Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
Озодлик Радиоси
Январь
2021

"Bu sovuqda onlayn ta’lim yaxshi edi, ammo internet yo‘q" - o‘quvchilar sovuq sinfxonalarga qaytmoqda

0

O‘zbekistonda mavjud 10 mingga yaqin maktabning aksarida 11 - yanvardan qishki ta’til tugab, o‘quvchilar yana sinfxonalarga - an’anaviy darslarga qaytadi.

Mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati -20 darajagacha tushib ketgan, anomal sovuq kuzatilayotgan shu kunlarda maktab rahbarlari va o‘qituvchilar sinfxonalarni isitish tashvishi bilan band.

Xalq ta’limi hududiy bo‘limlaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, hokimiyatlar maktablar uchun sifatli ko‘mirni yetkazib bermoqda, ayrim hududlarda tabiiy gaz ham bor.

Ammo maktab jamoalariga ko‘ra, elektr toki uzilsa, ko‘mir va gazning o‘zi bilan maktabni isitib bo‘lmaydi. Xalq ta’limi vazirligi mavsum boshida respublika bo‘ylab kuz-qish mavsumida maktablarning isitilishiga hokimliklar mas’ul ekanini eslatgandi.

Elektr tarmoqlari idoralari esa, elektr ta’minotidagi muammolar bilan bog‘liq savollarni ochiq qoldirmoqda, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Ozodlikning bu boradagi rasmiy murojaatiga hanuz javob bergani yo‘q.

Namanganlik o‘qituvchi: Ko‘mir sifatsiz, svet tez-tez o‘chadi

Viloyatning Kosonsoy tumanidagi tog‘li Chindovul qishlog‘i bolalari o‘qiydigan 20-maktab direktor o‘rinbosari Sohiba Dadaxonovaga ko‘ra, maktab 11 -yanvardan ochilishga "qisman hozir".

Bu maktabda 30 mingga yaqin aholining 1500 nafardan ortiq farzandlari ta’lim oladi. Sinflar soni 52 ta, har bir sinfda 28 nafardan 35 nafargacha o‘quvchi bor.

Farzandlari shu maktabda o‘qiydigan ota-onalar sinfxonalar isimasligi, dekabr oyida ayrim sinfxonalarida bolalar 0 darajadan past haroratda o‘tirib, shamollab qolganidan Ozodlikka arz qilgan.

6 - yanvar kungi muloqotda Dadaxonova maktabni isitishda jiddiy muammolar borligini tasdiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy muammo – uzluksiz elektr ta’minotining yo‘qligi:

“Maktabimizda 3 ta korpus, 5 qozonimiz borligiga qaramasdan, yaxshi isimaydi. Chunki, ko‘mir yaxshi kelmagan va svet tez-tez o‘chadi. Mana, hozir ham namunaviy uyda yashayman, svetimiz yo‘q. Bizga topshiriq keldi, sutkada 20 soat qozonlarni yoqib isiting, deb. Shungayam svet tez o‘chsa, muzlab qoladi. 1973 - yil qurilgan, ta’mirlanishi yaxshi bo‘lmagan binolar ham bor. Isitgichi bor - buzilaveradi, ta’mirlayveramiz. Muammomizni tumanimiz biladi, biz murojaat bilan ko‘p marta chiqqanmiz”.

Maktab mas’uliga ko‘ra, maktab uchun isitish yagona muammo emas:

“Bizda faqat isitishgina muammo emas, xojatxonamiz yo‘q, sportzal, oshxona, faollar zali yo‘q. 1558 o‘quvchiga sport zali yo‘q. Maktabimiz hududi kichkina. 3 ta mahalladan bola o‘qitamiz. Bitta mahalladan maktab binosi qurish uchun joy tashlandi, to‘xtab qoldi shu”, - dedi maktab muammosi tezroq hal qilinishi uchun mutasaddi tashkilotlardan yordam so‘ragan Kosonsoydagi 20-maktab direktor o‘rinbosari.

