Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Июнь
2020

Kuchli shamoldan talafot ko‘rgan Lebap hanuz yordam kutmoqda, rasmiylar ma’lumot tarqalishini jilovlashga urinmoqda (VIDEO)

0
 Kuchli shamoldan talafot ko‘rgan Lebap hanuz yordam kutmoqda, rasmiylar ma’lumot tarqalishini jilovlashga urinmoqda (VIDEO)

Aprel oyi oxirida kuchli shamoldan katta talafot ko‘rgan Lebap viloyatida hali-hanuz aholiga kuniga ikki soatdan elektr toki berilmoqda, Internet va mobil aloqa deyarli ishlamayapti.

Ko‘plab aholi punktida odamlar uylarini qayta qurish va hayotini qayta yo‘lga qo‘yiga kurashar ekan, hukumat ularga yordam ko‘rsatmayotganidan shikoyat qilmoqda.

27 aprel kuni sodir bo‘lgan kuchli shamol va u keltirib chiqargan qum bo‘roni oqibatida yuzlab oilaning xonadoni vayron bo‘ldi, o‘nlab odam nobud bo‘ldi. Ammo, bu holatni Turkmaniston rasmiylari tan olmayotir.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov kuchli shamol va qum bo‘ronini biror marta tilga olmadi. Hukumat chizig‘idan chiqmaydigan mahalliy matbuot nashrlari esa fojiani umuman yoritmadi.

Lebap viloyati rasmiylari bugunga qadar ofat oqibatlarini bartaraf etish harakatlari hamda aholining yordam yo‘qligi haqidagi shikoyatlarini izohlashdan bosh tortib keladi.

Qayta qurish va tozalash ishlari boshlanmagan qishloqlarda politsiya va razvedka zobitlari aholini nazorat qilib, tashqaridan kelgan shaxslarni so‘roq qilmoqda. Bu haqda ushbu qishloqlar turg‘unlari Ozodlikka so‘zlab berdi.

Ularning aytishicha, vayronalar suratlari tarqalishini oldini olish maqsadida rasmiylar qishloqqa kelgan shaxslarning mobil telefonlarini  ularni qishloqqa kiritishdan va chiqarib yuborishdan oldin tekshirmoqda.

Ozodlikka intervyu bergan lebapliklarning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar ko‘p aholi punktlarida ma’lumot tarqalishi oldini olish uchun Internet xizmatini atayin to‘xtatib qo‘ygan.

Bu orada mahalliy aholi viloyat poytaxti Turkmanobod shahrida hamda tuman markazlarida rasmiylariga shikoyat qilgani xabar qilindi.

Hukumatdan norozi mahalliy aholi hatto 14 may kuni norozilik aksiyasini o‘tkazdi. Xususan, yuzlab odam hukumat binosi oldida to‘planib, suv va elektr toki xizmati tiklanishini talab qildi.

Bu holat Turkmanistonda kamdan-kam uchraydi. Ayrim manbalarga ko‘ra, kuchli shamol va qum bo‘roni kamida 37 nafar kishi umriga zomin bo‘lgan. Aslida bu ko‘rsatkich bundan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Lebapda ko‘plab qishloqda vayron bo‘lgan uylar qayta ta’mirlangani yo‘q.

Turkmaniston rasmiylari sukut saqlab kelayotgani uchun Turkmaniston tashqarisidagi dunyo sodir bo‘lgan fojia haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topdi.

Fojiani bir necha oydan beri sharhlamay kelayotgan Berdimuhamedov iyun oyi boshida Mari va Lebap viloyatlariga bordi.

Ammo davlat matbuoti keng yoritgan tashrifi davomida Berdimuhamedov talafot ko‘rgan aholi punktlariga bormadi.

Tabiiy ofat shusiz ham moliyaviy bo‘hron, ishsizlik hamda oshib borayotgan narxlar tufayli aziyat chekayotgan turkmanistonliklarni mushkul ahvolga solib qo‘ydi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин сообщил о планах создания отечественной платформы электромобиля


Спорт в России и мире
Москва

Собянин рассказал о ходе строительства Троицкой линии метро


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Новак Джокович

Первая ракета мира Джокович получил бутылкой по голове после матча в Риме


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

"Погода идёт на поправку": Синоптик прогнозирует долгожданное потепление в Москве





Путин в России и мире
Москва

Появились подробности тайной жизни предложенного Путиным министра обороны


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко надеется на восстановление транспортных маршрутов с Израилем




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Мечтающего по победе Киева Макаревича* проверят на экстремизм


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Тимати

Не меньше года уйдет на восстановление: невеста Тимати пострадала на Мальдивах



Москва

В Москве исполнят футуристическую оперу 1913 года с новонайденными эпизодами

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net