Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Июль
2020

Toshkentlik bloger: DXXga chaqirtirilishim tarmoqqa qo‘ygan postim bilan bog‘liq

0
Toshkentlik bloger: DXXga chaqirtirilishim tarmoqqa qo‘ygan postim bilan bog‘liq

Toshkentlik bloger Miraziz Bozorov Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) tergovchisi 27 iyulda imzolagan chaqiruv qog‘ozi bilan o‘sha kun, soat 16.00 ga tergovga chaqirtirildi.

Blogerning Ozodlikka aytishicha, DXXga chaqirtirilishi, uning Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Osiyo taraqqiyot banki rahbariyatiga O‘zbekistonga ajratilayotgan kreditlarni, ulardan foydalanish ustidan nazoratni ta’minlamay turib, bermaslik so‘ralgan posti ortidan yuz bergan.

DXX ning Chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan telefon raqamiga Ozodlik qilgan qo‘ng‘iroqlarga hech kim javob bermadi.

Keyingi kunlarda O‘zbekistonda blogerlar va jurnalistlarga bosimlar kuchayib borayotgani kuzatilmoqda. Ba’zi holatlarga Bosh prokuratura ham e’tibor qaratdi.

 

- Postni men juma kuni e’lon qildim va dushanba kuni (27 iyul) ertalab menga qo‘ng‘iroq qilib, DXX ga chaqirishdi. Men rasmiy chaqiruv jo‘natishlarini so‘radim. Kunduz soat 3.30 da topshirib ketishibdi onamga chaqiruvni. Unda yarim soatdan keyin, ya’ni soat 16.00 da DXX da bo‘lishim kerakligi yozilgan, - dedi Ozodlikka Miraziz Bozorov.

Shundan so‘ng bloger chaqiruv qog‘ozida qayd etilgan telefonga hamda o‘sha kuni ertalab qo‘ng‘iroq kelgan telefonga qo‘ng‘iroq qilishga uringan, biroq bog‘lanolmagan.

Ertasi, 28 iyulda bloger advokati bilan ertalab soat 11.30 da DXX ga boradi. Binoning kiraverishidagi “qorovulxonada” bir soatcha kutishadi. So‘ng o‘sha yerda turgan qurolli mulozim tergovchi bloger bilan advokatsiz gaplashmoqchi ekanligini aytadi. Bu gapga bloger Miraziz Bozorov ko‘nmaydi. Shundan so‘ng u va advokatning tana haroratini o‘lchashadi. Blogerning harorati 35,7, advokatniki 37.0 chiqadi.

Yana birozdan so‘ng “qorovulxonada”gi qurolli mulozim ularga hujjatlarini qaytarib berib, tergovchi bloger va uning advokati ketaverishlari mumkinligini, Mirazizni so‘roq qilish u olib borayotgan ish uchun muhim emasligini, boshqa kuni kelishlari yoki telefon orqali bog‘lanishlari mumkinligini aytganini bildiradi.

Bloger so‘roqqa nima uchun bu qadar oshig‘ich tezlikda chaqirtirilgani, biroq shunga qaramay so‘roq qilinmagani, uning so‘roqqa chaqirtirilishi blogerlik faoliyati bilan bog‘liqmi-yo‘qligini so‘rash uchun chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan telefonga Ozodlik qilgan qo‘ng‘iroqlarga DXX katta tergovchisi M. Ergashev javob bermadi.

Bloger Miraziz Bozorovning o‘zi DXXga chaqirtirilishini o‘tgan hafta oxirida Feysbukda e’lon qilgan postlaridan boshqa biron voqea bilan bog‘lay olmadi. Bozorov Ozodlikka yana bunday dedi:

- Postni e’lon qilganimdan keyin yakshanba oqshomidan boshlab onamning telefoniga noma’lum shaxslar qo‘ng‘iroq qila boshladi. Dushanba ertalabdan o‘zimga shubhali qo‘ng‘iroqlar kelishni boshladi. Men javob bermadim va shundan keyin tergovchi telefon qildi. Keyin telefonim bilan tushunarsiz voqealar sodir bo‘la boshladi, oxir-oqibat Internetdan ham uzib qo‘yishdi.

Blogerning aytishicha, tergovchi unga jinoyat ishi ochildi va shuning uchun siz guvoh sifatida kelishingiz kerak degan. Biroq qanday jinoyat ishi ekanligini aytmagan.

Bloger Miraziz Bozorov Feysbukda e’lon qilgan postlarida Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Osiyo taraqqiyot banki rahbariyatiga O‘zbekistonga ajratilayotgan kreditlarni, ulardan foydalanish ustidan nazoratni ta’minlamay turib, bermaslikni so‘ragan.