Quyida Sohiba Dadaxonova bilan suhbatni tinglang:

Navoiylik o‘qituvchi: Svet o‘chsa, ko‘mir befoyda

Viloyatning Xatirchi tumanidagi 37-maktabda ruhshunos bo‘lib ishlaydigan Safargul Boymirzayevaga ko‘ra, 158 nafar o‘quvchisi bo‘lgan maktabga ko‘mir yetkazib berilgan, ayrim sinfxonalariga elektr isitgichlar o‘rnatilgan.

Maktab xodimi sinfxonalari 11 - yanvardan ish boshlashga tayyorligini bildirdi.

Ammo bu maktabda ham binoni to‘liq isitish uchun uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanishi kerak, bu esa imkonsiz qolmoqda:

“Svet berilsa bo‘ldi, maktabimizning hamma sinfi isiydi. 158 ta bola o‘qiydi, maktabimiz to‘liq, kichkina bo‘lsa ham. Bizda isitish faqat ko‘mir bilan. Bu yil maktablarga yaxshi ko‘mir berishdi. O‘tgan yili mayda ko‘mir berishgandi, bu yil juda yaxshi ko‘mir keldi. Lekin svet bo‘lmasa, isitish tizimi o‘chib qoladi. Ba’zi xonalarga elektr isitgichlar o‘rnatilgan, svet bo‘lmasa ular ham ishlamaydi. Shuning uchun bizning asosiy iltimosiz – elektr toki, shuni uzmay berib turishsa bo‘ldi, isitish muammo bo‘lmaydi”.

Boymirzayevaning aytishicha, uning maktabi joylashgan Langar qo‘rg‘oni ko‘p yillardan buyon tabiiy gazdan uzilgan, Xatirchi tumanida mavjud 88 ta maktabning asosiy qismi ko‘mir bilan isitiladi.

Surxondaryo: Maktablarga gaz ham, ko‘mir ham yetkazildi

Sariosiyo tumani Xalq ta’limi bo‘limining ismi ochiqlanishini istamagan xodimiga ko‘ra, bu tumandagi 84 ta maktabning barchasiga ko‘mir va tabiiy gaz yetkazilgan.

Ta’lim bo‘limi vakili, maktablar 11 - yanvardan ochilishga hozirligini ta’kidladi:

“Kichkina hajmdagi maktablar ko‘mir yoqilg‘isi bilan isitiladi. Gazga ulangan maktablarimiz ham bor. Gaz bosimi tushib ketmadi, hatto men yashab turgan qishloqda ham gaz bosimi tushib ketmadi hozircha. Gaz bormagan hududlarni bilmadimku. Lekin tabiiy gaz bormagan hududlarga ko‘mir yetkazilgan”.

Uning aytishicha, anomal sovuq kuzatilayotgan bo‘lishiga qaramasdan, Sariosiyo tumanining aksar hududlarida tabiiy gaz bosimi pasaymagan.

Ta’lim boshqarmasi: Ko‘mir zaxirasini yig‘yapmiz

Namangan viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi rahbariyatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, viloyatdagi 711 ta maktab uchun yanvar oyiga qadar 43 yarim ming tonna ko‘mir yetkazib berilgan.

Boshqarma rasmiylari maktablarning asosiy qismi ko‘mir bilan isitilishini tan olmoqda. Ayni paytda hozir maktablarga o‘rtacha 60 tonnadan yetkazilgan ko‘mir qish mavsumi oxiriga yetmay qolishi mumkinligi ham tilga olindi.

“Har bir maktabga, hajmiga qarab, 40, 60, 100 tonnagacha ko‘mir taqsimlab chiqdik. Hozir fevral oyining oxiri va mart oyi uchun zaxira 7 ming tonnaga so‘rovnoma kiritdik. Hozircha maktablar uchun ko‘mir ta’minotida muammo yo‘q”, - dedi boshqarmaning Qurilish bo‘limi mulozimi Qobiljon Temirov.

