani hokimining muovini, tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Jamila Xudoyqulova Ozodlik bilan suhbatda kollej o‘quvchilari tekshirilayotganini tasdiqladi:

- Tekshirilayapti. Kollej o‘quvchilari ham tekshirilayapti. Qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayapti, ginekologik ko‘rik. Patronaj hamshiralar, mahalla, uchastkavoy hammasi birgalikda tekshirishayapti, - dedi Jamila Xudoyqulova.

Ozodlik suhbatlashgan qiziriqlik kollej o‘quvchilaridan biri qizlar uchun  “tekshiruvninng majburiyligi”dan shikoyat qildi:

- Qizlarni birma-bir tekshirishayapti. Bugun Pedagogika kolleji qizlarini tekshirisharkan. Tuman tibbiyot birlashmasida, birma-bir. Majburiy deyishayapti. Oldin uchastkavoy va mahala faoli suhbat qilar ekan. Shundan keyin patronaj hamshira suhbat qilar ekan. Shubhali ko‘rinsa¸ yechintirib, ginekologik tekshiruv qilar ekan. Buni menga tekshiruvga borgan tanishlarim aytdi. Menga qolsa¸ bormasdim o‘sha ginekolog qabuliga, - deydi Qiziriq tumanining "Qishloq ozon" mahallasida yashovchi kollej o‘quvchilaridan biri.

Ayni paytda bu tekshiruvlarning ota-onalar roziligisiz, majburiy militsiya nazorati ostida o‘tkazilayotgani haqida xabarlar bor.

O‘zbekistonda o‘quvchi qizlar orasida “erta jinsiy hayotni boshlaganlarni” aniqlash maqsadida bunday ginegologik tekshiruvlar oldin ham o‘tkazilgan.

Tadbir davomida “bokiraligini yo‘qotgan va xomilador qizlar aniqlanib, ularning ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazilgani haqda Ozodlik avval xabar bergan.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: Уникальная спецтехника помогает бесперебойной работе метро Москвы


Спорт в России и мире
Москва

Тренер "Динамо" Личка о самой дорогой покупке в Москве: я купил себе самокат


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Потапова и Павлюченкова вышли в полуфинал турнира WTA в Мадриде в парном разряде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

В Москве заметили первый в России электромобиль Tesla Cybertruck





Путин в России и мире
Москва

Президент России Владимир Путин подтвердил проведение XVI Международного военно-музыкального фестиваля «Спасская башня»


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко заявил о желании построить в Белоруссии вторую АЭС




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Цинизм зашкалил: Елена Зеленская повеселилась в Киеве с герцогиней Эдинбургской


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Фрэнк Синатра

Леонардо ДиКаприо споет голосом Фрэнка Синатры



Москва

Kp.ru: экс-солист «На-На» заявил, что Алибасов должен ему пять млн долларов

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net