Muvaffaqiyatli startap yaratish siri
Toshkent shahridagi Inha universitetida belaruslik mutaxassislar ishtirokida tashkil etilgan seminar shu mavzuga bag‘ishlandi. Unda g‘oyalarni muvaffaqiyatli startapga aylantirishning asosiy bosqichlari, AT-loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama etildi.