Blogerning postlari bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

Miraziz Bozorov bilan bog‘liq voqeaga oid xabar bilan bir paytda Ozodlikka qoraqalpog‘istonlik boshqa bir bloger bilan bog‘liq xabar yetib keldi.

Xabarga bloger suratga olgan video ilova qilingan. Unda respublika tumanlaridan birida qurilishi 2008 yili boshlanib, 2016 yili yakunlangan, biroq hanuz foydalanishga topshirilmagan bozor haqida hikoya qilinadi.

Bu haqda xabar qilgan ayolning aytishicha, video Yutyubda e’lon qilinganidan ikki soat o‘tgach, uning muallifi - bloger tuman IIBga chaqirtirilgan va bo‘lim xodimi blogerdan videoni Yutyubdan olib tashlashni talab qilgan. Blogerlikni boshlaganiga hali bir yil ham bo‘lmagan yigit videoni olib tashlashga majbur bo‘lgan.

Bu gaplarni 29 iyulda blogerning o‘zi Ozodlikka tasdiqlar ekan, voqea bundan 10 kun oldin yuz berganini bildirdi. Biroq voqeaning Ozodlik orqali batafsil aytib berilishini “yanayam katta idoraga chaqirib qolishlaridan” cho‘chib, istamadi.

Blogerlar va jurnalistlarga bosim o‘tkazilayotgani Qorqalpog‘iston bilan bog‘liq boshqa voqea ham misol bo‘la oladi. 27 iyulda mahalliy nashrlar Jo‘qorg‘i Kenges raisi Musa Yerniyazovning o‘limi haqidagi xabar elon qilingani uchun Qoraqalpog‘istondagi uchta OAV: Makan.uz, Kruz.uz va Kar24.uz bosh muharrirlari kechasi prokuraturaga chaqirilgan. Makan.uz rahbari Lolagul Qallixanovani uyidan huquqni muhofaza qilish organlari olib ketishgan. Ikki jurnalistning telefon va noutbuklari olib qo‘yilgan.

Gazeta.uz nashrining 28 iyulda xabar qilishicha, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Qoraqalpog‘iston prokuroriga tunda prokuraturaga chaqirilgan hamda telefonlari va noutbuklari tortib olingan jurnalistlar bilan bo‘lgan voqea yuzasidan tanbeh bergan.

Blogerlarning faoliyati bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyatni sharhlar ekan, farg‘onalik bloger Bahodirxon Eliboyev u yoki bu hududda "blogerlarning birrov suhbatga" chaqirib turilishini so‘z erkinligi randalanayotganiga o‘xshatarkan, dedi:

"Andijondan Qoraqalpog‘istongacha har bir viloyatda suhbatga chaqirilgan kimnidir topish mumkin. Davlat fuqaroviy jamiyatga intilayotgan xalqqa har zamonda borligini bildirishga urinmoqda. Qo‘rqitib turish kerak deb hisoblayapti shekilli. Bunday paytda boshqacha mexanizm ishlab chiqish kerakligini, endi tahdid bilan boshqarish usuli ancha eskirgan va samarasiz usul ekanligini aytmoqchiman. Kuch ishlatar tizimlar blogerlarni nazoratda ushlashdan ko‘ra, hamkorlik usulida ishlasalar, jamiyat ancha tozalanardi. Deylik, bloger bir muttaham haqida yozsa, kuchishlatar tizim o‘ga muttahamni suhbatga chaqirishi kerak. Lekin hozircha biznikilar blogerning o‘zini suhbatga chaqirmoqda".






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: Москва завершает переход на новый стандарт экстренной медпомощи


Спорт в России и мире
Москва

РОСГВАРДИЯ ОБЕСПЕЧИЛА ПРАВОПОРЯДОК ВО ВРЕМЯ ФУТБОЛЬНОГО МАТЧА «ЦСКА» - «СПАРТАК» В МОСКВЕ


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Анастасия Потапова

Потапова всухую обыграла Шнайдер в 1-м круге турнира в Мадриде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

На площадке МВЦ «Казань Экспо» открылся XVIII Российский венчурный форум





Путин в России и мире
Москва

Эксперт: корректировка порогов крупного и особо крупного ущерба по экономическим статьям оправдана и своевременна


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Ru24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Михаил Кутушов

Токсиколог Кутушов рассказал почему возникает похмелье



Москва

Стало известно о работе полиции в «Институте кроссовок и любви» в Москве

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net