Добавить новость
123ru.net
World News
Декабрь
2020

"Sputnik V" vaksinasini olishga tayyor rossiyaliklarning aksari Putin tarafdorlari - so‘rov

0
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin kelajakda o‘z mamlakatida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanadi. 27 - dekabr kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident bu haqda tez orada o‘zi rasman ma’lum qilishini aytdi.


Putin 17 - dekabr kuni o‘tkazilgan yillik matbuot anjumani chog‘ida «barcha rasmiyatchiliklar» hal qilingandan keyin koronavirusga qarshi emlanishini aytgan edi.


Rossiyada «Sputnik V» vaksinasi 11 - avgustda ma’qullangan. Ushbu vaksina rasmiy ma’qullangan jahondagi ilk vaksinadir. Ammo tanqidchilar «Sputnik V» sinov muddati yakuniga yetmasidan oldin ma’qullanganini aytib, uning xavfsizligini shubha ostiga olib kelmoqdalar.




Kuni kecha Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi «Sputnik V» vaksinasi bilan yoshi 60 dan oshgan kishilarni emlashga ruxsat bergan edi.


Moskvada virus yuqtirish ehtimoli katta kishilar guruhiga kiruvchilarni emlash 5 - dekabrdan boshlangan edi. Joriy yil oxirigacha Rossiya bo‘ylab 500 mingdan ortiq dozada vaksina tarqatiladi.


Moskva shahrida koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat keskinligicha  qolmoqda. Shu sababdan shahar hukumati COVID-19 ga qarshi emlash imkoniyatiga ega bo‘lgan har bir kishiga vaksina olishni qat’iy tavsiya qilmoqda.


Moskva meri o‘rinbosari Anastasiya Rakovaning so‘zlariga ko‘ra, uy-joy kommunal xo‘jaligi, ovqatlanish, sport tashkilotlari xodimlari, shuningdek, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bugundan boshlab emlanadilar. Rakova emlash punktlari yangi yil bayramlari davomida ham yopilmasligini aytdi.


Ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyada emlash sur’ati AQSh va Buyuk Britaniyadagidan o‘nlab marta past bo‘lib, mamlakatda kuniga bir necha ming kishigina emlanmoqda.


«Levada» markazi dekabr oyida o‘tkazgan so‘rov natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, rossiyaliklarning 58 foizi hanuz emlanishga tayyor emas – hatto vaksina bepul bo‘lsa ham. Rossiyaliklarning atigi 38 foizi emlanishga hozir.


So‘rov natijalariga ko‘ra, 40 yoshdan oshganlar va ma’lumotni asosan televizordan oladiganlar orasida vaksina olish istagi kuchliroq. Bundan tashqari, vaksina olishga hozirlarning aksariyati prezident Putin tarafdorlari ekani aniqlangan.


Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada kuniga 29 mingdan ziyod kishiga virus yuqmoqda. Mamlakatda bugunga qadar 140 mingdan ko‘p kishi COVID-19 infeksiyasi tufayli nobud bo‘ldi.





Загрузка...


Губернаторы России

Спорт в России и мире

Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса

Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net