Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Февраль
2018

O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi raisi Tohiriy ishdan olindi

0
13 fevral kuni Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan videoselektor davomida O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi¸ 54 yashar general-mayor Muidjon Tohiriy lavozimidan olindi.


Bu haqda Ozodlikka bir-biridan mustaqil ravishda xabar qilgan Bojxona qo‘mitasiga bevosita aloqador rasmiylarning bildirishicha¸ Tohiriy o‘rniga O‘zbekiston Bosh prokurorining 1-o‘rinbosari¸ adliya katta maslahatchisi¸ 42 yashar Murotjon Azimov tayinlangan.


Bu tayinlov barobarida prokuratura tizimida polkovnik rutbasida bo‘lgan Azimovga general-leytenant rutbasi ham berilgan.


(Ozodlik bu xabarni hozirlayotgan paytda - Toshkent vaqti bilan kechki soat 6 lar atrofida) ham Bosh prokuratura rasmiy saytida Azimov hamon 1-o‘rinbosar sifatida ko‘rsatilgan.)


Hozircha Tohiriyning butunlay hukumat tarkibidan ketgani yoki boshqa lavozimga tayinlanganiga oid aniq ma’lumot yo‘q. Ayrim norasmiy manbalar¸ uning pensiyaga kuzatilganini bildirdi.


Rasmiy matbuot hozircha bu o‘zgarish haqida xabar tarqatmadi.


12 fevral kuni Ozodlik O‘zbekiston huquq tizimlaridagi mulozimlarga tayanib¸ Bosh prokuratura tergovchilarining prezident topshirig‘i bilan Davlat Soliq va Bojxona qo‘mitalarida jiddiy tekshiruvlar o‘tkazayotganini xabar qilgan edi.


13 fevral kuni mazkur jarayonga bilvosita aloqador mulozimlar¸ tekshiruvlar davomida har ikkala qo‘mita faoliyatidagi kamchilik va qonunbuzarliklarga oid katta miqdordagi hujjatlar olinganini tasdiqladi.


Tohiriyning ishdan olingani ushbu tekshiruvlar natijasi bilan bog‘liq bo‘lishi taxmin etilmoqda.


Tohiriyning ishdan olingani xabari ortidan Ozodlik Davlat bojxona qo‘mitasi bilan bog‘landi.


Qo‘mitaning o‘zini tanishtirmagan rasmiysi¸ ayni soatlarda majlis borayotgani va matbuotga izoh berishi mumkin rahbarlarning barchasi ushbu favqulodda yig‘inda ekanini bildirdi.


"Tohiriyning ishdan olinganidan bexabarman¸ chunki hali majlis tugamadi"¸ dedi jumladan Ozodlik gaplashgan Bojxona qo‘mitasi rasmiysi.


O‘zbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning xavfsizlik xizmati rahbari bo‘lgan Muidjon Tohiriy Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelganidan ko‘p o‘tmay¸ 2016 yilning 20 dekabrida Davlat Bojxona qo‘mitasining raisi etib tayinlangan edi.


2006-2008 yillarda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari¸ 2008-2010 yillarda Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari bo‘lgan Tohiriy¸ 2010-2011 yillarda o‘shandagi prezident Karimovning kuch ishlatar salohiyatiga ega tizimlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi bo‘lib ishlagan.


2011-2016 yillarda yana MXX raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Tohiriy¸ 2013 yildan Karimov o‘limiga qadar¸ SBP - Prezident xavfsizlik xizmatiga raislik qilgan.


Ayni lavozimda Karimovning eng ishongan odamlaridan biriga aylangan Muidjon Tohiriy, sobiq prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova iddaosicha, 2014 yili uning uyida o‘tkazilgan tintuvga shaxsan rahbarlik qilgan.





Загрузка...


Губернаторы России

Спорт в России и мире

Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса

Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net