Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni keng nishonlandi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni etib belgilandi. Yurtimiz bo‘ylab bu yil ilk bor nishonlanayotgan ushbu sana "Hosil bayrami" tadbirlari bilan uyg‘unlashgan holda o‘tmoqda.