Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Июль
2020

Eron harbiy mashqlar davomida "Amerika uchoqtashir kemasiga" raketa otdi

0
Eron harbiy mashqlar davomida

Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi Ho‘rmuz bo‘g‘ozida o‘tkazilgan harbiy mashqlar davomida yerosti uchirish qurilmasidan ballistik raketa otdi. Bu voqeadan bir kun oldin korpus harbiylari mashqlar davomida vertolyotdan raketa otgan edi. Har ikki mashqda go‘yoki Amerikaning uchoq tashuvchi kemasi mo‘ljal bo‘ldi.

Eron davlat telekanalining xabar berishicha, dronlar yordamida harbiy kemaning kapitan ko‘prigiga hujum qilingan. Ammo telekanal na raketa otilgani, na dronlar hujumlari aks etgan tasvirlarni efirga uzatdi.

AQSh armiyasi ballistik raketa otilishi ortidan Birlashgan Arab Amirliklaridagi «Al-Dafra» havo bazasi hamda Qatardagi «Al-Udeid» havo bazasidagi Amerika qo‘shinlari harbiy shaylikka keltirilganini bildirdi.

AQSh armiyasining Qatardagi markaziy qo‘mondonligi matbuot kotibi Bet Riordan:

- Hodisa bir necha daqiqaga cho‘zildi. Tahdid tugaganidan keyin, shaylik bekor qilindi, - dedi.

Har ikki baza Eron sinovlarni o‘tkazgan hududdan bir necha yuz kilometr masofada joylashgan.

2018 yilda Vashington Eron va dunyoning qudratli davlatlari o‘rtasida Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuvdan chiqdi va Eronga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni qayta joriy qildi. Natijada Tehron va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar sovib ketdi.

Joriy yilning yanvarida Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi rahbari Qosim Sulaymoniy Bag‘dod shahrida AQSh kuchlari tomonidan berilgan havo zarbasi oqibatida halok bo‘lgan edi. Buning ortidan Tehron Iroqdagi Amerika harbiy bazalariga raketa otdi, natijada AQSh qo‘shinlari jarohat oldi.

Vashington, shuningdek, Tehronga qurol-aslaha sotishni man etuvchi BMT rezolyutsiyasini uzaytirishga chorlab keladi. Rezolyutsiya joriy yilning oktabrida o‘z kuchini yo‘qotadi.

O‘tgan haftada Suriya ustida Eron yo‘lovchi uchog‘iga Amerika qiruvchi uchog‘i yaqinlashishi ortidan ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat yanada keskinlashdi.

28 iyul kuni Eron telekanallari efirga uzatgan kadrlarda vertolyotdan otilgan raketa soxta harbiy kemaga borib urilganini ko‘rish mumkin.

«Payg‘ambari azam» nomi bilan o‘tkazilayotgan mashqlar aks etgan boshqa bir videoda tezkor qayiqlar replika kemani o‘rab olganini, desantlar uning palubasiga chiqayotganini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, havo hujumiga qarshi batareya o‘q uzayotgani aks etgan kadrlar ham ko‘rsatildi. Eron televideniyesiga ko‘ra, havo hujumiga qarshi batareya Bandar-Abbos shahri yaqinidan raketa otgan.

Mashqlar davomida harbiy yuk mashinalari bortidan hamda ko‘chma raketa komplekslaridan ham o‘q uzildi.

AQSh harbiy-dengiz floti Eron o‘tkazgan mashqlarni qoralab, ularni «qo‘rqitish urinishi» deb atadi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: Искусственный интеллект станет базовой медицинской технологией в Москве


Спорт в России и мире
Москва

Команда подмосковного главка Росгвардии заняла призовое место на чемпионате Центрального округа по стрельбе из боевого ручного стрелкового оружия


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Мирра Андреева замыкает год // 16-летняя российская теннисистка успешно стартовала на крупном турнире WTA в Мадриде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Huawei представила IDS на 26-м Всемирном энергетическом конгрессе





Путин в России и мире
Москва

Эксперт: корректировка порогов крупного и особо крупного ущерба по экономическим статьям оправдана и своевременна


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Ru24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Оззи Осборн

Оззи Осборн во второй раз войдет в Зал славы рок-н-ролла



Москва

Булыкин: «Зенит» думает, что первое место в РПЛ никуда не денется»

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net