Nyu-Yorkda portlash sodir bo‘ldi
![Nyu-Yorkda portlash sodir bo‘ldi](http://uza.uz/upload/iblock/835/new_york.jpg)
Nyu-York shahrining Manxetten tumanida Port-Atoriti avtoshohbekatida portlash sodir bo‘ldi. Nyu-York politsiyasi departamentining “Twitter”dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, portlash shahar markazida, 42-ko‘cha va 8-avtomagistral kesishmasida yuz bergan.