Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Июль
2020

Toshkentda isitmasi borlarga "Tez yordam" kelmayapti. Bir xususiy klinika COVID-19 uchun test o‘tkazishni to‘xtatdi (VIDEO)

0
Toshkentda isitmasi borlarga

Toshkentda tana harorati ko‘tarilgan bemorlarni "Tez yordam" xizmatlari qabul qilmayotgani to‘g‘risida isitmalayotgan bemorlar va ularning yaqinlaridan xabarlar kela boshladi.

Bemorlardan faqat "1003" xizmatiga yoki o‘z poliklinikasi orqali Sanitariya-epidemiologiya agentligi bo‘linmalari (SES) maxsus guruhlariga buyurtma berish so‘ralmoqda.

Bemorlardan olingan ma’lumotlarni Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi bir necha oilaviy poliklinikalar vrachlari tasdiqladi.

Ayni paytda Toshkentda COVID-19 uchun test o‘tkazayotgan 4 xususiy klinikadan biri tahlil namunalarini qabul qilishni noma’lum muddatga to‘xtatgani ma’lum bo‘ldi.

3 kundan buyon isitmalayotganini aytgan toshkentlik bemorning Ozodlikka aytishicha, u poytaxtdagi pullik va bepul tibbiyot muassasalarining "Tez yordam" xizmatlariga birma-bir qo‘ng‘iroq qilib chiqqan. Ammo, bir marta ham "Tez yordam" mashinasi kelmagan:

- Isitmalayotganlarni qabul qilmaymiz, deb ochiqdan ochiq aytyapti. Poliklinika orqali SESni chaqiring, deyapti. SESga telefon qilsam, kuting odamlarimiz yetmayapti, deb ochiqdan-ochiq aytyapti. Test tizimlari yetishmayapti ekan. Kutishni istamasak, xususiylarga borib topshirishimiz mumkin ekan. Shaharda 4 ta klinika qabul qilyapti. Ularda ham navbat, ba’zilarida 1 haftaga cho‘zilgan navbat. Nima bo‘layotganini tushunolmay qoldim, dedi ismini sir saqlashni so‘ragan bemor.

Aytishicha, u kuni kecha Swiss Lab xususiy klinikasiga borib, bir amallab test topshirgan, natijasini kutmoqda.

Ismini sir saqlagan yana bir poytaxtlikka ko‘ra, uning yoshi 62dan oshgan onasi bir necha kundan buyon isitmalamoqda, ularning ham uyiga "Tez yordam" xizmati kelmagan:

"2 kundan beri telefon qilaman. Davlatni "Tez yordam"igayam qildim, xususiyga ham qildim. "Isitma bo‘lsa biz bormaymiz, SESga qiling. SESni kuting" deyishyapti".

Natijada u ham, kasal bo‘lib qolgan keksa onasini xususiy klinikalardan biriga olib borib, navbat kutib, koronavirus uchun test topshirtirgan, u ham natijasini kutmoqda. Aytishicha, test natijasi 2-3 kunda chiqishi aytilgan.

Ozodlik Toshkentning bu bemorlar istiqomat qiladigan Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi bir necha oilaviy poliklinikalarga murojaat qildi.

Olingan javoblarga ko‘ra, o‘zida COVID-19 infeksiyasi simptomlarini sezganini aytgan bemorlardan murojaatlar faqat telefon orqali qabul qilinmoqda va yashab turgan manziliga qarashli SES xizmatlariga uzatilmoqda.

"Bemorlar uyidan chiqmasin, iloji bo‘lsa. Biz olingan ma’lumotlarni srazu SESga beramiz, u yerdan maxsus gruppa borib tekshiradi. Hozir SESlar yetisholmayapti, nima qilishsin endi! Kutish kerak, sabr qilish kerak. Issig‘i juda ko‘tarilib ketsa, issiq tushiradigan dorilarni ichib, ko‘proq suyuqlik ichib, ozgina sabr qilib turishi kerak, ahvolni ko‘rib turibsizlar", dedi Olmazor tumanidagi poliklinikalardan birining o‘zini tanishtirmagan xodimi.

Sanitariya-epidemiologiya agentligi Olmazor tuman bo‘limi ham koronavirus alomatlaridan shikoyat qilgan bemorlar faqat poliklinikalar buyurtmasi asosida qabul qilinayotganini tasdiqladi.

Sanitariya-epidemiologiya agentligi va poliklinikalar xodimlari bilan muloqotlardan tushunilishicha, so‘nggi kunlarda koronavirusga test topshirish istagida bo‘lgan yoki bu infeksiyaga chalinganidan shikoyat qilib murojaat qilayotganlar soni keskin oshib bormoqda.

