Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Март
2018

Bodomzordagi "psixogenetik" imom juma va’zida Ozodlik va erkin matbuotga tahdid qildi

0
 Bodomzordagi

O‘z qavmiga doyalikni faqat ayollar qilishi kerak, ayollar jinsiy aloqa paytida boshqa erkakni xayoliga keltirsa¸ tug‘ilajak bolasi gey bo‘ladi¸ deya qilgan va’zlari bilan jamoatchilikka tanilgan o‘zbekistonlik imom 9 mart kungi va’zini Ozodlikka bag‘ishladi.

Toshkentning Yunusobod tumanidagi Mirza Yusuf jome’ masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfutdinov o‘zining 2 mart kungi geylarning tug‘ilishiga oid va’zini yoritgan Ozodlik radiosini “munofiqlar radiosi”ga chiqardi va uning “janozasini (musulmonlar o‘lganda o‘qiladigan so‘ngi namoz. Hozircha Ozodlikka Islomda biror tashkilotga janoza o‘qish rituali borligi ma’lum emas – tahr.) o‘qigani”ni bildirdi.

Ozodlikdagi maqola internet va ijtimoiy tarmoqlarni “qaynatgani”ni e’tirof etgan imom¸ Ozodlikka raddiya deb atalgan 17 minutlik ma’ruzasini o‘z Facebook sahifasi va masjidi saytida yoyinladi.

Va’zi muqaddimasida imom¸ nafaqat o‘zbekistonliklar¸ balki xalqaro maydonda ham hajv qilinayotgan “geylar genetikasi” haqidagi ma’ruzasini “to‘g‘ri aytilgan gaplar” sifatida yana takrorladi.

Imomning Ozodlik maqolasiga asosiy e’tirozi¸ uning “Turk aktyorlariga oshiq o‘zbek onalaridan geylar tug‘iladi!” deb nomlanishiga nisbatan bo‘ldi:

- Men o‘zbek onalari demaganman. Dunyodagi ayollar¸ dunyodagi holatni misol keltirganman. Bu ma’lum bir ilm. Ozodlik bir mutaxassisning fikrini keltiripti. “Ilmiy mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi”¸ deyapti. Ularning ilmiy mantig‘iga bizlarni Olloh taolo yaratganligi to‘g‘risidagi xabar ham to‘g‘ri kelmaydi. Ularning ilmiy mantig‘i odam maymundan tarqagan deb (Darvinning evolyutsiya nazariyasi nazarda tutilmoqda – tahr.) yuripti haliyam. Ularning ilmiy mantig‘i dunyoda bir kuchli portlash (Big Bang nazariyasi nazarda tutilmoqda – tahr.) dan yaralgan deb yuripti. Agar ilmiy mantiqni tutsa ular. Ilmiy mantiqni qaerdan bilsin ular¸ maymunning avlodlari¸ deydi Yunusobod masjidi imomi.

O‘tgan va’zida¸ jinsiy aloqa paytida ayol eridan boshqa erkakni xayoliga keltirsa¸ undan gey farzand tug‘iladi¸ degan gapini "olimlarning aytishicha”¸ deb taqdim etgan Sayfutdinov  9 mart kungi va’zida bu “olim”ning shaxsini ochiqladi:

- Psixogenetika bu yangi fan. O‘zim men bu fanni o‘qiyapman¸ bunda men mutaxassisman. Shundan o‘qib-o‘rganib¸ tatbiq qilib¸ hadislar bilan solishtirib¸ sizlarga havola qilayapman. Birovning gapini aytmayapman ko‘tarib kelib. O‘rganib tadqiq va tahqiqlarning xulosasini azbaroyi shu xalqimizni¸ vatanimizni¸ kelajagimizni¸ ertamizni o‘ylab¸ shuning xavotiri bilan aytayapman¸ deydi “psixogenetik” imom.

