Innovatsion rivojlanish vazirligining ilk bor ochiq tarzda oʻtkazilgan hayʼati yigʻilishida olimlarga 750 milliongacha grant mablagʻlari ajratildi
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Hayʼatining 2020-yil 19-oktyabrda boʻlib oʻtgan navbatdagi yigʻilishi ilk bora OAV vakillari ishtirokida ochiq tarzda oʻtkazildi. Hayʼatga Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov raislik qildi.