Mulozim ayni viloyatning Kosonsoy tumanida sinfxonalarida sovuq qotgan bolalar bo‘yicha Ozodlikka kelgan murojaat yuzasidan tezlik bilan chora ko‘rilishini aytdi. Shuningdek, bu maktabga sifatsiz ko‘mir berilganiga oid shikoyatga ham munosabat bildirdi:

“Bu yil 7 ming tonna briket ko‘mir keldi, to‘g‘ri. Biz 7 ming tonna maktablarga sochib yubordik, qolganiga sifatli Angren ko‘miridan tarqatdik”, - dedi Temirov.

Ammo Namangan, Surxondaryo va Navoiy xalq ta’limi boshqarmalaridan maktablardagi elektr ta’minotida uchrayotgan uzilishlar borasida rasmiy javob olishning imkoni bo‘lmadi.

"Elektr ta’minotini hokimiyat ham hal qilolmaydi"

Xalq ta’limi vazirligiga ko‘ra, respublika bo‘ylab kuz-qish mavsumida maktablarning isitilishiga hokimliklar mas’ul.

Ammo Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, elektr ta’minoti masalasiga “to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublika vakolatidagi masala” deya izoh berdi:

“Nafaqat Xalq ta’limi boshqarmasi, balki viloyat hokimliklarining ham qo‘lida emas bu. Maktablarga uzatiladigan elektr toki maxsus liniyadan o‘tmaydi, shu barcha oddiy tashkilotlarga boradigan liniyadan keladi. Masalan, shifoxona, hokimiyat va banklar – alohida liniyaga ulangan. Maktablar va boshqa tashkilotlar-bitta alohida liniya, undan keyin aholi punktlari yana bitta liniyaga ulangan. Hozir shu uchala liniyada ham svet uzilyapti. Ayniqsa, oxirgi 2 kunni ichida tinkamizni quritib yubordi svet o‘chishi, to‘g‘risi. Ishxonada oyoqlarimiz qaqshab o‘tiribmiz”.

Elektr tarmoqlari: 1 kunda 400tagacha murojaat

Namangan elektr tarmoqlarining iste’molchilar uchun ajratilgan telefon raqamlariga javob bergan operatori so‘nggi ikki kun ichida murojaatlar favqulodda ko‘payganini aytdi.

Ismini oshkor qilmagan operatorga ko‘ra, elektr ta’minotidagi uzilishlar elektr ishlab chiqarayotgan Tallimarjon TES va To‘raqo‘rg‘on TESdagi texnik nosozliklar bilan bog‘liq.

“Bu stansiyalar bir-biri bilan bog‘liq, bilasiz. Shu nosozlik hal bo‘lsa, svet o‘chishi kamayadi. Hozir maxsus guruhlarimiz shu muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanyapti. Nosozlik uchun mijozlarimizdan uzr so‘raymiz”, dedi favqulodda muloyimlik bilan vaziyatni tushuntirgan operator.

Ayni paytda, u viloyatdagi maktablar uchun elektr toki alohida liniyadan uzatiladimi va umuman, maktablarni uzluksiz energiya bilan ta’minlash mumkinmi – bu boradagi savollarga tashkilotning yuqori bo‘g‘inidan javob olish mumkinligini bildirdi.

Milliy elektr tarmoqlari jim

"O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari" AJ idorasidan respublikada mavjud 10 mingga yaqin maktabni elektr toki bilan ta’minlashdagi o‘ta achinarli vaziyat borasida biror izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

Tashkilotning boshqaruv raisi yordamchisi Qayumjon Abdullayev barcha savollarga matbuot xizmatidan javob olish mumkinligini ta’kidladi. Ammo matbuot kotibi Ulug‘bek Urunovga tegishli, deb berilgan telefon raqamiga kun davomida ulanishning imkoni bo‘lmadi.

