Добавить новость
123ru.net
World News
Июль
2021

Gulnora Karimova qamoqda 49 yoshini qarshiladi. O‘zbek faollari uning boyliklari taqdiridan xavotirda

0
Shu yilning 8  -iyulida bir guruh o‘zbek faollari Shveysariya hukumati va huquqni muhofaza qilish organlarini O‘zbekiston sobiq prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova o‘margan boyliklarni qaytarish jarayonida shaffoflikka chaqirdi.


Dunyoning turli nuqtalarida istiqomat qilayotgan 9 nafar faol tomonidan imzolangan chaqiriq Uzbekforum.org internet nashrida e’lon qilindi.


Murojaat mualliflari O‘zbekiston va Shveysariya hukumatlari o‘rtasida 2020 - yilning 11 - sentabrida tuzilgan Gulnora Karimova o‘zlashtirgan noqonuniy pullarni mamlakatga qaytarish borasidagi Anglashuv memorandumi taqdiridan xavotirda ekanini bayon qilishgan.


Chaqiriq mualliflari iddaosicha, ikki tomon ham mazkur hujjat ijrosi borasida shaffoflikka shoshilmayotir. Aksincha, oradan qariyb bir yil o‘tsa-da, mazkur mablag‘larning O‘zbekistonga qaytarilishi yuzasidan Shveysariya rasmiylari ham, O‘zbekiston tomoni ham biror izoh bermagan.


10 tamoyil

O‘zbek faollarining ta’kidicha, Shveysariya hukumati ham 2017 - yilda aktivlarni tiklash bo‘yicha tashkil etilgan Global Forum (Global Forum for Asset Recovery)ning faol ishtirokchilaridan biridir. Mazkur tuzilmaga ishtirokchi davlatlar jinoiy guruh va shaxslar tomonidan o‘marilgan boyliklarni o‘z egalariga qaytarishda 10 ta tamoyilga sodiq qolishi lozim.


Mazkur 10 tamoyil g‘orat qilingan boyliklarni qaytarishda shaffoflik va hisobdorlikdan tortib, boyliklarni qaytarish jarayonida fuqarolik jamiyati vakillarining ishtirokiga qadar bo‘lgan majburiyatlarni o‘z ichiga oladi.


Faollar 2017 - yilda aktivlarni tiklash bo‘yicha tashkil etilgan Global Forumning ishtirokchilari zimmasidagi to‘rtinchi tamoyilni yodga olib, mablag‘larning O‘zbekistondagi asl egalariga yetib borishiga shubha bildiradi.


Qaytarilgan mol-mulkni korrupsiyaviy xatti-harakatlar natijasida zarar ko‘rgan odamlar manfaati uchun ishlatish majburiyatini eslatib, Shveysariya hukumatidan bu boradagi jilovni bo‘shashtirmaslik so‘ralgan.


Anglashuv Memorandumi nima o‘zi?

Anglashuv Memorandumi hukumatlar yoki idoralararo kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan huquqiy hujjat bo‘lib, normativ akt sifatida bajarilishi majburiy bo‘lgan bitimdir. Ana shu aktlarning biri 2020 - yil 11 - sentabrda Shveytsariya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida imzolangan va hujjat ijrosi muayyan muddatda nihoyasiga yetishi lozim.


Memorandumda Gulnora Karimova tomonidan otasi prezidentlik davrida noqonuniy ravishda mamlakatdan olib chiqib ketilgan va Shveysariya konfederatsiyasi hududiga joylashtirilgan mol-mulkni qaytarish tamoyillari belgilangan.


Mazkur akt, mohiyatiga ko‘ra, jarayoni shaffof, hisobdorlik va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokini qamrab olishi lozim.


Unga O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlashga hissa qo‘shishini tasdiqlovchi talablar kiritilgan.


Shveysariya tomoni ham mum tishlagan

Mazkur chaqiriqni izohlay turib, O‘zbek forumi yetakchisi Umida Niyozova memorandum imzolanganidan to‘qqiz oy o‘tsa ham Shveysariya va O‘zbekiston rasmiylarining jamoatchilikka lom-mim demayotganiga e’tibor qaratdi:


“Shu paytga qadar taqsimlash va qaytarish to‘g‘risidagi bitimlarning taklif qilingan mazmuni haqida jamoatchilikka batafsil ma’lumot berilmadi. Fikrimizcha, bunday uzoq sukunat Shveysariyaning shaffoflik va hisobdorlik borasidagi sadoqatiga zid keladi.


Shveysariya Federal Adliya idorasi hatto allaqachon imzolangan ulush to‘g‘risidagi bitimni oshkor qilishdan bosh tortmoqda. Bu harakat esa, mamlakatning axborot erkinligi borasidagi Federal qonuniga ziddir. Holbuki, bu borada iltimosnoma ham yuborganmiz”, deydi Umida Niyozova.


“Ozodlik” surishtiruvlari faollarda xavotir uyg‘otdi

“Fuqarolik jamiyati chaqiriqlariga qaramay, O‘zbekiston korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha samarali va yetarlicha islohotlarni amalga oshirmadi. Ayniqsa, hukmron rejimning eng yuqori bo‘g‘inlaridagi holatlar bunga misoldir. Tizimli tadqiqotlar va jurnalistik tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, mamlakatning yuqori rahbariyati katta korrupsiyada bevosita va bilvosita ishtirok etmoqda”, deyiladi chaqiriqda.


Faollar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunlar joriy qilinganiga qaramasdan, ularning qat’iy va xolis qo‘llanilishiga siyosiy iroda yetishmayotganini iddao qilishadi.


Chaqiriq mulliflari “Ozodlik” tomonidan 2021 - yil fevral oyida prezident Mirziyoyevning Shovvozsoy qarorgohi borasidagi tekshiruvlarini tilga olib, uni "korrupsiyaning oliy namunasi" deb atashgan.




Shuningdek, chaqiriqda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori fojiasi hamda Toshkent shahar hokimining shirkatlariga taqdim etilgan gaz hisoblagichlari borasidagi korrupsiyaviy bitim sifatida tilga olinadi. Bu boradagi “Ozodlik” tekshiruvlari chaqiriqqa ilova qilingan.


Fuqarolik jamiyati vakillarining Shveysariya hukumatiga murojaati  Gulnora Karimovaning O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Zangiotadagi ayollar qamoqxonasida 49 yoshini nishonlagan kuniga to‘g‘ri keldi.


Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Karimovaning otasi hukmronligi davridagi  qilmishlariga e’tibor qaratdi. Ayrimlar esa unga she’riy izhorlar bitdi.


Islom Karimov davrida uning ehtimoliy merosxo‘rlaridan biri sifatida ko‘rilgan Gulnora Karimova bundan qariyb besh yil avval otasining boshqaruvi nihoyasiga yetganidan so‘ng ham O‘zbekistonning yangi tarixidagi eng  ziddiyatli shaxslardan biri bo‘lib qolmoqda. 


 





Загрузка...


Губернаторы России

Спорт в России и мире

Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса

Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net