Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Июль
2020

Belarus prezidenti saylovi arafasida jurnalistlarga bosim kuchaymoqda

0
Belarus prezidenti saylovi arafasida jurnalistlarga bosim kuchaymoqda

Belarusda joriy haftada mamlakat bo‘ylab sodir bo‘lgan norozilik aksiyalarini yoritgan kamida 17 nafar matbuot xodimi qo‘lga olindi. Faollar hamda inson huquqlari tashkilotlari OAV xodimlari qo‘lga olinganini keyingi oyga belgilangan prezident saylovi arafasida olib borilayotgan repressiya kampaniyasi o‘laroq baholamoqda.

14 iyul kuni Belarus Markaziy saylov komissiyasi bir necha muxolifatchining saylovda prezidentlikka nomzod sifatida qatnashish to‘g‘risidagi arizasini qabul qilishdan bosh tortdi. Natijada mamlakat bo‘ylab norozilik aksiyalari boshlanib ketdi.

14-15 iyul kunlari poytaxt Minskda hamda Brest va Gomel shaharlarida yuzlab odam qo‘lga olindi va hujumlarga uchradi. Ular orasida Ozodlik radiosining besh nafar muxbiri ham bor.

16 iyul kuni qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi Belarus rasmiylarini matbuot xodimlariga «bosim o‘tkazish, qo‘lga olish va ayblov qo‘yishni» bas qilishga chaqirdi.

Tashkilot bildiruvida «Belarus rasmiylari saylov biroz bo‘lsa-da legitim ko‘rilishini istasalar, jurnalistlarni qo‘lga olishni va ularni javobgarlikka tortishni to‘xtatishlari kerak», deyiladi.

Belarusda sodir bo‘layotgan hodisalarni AQSh va Yevropa Ittifoqi tanqid qildi. Keyingi yillarda Amerika va YeI Belarusda inson huquqlari muntazam ravishda toptalib kelinayotgani uchun joriy qilingan sanksiyalarni yumshatgan edi.

9 avgustga belgilangan saylovda 6-marta o‘z nomzodligini ko‘rsatgan joriy prezident Alyaksandr Lukashenka g‘arb davlatlari tanqidlarini mensimay keladi.

15 iyul kuni politsiya Ozodlik muxbiri Anton Trafimovichni qo‘lga olib, kaltakladi. Buning ortidan politsiya xodimlari burni singan muxbirni politsiya avtomobiliga tiz cho‘kkalatib, kishanlab qo‘ydi. Pirovardida politsiya bo‘limiga olib ketilgan Trafimovich hech bir izohsiz qo‘yib yuborildi.

Undan bir kun oldin Ozodlik muxbirlari Ales Piletskiy hamda Andrey Rabchik Markaziy saylov komissiyasi qaroriga bag‘ishlangan jonli efir davomida politsiya tomonidan qo‘lga olindi va bir necha soatdan keyin qo‘yib yuborildi.

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi prezidenti vazifasini bajaruvchi Deyzi Sindelar bildiruv e’lon qilib, «Hamkasblarimizga jonli efir davomida hujum qilingani hukumat mamlakatdagi hodisalar yoritilishi hamda aholiga ishonchli xabar yetib borishini to‘xtatishga urinayotganiga hech qanday shubha qoldirmaydi», dedi.

Joriy yil Lukashenka uchun mushkul bo‘lishi kutilmoqda. Belarus koronavirusga chalinish eng ko‘p qayd etilgan Yevropa davlatlaridan biridir. Jons Xopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, bugunga qadar mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 65 mingdan oshib ketdi.

Lukashenka koronavirusni ommaviy psixoz deya ta’riflab, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalarini pisand qilmay keladi. BMT va g‘arb davlatlari e’tirozlariga qaramay, mamlakatda keyingi oylarda yuzlab faol va bloger qo‘lga olindi va norozilik aksiyalari keskin kuch ishlatib bostirildi.

O‘tgan oyda rasmiylar ruxsat berilmagan aksiyalarga qatnashgan kamida 14 nafar jurnalistni qo‘lga oldi. May oyida esa muxolifat nomzodlari faoliyatini yoritgan besh nafar jurnalist qo‘lga olingan edi.

Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti Belarus rasmiylarini repressiyani to‘xtatib, aholining fundamental erkinliklarini hurmat qilishga chaqirdi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: Бесстыковые пути делают метро Москвы комфортнее и современнее


Спорт в России и мире
Москва

Росгвардейцы обеспечили безопасность во время футбольного матча в Москве


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Свентек переиграла Соболенко и выиграла титул WTA в Мадриде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Подмосковье примет участие во всероссийском экологическом форуме





Путин в России и мире
Москва

В Москве усилят ПВО и установят сверхмощные "глушилки" для дронов в день инаугурации Путина


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Концерт

Концерт "Русская душа"



Москва

Матч тульского «Арсенала» и московской «Родины» закончился ничьей

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net