O‘qituvchilar: Bu sovuqda onlayn ta’lim yaxshi edi, ammo...

Asli biologiya o‘qituvchisi bo‘lgan namanganlik Sohiba Dadaxonova dekabr oyida sovuq qotgan o‘quvchilarni eslar ekan, pandemiya paytida bolalarning issiq uyidan turib, onlayn dars olgani ma’qul edi, deydi.

“Buning uchun ota-onalar farzandimni onlayn o‘qitaman, degan arzasiga ko‘ra, onlayn o‘qishiga ruxsat beramiz. O‘quvchilar ham dars jarayonlarini Telegram kanalidagi gruppaga topshiradi. Agar topshira olmasa, sinf rahbari uyiga borib yordam beradi”, - dedi Dadaxonova.

Xatirchidagi maktab ruhshunosi Safargul Boymirzayeva esa masofaviy ta’limga o‘tkazilgan bolalar yetarli bilim ololmayapti, degan xavotirni tilga oldi. Uning fikricha, hozir hokimiyat va tegishli tashkilotlar bor imkoniyatini ishga solib, bolalarni maktabga qaytarishi, maktablarni esa albatta isitib berishi lozim:

“Chunki, bizning Xatirchi tumanida ba’zi oilalarda kompyuter yo‘q, ba’zilarida ekrani katta telefonlar yo‘q, ba’zilarining Internetga qurbi yetmaydi. Eng muhimi, aholi uylarida svet yo‘q. Elektr uzilsa, masofaviy ta’lim ham to‘xtaydi. Bolalar uchun har bir soat muhim, har ir kun muhim. Shuning uchun bir amallab bo‘lsa ham, maktablarni isitib, bolalarni an’anaviy ta’limga qaytarish kerak”.

10 mingga yaqin maktabning asosiysi qismi an’anaviy dars o‘tadi

Rasmiy statistikaga ko‘ra, mamlakatda 10 mingga yaqin maktab bor, o‘quvchilar soni 6 million 200 mingdan ortiq, o‘qituvchilar soni esa yarim millionga yaqin.

O‘tgan yili 16 - martidan O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlanishi ortidan barcha ta’lim muassasalari yopilib, o‘quvchilar ta’tilga chiqarilgandi. 30 - martdan boshlab maktab o‘quvchilari uchun masofaviy ta’lim boshlangan.

Xalq ta’limi vazirligi 2020-2021-  yangi o‘quv yilida an’anaviy darslar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgandi, ammo pandemiya sharoiti cho‘zilgani bois, masofaviy ta’lim ixtiyoriy ravishda saqlanib qoldi.

O‘zbekistonda bu yil erta tushgan sovuq, ayniqsa qishloq maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilarini tang ahvolda qoldirdi. Mamlakatning turli hududlaridan gaz ta’minotidan butkul uzilgan maktablarning o‘quvchilari sovuqdan azob chekayotgani haqida ko‘plab xabarlar kela boshladi.

Quyida Ozodlikka kelgan murojaatlarning ayrimlari bilan tanishing:






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: Около обновленных поликлиник создано более 600 зон отдыха


Спорт в России и мире
Москва

В Москве презентовали медали и экипировку VIII игр «Дети Азии»


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Даниил Медведев

Медведев вышел в 1/8 финала «Ролан Гаррос» — 2024


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Июнь в Москве начнется с аномально жаркой погоды





Путин в России и мире
Москва

Ташкент становится для Москвы точкой опоры – Астана проигрывает, уходя под Запад


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Зеленский: после «заморозки» конфликт опять вспыхнет


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Юрий Башмет

В Самарской области пройдут мероприятия детской музыкальной академии Башмета



Москва

В Москве пациент устроил поджог в туалете наркологической клиники

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net