9 mart kungi ma’ruzasining bir necha joyida o‘zini payg‘ambar bilan qiyoslagan Rahmatulloh Sayfutdinov¸ Ozodlik ko‘targan mavzuni yoritgan mahalliy nashrlardan “bir og‘iz gap bilan” chop etilgan maqolani olib tashlashga muvaffaq bo‘lganini aytadi.

- Odamlarni bular chalg‘itishayapti¸ boshqa narsa bilan band qilib qo‘yishayapti. Boshqa bir narsa chiqsa muhokama ¸ nari borsa 100-200 ta layk bo‘ladi (Facebookdagi Like tugmachasi nazarda tutilmoqda – tahr.). Bizning kechagi gapimizga 2000 dan oshiq layk yig‘ildi. Buni ko‘rgan o‘zimidagi ba’zi bir saytlar ham hovliqib qolayapti. Bizga birodarlikni izhor qilgan axborot portallari ham hovliqib¸ Ozodlikni qo‘llab¸ kecha maqola chiqarishdi. Bir og‘iz gapimizdan keyin uzr so‘rashib¸ maqolalarini olishdi. Shu maqolani yozgan bir hamshaharimiz keyin bilsak¸ Ozodlikning gumashtasi¸ boshqa narsa emas. Olloh kifoya qilsin¸ deya qarg‘ish bilan tugatadi 9 mart kungi ma’ruzasini Bodomzordagi Mirza Yusuf jome’ masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfutdinov.

(6 mart kuni o‘zini Mirza Yusuf jome’ masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfutdinovning yordamchisiman deb tanishtirgan shaxs Ozodlikka 2 mart kungi va’z haqida "maqola yozish shart emasligi"ni ta’kidlagan edi.)

Hozircha Ozodlikka o‘zbek nashrlaridan qay birining o‘z “gumashta”si ekani va "geyshunos" imomning va’zi haqida maqola e’lon qilgani ma’lum emas.

Ayni paytda¸ avvallari asosan ommaviy axborot vositalarini nazorat qiluvchi MXX kuratorlariga oid bo‘lib kelgan “senzor”lik vakolatining qachon va qaysi asosda imomlarga o‘tgani va o‘zbek nashrlari qachondan boshlab dunëviy ilmni inkor qiluvchi imomlarning "bir og‘iz gap" bilan o‘z materiallarini olib tashlashga kirishganiga oid ma’lumot ham Ozodlikda hozircha yo‘q.

Ozodlik bu savol javobini yaqin kelajakda O‘zbekistondagi davlat idoralari¸ xususan¸ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rasmiylaridan topishga urinadi.

Zotan¸ O‘zbekiston Konstitutsiyasining 7-moddasiga ko‘ra:

- Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

Konstitutsiyaning 10-moddasiga ko‘ra:

- O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin. Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas.

O‘zbekiston konstitutsiyasining 12-moddasida esa¸

- O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas¸ deb yozib qo‘yilgan.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин сообщил о масштабных планах благоустройства территорий школ и детсадов


Спорт в России и мире
Москва

Волейболисты «Зенита-Казань» стали чемпионами России


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Елена Рыбакина

Прямая трансляция матчей Рыбакиной и Путинцевой за выход в 1/8 финала турнира в Мадриде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

6 городов России, где можно увидеть белые ночи кроме Санкт-Петербурга





Путин в России и мире
Москва

Президент России Владимир Путин подтвердил проведение XVI Международного военно-музыкального фестиваля «Спасская башня»


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко заявил о желании построить в Белоруссии вторую АЭС




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Цинизм зашкалил: Елена Зеленская повеселилась в Киеве с герцогиней Эдинбургской


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Баста

Баста: «Я ходил в компьютерные клубы в Ростове. Любимый боец в MK – Шан Цунг»



Москва

В России и Таджикистане по-разному смотрят на ситуацию вокруг ущемления прав таджиков в РФ

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net