Kasallik tarqalishi oldini olish maqsadida murojaatlarni faqat poliklinikalarga telefon qo‘ng‘iroqlari orqali qabul qilish va SES bo‘linmalari orqali qayd etish tartibi yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni paytda, har ikki muassasa xodimlari murojaat qilayotganlar ma’lum muddat kutishga majbur bo‘lishini ochiq tan olmoqda.

Kutishni istamaganlar esa xususiy klinikalarga borib, test topshirishi mumkinligi aytildi. Ammo, bu holda xastalangan kishi koronavirusni tarqatishi mumkin.

Toshkentda koronavirus uchun tahlil o‘tkazayotgan xususiy - Swiss Lab klinikaci esa 9 iyuldan boshlab, koronavirus uchun test tahlillari o‘tkazishni noma’lum muddatga to‘xtatgani ma’lum bo‘ldi.

"Rahbariyat shunday qarorga keldi. 9 iyul ertalabdan koronavirus uchun test o‘tkazishni to‘xtatdik. Kecha test topshirganlar natijasini bugun oqshom olishlari mumkin", dedi klinika xodimi.

Xodim buning sabablarini ochiqlamadi. Aytishicha, bu klinikada COVID-19 uchun 1 marta test o‘tkazish narxi 330 ming so‘mdir.

Koronavirus uchun test o‘tkazayotgani aytilgan - VITROS DIAGNOSTICS, AKFA Medline xususiy klinikalari telefon raqamlari esa muttasil band bo‘lmoqda. Vaholanki, bu klinikalarga telefon orqali bog‘lanish qiyin ekani, test uchun tahlil topshirishni istaganlarning navbatlari ham uzunligini toshkentlik bemorlar ham aytmoqda.

So‘nggi kunlarda Toshkentda koronavirus alomatlari bilan og‘riy boshlagan va "Tez yordam" xizmatini kunlab kutayotganlardan Ozodlikka murojaatlar kelishi ko‘paydi.

Bu murojaatlar ortidan Ozodlik muxbiri 6 iyul kuni Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi agentligining Chilonzor tumani bo‘linmasi rahbari Gulnoza Mirzayeva bilan gaplashgan edi.

O‘shanda SES mulozimi, belgilangan tartibga binoan, o‘zida koronavirus infeksiyasi alomatlari: isitma, yo‘tal, holsizlik, burun oqishi va hokazo belgilarni sezganlar "Tez yordam" xizmatida ajratilgan 1003-raqami orqali yoki yashash manzili orqali ro‘yxatga olingan poliklinikasiga murojaat qilishi keraklgini aytgandi.

Mirzayeva, bemorlar soni kundan-kunga oshib borayotganini ta’kidlagan va birgina uning 3 ta xizmat mashinasi bo‘lgan bo‘linmasiga kuniga o‘rtacha 50-70 ta atrofida murojaat tushayotganini bildirgan edi.

8 iyul kuni esa O‘zbekiston Koronavirusga qarshi kurash shtabi vakili Habibula Oqilov, mamlakatda koronavirusga chalinish hollari keskin ortib ketgani va Sog‘liqni saqlash tizimi falaj holiga yaqinlashib qolganini tan oldi:

“Biz shu kungacha mana shu ahvolda ushlab turdik, lekin hozir eplolmayapmiz, kuchimiz tugadi. Holat shunaqaki, agar hozir tez kunda choralar ko‘rmasak, ertaga boshqarib bo‘lmaydigan kollapsga kelib qolamiz, ana unda biz ham, xalqimiz ham juda tushkunlikka tushib qoladi. Shuning oldini olish uchun aytyapmiz. Agar hozir shuni qilib olmasak, ertaga 400 bo‘ladi, indinga 500 bo‘ladi. Kuniga mingtadan qo‘shilganda, sog‘liqni saqlash tizimimiz o‘ladi”, dedi H. Oqilov.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 9 iyul soat 17:00da bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 447 nafarni tashkil etmoqda.

Mamlakat bo‘ylab 4 ming 316 koronavirus bemorlari shifoxonalarda qolmoqda.

Boshqa tafsilotlarni Ozodlikning jonli blogida o‘qishingiz mumkin:






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: Музейный фонд пополнится уникальными находками с Пречистенки


Спорт в России и мире
Москва

«Динамо» возглавило турнирную таблицу РПЛ после победы над «Сочи»


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Андрей Рублёв

Российский теннисист Рублев вышел в финал турнира «Мастерс» в Мадриде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

В России замечен доступный кроссовер по цене Lada Granta: что о нем известно?





Путин в России и мире
Москва

Путин проведет встречу с членами правительства на следующей неделе


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Русских заявил о субсидировании новых авиарейсов до Минска




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Концерт

"Вальс Победы" покажет Театр Ульгэр в честь Дня Победы, Россия, Культура Дети, Концерт



Москва

«Иркутск» уступил в Вологде, пропустив три безответных мяча

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net