Добавить новость
123ru.net
World News
Январь
2019

Isroil Suriyada Eronga tegishli harbiy ob’ektlarga hujum qilganini tasdiqladi

0
21 yanvar kuni Isroil armiyasi Suriya hududidagi Eronga tegishli harbiy ob’ektlarga hujum qilganini tasdiqladi.


Bundan bir necha soat oldin Isroil kuchlari Damashq xalqaro aeroporti yaqinida havo hujumlarini amalga oshirgani xabar qilingan edi.


Isroil hujumlari ortidan G‘o‘lon tepaliklaridan Isroilga raketa otilgan, ammo Isroil mudofaa tizimlari raketani to‘xtatib qolgan.


Isroil armiyasi e’lon qilgan bildiruvda "Eronning Quds kuchlari ob’ektlariga hujum qilishni boshlab yubordik. Suriya qurolli kuchlarini Isroil kuchlari yoki hududida zarar yetkazishga urinish oqibatlari haqida ogohlantiradi," - deyiladi.


Bildiruvda havo hujumlarining boshqa tafsilotlari keltirilmagan


Qarorgohi Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari guruhi Damashq aeroporti hamda poytaxt yaqinidagi hududlarda amalga oshirilgan hujumlar Eron kuchlari hamda "Hizbulloh" shia jangari guruhining qurol-aslaha omborlarini nishonga olganini xabar qildi.


Guruh ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlarda 11 nafar odam halok bo‘lgan.


Umuman olganda, Isroil qo‘shni Suriyadagi harbiy amaliyotlarini ochiqchasiga tan olmay keladi.


Bu orada Suriya armiyasi 20 yanvar kuni Isroil harbiylari intensiv havo hujumlarini amalga oshirganini bildirdi.


Suriya armiyasi rasmiylari so‘zlariga ko‘ra, raketalarning aksari o‘z mo‘ljaliga yetmasidan yo‘q qilingan.


Suriya matbuoti ham Damashq yaqinidagi hududga otilgan raketa to‘xtatib qolinganini xabar qildi.


Suriya davlat telekanali esa Isroil Damashq aeroporti yaqinidagi hududga qarata olti raketa otganini, ularning to‘rttasi yo‘li to‘silib, ekin dalasiga yo‘naltirilganini xabar qildi.


Rossiyaning “RIA Novosti” agentligi esa Rossiya Milliy mudofaa boshqarmasi markaziga tayangan holda Isroilning 30 dan oshiq qanotli raketasi hamda boshqariladigan bombasi urib tushirilganini xabar qildi.


Rossiya armiyasi tarqatgan bayonnomaga ko‘ra, hujumlarda to‘rt nafar Suriya askari halok bo‘lgan.


Rossiya va Eron Suriya prezidenti Bashar al-Assadga harbiy hamda diplomatik yordam ko‘rsatib keladi.


Suriyada 2011 yildan beri tinchimayotgan urushda minglab odam halok bo‘ldi, millionlab odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi.


Isroil Eron Suriyada o‘z harbiy harakatlarini kengaytirishiga yo‘l qo‘ymasligini aytib, Eron harbiy ob’ektlariga hamda “Hizbulloh” qurolli guruhiga qarshi havo hujumlarini amalga oshirib keladi.





Загрузка...


Губернаторы России

Спорт в России и мире

Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса

Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net