Добавить новость
123ru.net
Озодлик Радиоси
Август
2018

Yosh ayol bilan intim videosi tarqalgan urganchlik mulla militsiyani shaxsiy hayotiga daxl qilganlikda aybladi

0
Yosh ayol bilan intim videosi tarqalgan urganchlik mulla militsiyani shaxsiy hayotiga daxl qilganlikda aybladi

Yosh qiz bilan intim videosi tarqalgan 61 yoshli xorazmlik mulla Abduhamid Otajonov Ozodlik bilan suhbatda Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlarini o‘z shaxsiy hayotiga daxl qilib, olti yil avval olingan videoni ijtimoiy tarmoqda tarqatib yuborganlikda aybladi. ​

Keksa yoshli erkakning eski kitoblar qo‘yilgan xontaxta yonida qip-yalang‘och ahvolda yosh ayol bilan intim holatda o‘tirgani aks etgan video o‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqadi.

Videoda¸ erkak va ayol ustiga bostirib kirib borgan yigitlarning ularga videokamerani qaratib¸  so‘roqqa tutgani aks etadi.

Bunga javoban ayol ichki kiyimlarini qayta kiya boshlasa¸ erkak kirib kelganlarni shaxsiy hayotiga daxl qilganlikda ayblay boshlaydi.

Urganchlik mulla Abduhamid Otajonov Ozodlik bilan suhbatda vidodagi shaxs o‘zi ekanini tasdiqlar ekan¸ bu voqeaning olti yil avval bo‘lgani, o‘shanda ikki nafar militsiya xodimi uyi eshigini buzib, ustiga bostirib kirgani va videoga olganini aytadi:

- 2012 yilda bo‘lgandi bu ish. Mening xotinim yo‘q. Hech qanday jinoyat qilganim yo‘q, o‘z uyimda yotibman. Uyda yotish mumkin emasmi?  Mullalarga mumkin emasmi bu ishni qilish? Xotinim yo‘q bo‘lgani uchun¸ noilojlikdan qildim. Bu qiz mening uyimga o‘zi kelgan, majburlab olib kelmadim. "Xotiningiz yo‘q ekan, o‘zim massaj qilaman, kiringizni yuvib beraman", deb yurdi¸ keyin shu ish bo‘ldi. Lekin bular ustimga bostirib kirib, videoga olishdi. 2012 yilda bu gap tamom bo‘lgandi. Endi olti yil oldin olingan videoni tarqatib yuborishibdi, - deydi Abduhamid Otajonov.

Urganchlik mulla uyiga bostirib borganlarni, beruxsat videoga olib ijtimoiy tarmoqda tarqatib yuborganlarni o‘z shaxsiy hayotiga daxl qilganlikda ayblaydi:

 - Militsiyada saqlanib turgan video qanday qilib chiqib ketayapti? Militsiya arxividagi videoni kim borib chiqarib yubora oladi? Militsiyadan boshqa bu videoni kim chiqarib yubora oladi? Kecha militsiyadan meni qo‘rqitib, "Ichki ishlarga da’vom yo‘q", deb yozib berasan deyishayapti. Da’vom yo‘q bo‘lsa¸ meni kim chiqardi, devor oldimi videoga? Yo osmondan kelib o‘zga planetaliklar chiqardimi? 2012 yilda bo‘lgandiku bu!  Men hozir militsiyadan shu videoni tarqatib yuborganlarni aniqlab, jazolashni talab qilaman. Mendek bir qariyani ustiga bostirib kelguncha o‘g‘ri-muttahamlarni ushlashsa bo‘ladiku bular. Militsiya qilgan bu ish uchun kerak bo‘lsa o‘zimni o‘zim o‘ldirishga ham tayyor turibman. Militsiyani bu qilgan ishini hamma joyga yozaman, keyin o‘limim uchun javob berishsin bular,  - deydi Ozodlik bilan videosuhbatda Otajonov.

Ayni paytda¸ Otajonov o‘z shaxsiy hayotiga ketma-ket ikki marta qo‘pol ravishda daxl qilgan militsiya xodimlarining shaxsini bilmasligi¸ ammo ularning Urganch shahar IIB rasmiylari ekanini reyd paytidagi hujjatidan bilganini aytadi.

