Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
Озодлик Радиоси
Январь
2021

Toshkentning "Malika" bozorida reydlar: DXX chetdan olib kelingan mobil telefonlarni tekshirmoqda

0
Toshkentning

Toshkentning Shayxontoxur tumanidagi xalq orasida "Malika" nomi bilan tanilgan Malika (Texno-Olam) savdo majmuasida chetdan yakka tartibda olib kelingan mobil telefonlar savdosi bilan shug‘ullanuvchilarni DXX xodimlari taftish qila boshladi.

Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan savdogarlarga ko‘ra¸ tekshiruvlar davomida ayrim do‘kondorlar DXX Tergov izolyatoriga olib ketilgan.

Ismi ochiqlanmasligini so‘ragan savdogarlardan biri DXX chetdan olib kelingan, ammo IMEI kodlari O‘zbekistonda rasmiylashtirilmagan "Huawei" telefonlari bilan qiziqayotganini aytdi:

"Chetdan keltirilgan Huawei telefonlarini sotib olganlar sim-karta o‘rnatganida blokka tushib qolgan. Shundan so‘ng ular ichki ishlar organlariga arz qilgan. Tekshiruv jarayonida telefonlar UZIMEI tizimi orqali ro‘yxatga olinmagani, O‘zbekistonga bojxona nazoratidan chetlab olib kirilgani aniqlangan. Hozir DXX ularni import qilganlarni qidirmoqda. Bu yerda yuzlab telefon haqida gap bormoqda", - deydi toshkentlik savdogar.

O‘zbekistonda bundan ikki yil avval xorijda sotib olingan telefonlarni majburiy qayddan o‘tkazish tartibi joriy qilingandi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 22 - oktabrdagi qaroriga muvofiq  telefon qurilmalarining IMEI yoki xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish majburiydir.

Kontrabandaning oldini olish uchun joriy qilingan ushbu tartib bo‘yicha O‘zbekiston hududida xorijdan kirib kelgan fuqarolar va yuridik shaxslar belgilangan mablag‘ni to‘lab, telefonlarni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tmagan telefonlar avtomatik ravishda bir oydan so‘ng ishlashdan to‘xtaydi.

"Chetdan olib kirilgan telefonlar o‘ttiz kun ichida UZIMEIdan onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Telefonning IMEI ​ kodidan tortib¸ uni olib kelgan shaxsning pasport seriyasi va raqamlari kiritiladi. Ro‘yxatga olinmagan telefon kontrabanda hisoblanadi. Hozir DXX shu telefonlarni olib kelganlarni qidirmoqda ”¸ - deydi Ozodlik gaplashgan tadbirkorlardan yana biri.

Hukumat rasmiylari chetdan olib kirilgan telefonlarni majburiy registratsiyadan o‘tkazish va buning uchun to‘lov joriy qilishdan maqsad sifatsiz, inson sog‘lig‘i uchun zararli va noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan qurilmalar savdosining oldini olish ekanini aytib keladi.

Bundan tashqari, rasmiylar iddaosicha, nazorat tizimi mobil qurilma yo‘qolib qolgan yoki o‘g‘irlangan holatda uning qidiruv ishlarini tezkor amalga oshirishda, jinoyatlarni samarali va tezkor fosh etishda qo‘l kelishi mumkin.

IMEI janjali

Har bir o‘zbekistonlik¸ amaldagi cheklovga ko‘ra¸ uzoq xorijdan har 6 oyda chetdan bir dona telefon olib kirishga haqli.

Ayni paytda O‘zbekistonga chetdan olib kirilgan mobil telefonlarning davlat tomonidan pulli registratsiya qilinishi turli qallobliklar ortishiga turtki bo‘lgani ham aytiladi.

Ozodlik gaplashgan kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi chetdan kelgan fuqarolarning pasportlariga telefon rasmiylashtirilishi eng keng tarqalgan qallobliklardan biri ekanini aytadi.

"Chetdan kelgan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini telefon kontrabandasi bilan shug‘ullanadiganlarga sotish ko‘paydi. Ko‘p hollarda chetdan kelganlar o‘z nomiga telefon rasmiylashtirilganini bilishmaydi. Pasport ma’lumoti aeroportni o‘zida ularga xabardor qilinmasdan, telefon biznesi bilan shug‘ullanuvchilarga uzatiladi. Menimcha, DXX ana shu holatlarni tekshirsa bo‘lardi", - deydi ismi ochiqlanmasligini so‘ragan kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi.

O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar o‘zlari bilan olib kelgan telefonlarini ro‘yxatga olishda muammolarga duch kelayotgani, o‘zlari xabardor qilinmasdan pasportlariga telefon rasmiylashtirilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda yozishgan.

Ozodlikning UZIMEI - "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi" davlat unitar korxonasi rasmiylaridan bu iddaolar xususida izoh olish urinishlari natija bermadi.

Davlat xavfsizlik xizmati esa hanuz jamoatchilik va matbuot uchun yopiq tizim bo‘lib qolmoqda.

"Malika"dagi reydlar

Toshkentdagi xalq orasida "Malika" nomi bilan tanilgan bozorda xavfsizlik xizmatlarining reydlari tez-tez bo‘lib turadi.

2019 - yilning avgust oyida ichki ishlar xodimlari yuzdan oshiq soqolli erkakni ushlab, ichki ishlar bo‘limiga olib ketgani va ularning soqoli majburlab olinganidan so‘ng  yuborilgani ijtimoiy tarmoqlarini larzaga solgandi. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari O‘zbekiston huquq-tartibot idoralarining bu kabi amaliyotini inson haqlarining qo‘pol ravishda buzilishi deya qoralab chiqqan. 

Tanqidlarga javoban Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi “Malika” savdo kompleksida ishlaydigan ba’zi shaxslar bo‘yicha o‘g‘rilik, o‘g‘irlangan qo‘l telefonlarini sotib olish va sotish faktlari asosida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tezkor tadbirlar o‘tkazilgani¸ gumonlanuvchilar aksariyatining "soqollilar" ekanini bildirgan.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин рассказал, как москвичи исполняют заветные мечты детей-сирот


Спорт в России и мире
Москва

В Москве презентовали медали и экипировку VIII игр «Дети Азии»


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Надежда Петрова

Теннисистка Петрова: Хачанов совершил недопустимую ошибку на "Ролан Гаррос"


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Синоптик рассказал, когда из Москвы уйдёт аномальная жара





Путин в России и мире
Москва

Российские ракеты средней дальности могут появиться под боком восточноазиатских сателлитов США


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Зеленский: после «заморозки» конфликт опять вспыхнет


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Елена Волкова

POMPEYA и O! МАРГО выступят на фестивале «НЕБО»



Москва

"78.ru": в Петербурге покупатели с ножом напали на продавца в магазине

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net