Ozodlik 23-28 avgust oralig‘ida Urganch shahar IIB rasmiylari bilan bog‘lanib¸ voqeaga munosabat bildirishni so‘radi. "O‘zimiz qaytib telefon qilamiz"¸ degan shahar militsiyasi rasmiylari hozircha Ozodlikka bog‘langani va Otajonov ayblovlari yuzasidan izoh bergani yo‘q.

Urganchlik kuf-sufchi mulla

Mulla va yosh ayol intim holatda o‘tirgan xonadagi xontaxta ustida eski kitoblar bilan oq salla turganini ko‘rish mumkin.

Kitoblar haqida so‘ralganda mulla ularning ota-bobosidan qolgan kitoblar ekanini aytadi.

"Ota-bobomdan qolgan qadimiy kitoblar, tegma kitoblarga shol bo‘lasan,"- deydi domla yalang‘och badanining pastki qismini ro‘mol bilan o‘ray turib.

Videoni olayotgan erkak esa: "Men shol bo‘lamanmi yo ishni qilgan siz shol bo‘lasizmi", deya javob qiladi.

Ozodlik suhbatlashgan ayrim urganchliklar videodagi domla tug‘mas ayollarga dam solish bilan butun viloyatga dong‘i ketgan "kuf-sufchi" mulla ekanini aytishdi.

Ozodlikning Facebook sahifasiga murojaat qilgan bir necha ayol ayni mullaning uyiga shifo izlab borgani va jinsiy tegajog‘likka uchraganini iddao qildi. 

Abduhamid Otajonov bu iddaolarni keskin rad qildi. Mulla Ozodlik bilan suhbatda o‘tmishda odamlarga dam solish bilan shug‘ullangani, lekin bepusht ayollar hech qachon mijozi bo‘lmaganini aytdi:

- Meni bepusht ayollarga dam soladi, deb chiqishibdi, bo‘lmagan gap. To‘g‘ri, mening otam xo‘jalardan, eshonlardan bo‘lgan, mulla o‘tgan. Bizga yosh paytimizda o‘rgatgan arabcha o‘qishni. Arabchani bilaman. Shuning uchun ziyoni tutganlar, yomon tush ko‘rganlar, epilepsiya bo‘lganlar keladi dam soldirgani. Ularga Qur’on o‘qib¸ tutatki qilaman. O‘zbekiston davlati tarafidan chiqarilgan Qur’oni Karim kitobidan yozib beraman, "Oyatlar xislatlari" degan kitobdan yozib beraman, olib ketishadi, - deydi Otajonov.  

Huquq-tartibot xodimlarining olti yil avvalgi reydidan so‘ng mulla dam solish faoliyatini to‘xtatganini aytadi:

- Militsiyaga olib ketishdi meni o‘shanda. Kitoblarimni noqonuniy vahobiylarni adabiyoti deb, konfiskatsiya qilmoqchi bo‘lishdi. Men ularga qanaqa vahobiy, bu ota-bobomdan qolgan eski Fuzuliyning she’rlari bitilgan kitoblar ekanini aytdim. Tekshirib ko‘rib qaytarib berishdi keyin, - deydi Abduhamid  Otajonov.

Xorazm viloyati hokimligining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘limi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda aholi orasida mulla yoki domla deb ataluvchi bu shaxsning aslida diniy tashkilotlarga aloqasi ham¸ tabiblik bo‘yicha litsenziyasi ham yo‘qligini aytdi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Москва-Пекин. Собянин в Китае подписал соглашение о сотрудничестве


Спорт в России и мире
Москва

Красногорск первым встретил участников международного супермарафона Москва-Минск


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Самсонова выиграла турнир WTA в Хертогенбосхе


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Обмен электронными транспортными накладными стал доступен участникам «Биржи грузоперевозок ATI.SU»





Путин в России и мире
Москва

СЕНСАЦИОННЫЙ ДОКЛАД ПРО ДЕЛО СКРИПАЛЕЙ, САФРОНОВА, ГОЛУНОВА.


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Бато Багдаев

Сказка Ульгэра «Волшебные башмачки Элли» по мотивам знаменитой сказки Александра Волкова «Волшебник Изумрудного города» - Театр и Цирк, Культура и Концерт, Россия и Дети



Москва

Доктор Кутушов: не стоит носить кроссовки в жару

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net