Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Июнь
2020

Dehqonobodda kavrak mojarosi kattalashmoqda: Yeri tortib olingan 100 dan oshiq oila vakillari norozilik bilan Qarshiga keldi (VIDEO)

0
Dehqonobodda kavrak mojarosi kattalashmoqda: Yeri tortib olingan 100 dan oshiq oila vakillari norozilik bilan Qarshiga keldi (VIDEO)

Dehqonobod tumanining o‘zbek-turkman chegarasida joylashgan Bo‘ztepa qishlog‘i ahli vakillari 16 iyun kuni Qashqadaryo viloyat prokuraturasiga o‘z noroziligini ifodalash uchun keldi.

Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan norozilarning aytishicha¸ 2015 yilda Dehqonobod tuman O‘rmon xo‘jaligi bo‘limi bilan 7 yillik ijara shartnomasi asosida dorivor kavrak o‘simligi yetishtirib kelgan 100 dan oshiq bo‘ztepalik oila tuman hokimi bu yerlarni “investorlarga tortib olib berishi" ortidan yagona tirikchilik manbaidan ajragan.

Dehqonobod tuman O‘rmon xo‘jaligi bo‘limi mulozimi¸ qonun va hujjatlar norozilar tomonida ekani¸ ammo na hokimlik¸ na prokuratura buni inobatga olmay kelayotganini tasdiqladi.

Dehqonobod tuman hokimi yordamchisi masalani maxsus ishchi guruh o‘rganayotganini bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 14-15 iyun kunlari Dehqonobod tuman markazidan qariyb 100 km masofada joylashgan Bo‘ztepadan 100 ga yaqin erkagu ayol hokimlik binosiga kelib¸ hokim bilan uchrashuv talab qilgan.

Tungi 11 da norozilar oldiga chiqqan tuman hokimi Zoir Aliqulov “masalasini ertagayoq joyida hal qilaman” degan va’dasida yana bir bor turmagani ortidan bo‘ztepaliklar Qarshiga¸ prokuraturadan himoya istab borgan.

150 km. yo‘l bosib kelganlarni viloyat prokurori tugul¸ oddiy xodim ham qabul qilmasdan¸ orqaga qaytarib yuborgan.

Bo‘ztepaliklar¸ hokimning xalqqa qarshi qarori zudlik bilan bekor qilinmasa¸ o‘z noroziligini to‘xtatmasligi¸ endilikda Toshkentga – prezident devoniga borish rejasida ekanini aytmoqda.

Qo‘lida shartnomasi bilan yersiz qolgan dehqonlar

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Bo‘ztepa qishlog‘i cho‘l va adirlikda joylashgan. Turkmaniston bilan chegara chizig‘idagi bu qishloq ahlining Ozodlikka aytishicha¸ iqlimi nihoyatda qattiq bo‘lgan bu hududda suv yo‘qligidan¸ oddiy dehqonchilik bilan shug‘ullanishning iloji yo‘q.

Asosan mol boqish bilan tirikchilik qilib kelgan bo‘ztepaliklar 2015 yili tuman O‘rmon xo‘jaligi bo‘limi bilan 7 yillik ijara shartnomasi tuzib¸ adirlikka dorivor kavrak o‘simligi ekishni yo‘lga qo‘ygan. Kavrak shirasini yig‘ib¸ uni Afg‘oniston va Hindistonga eksport qiluvchilarga sotish Bo‘ztepadagi 100 dan oshiq oilaning deyarli yagona daromad manbai bo‘lgan.

Ozodlik bilan gaplashgan bo‘ztepaliklarga ko‘ra¸ 2019 yil oxiri¸ 2020 yil boshlarida Dehqonobod tuman hokimi bu yerlarni na uni qonuniy ijaraga olgan dehqonlar va na bu yer qarashli bo‘lgan O‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga bildirmay turib¸ “xorijiy va mahalliy investor”larga tortib olib bergan.

“15 kuncha oldin, kavrak shirasini olish boshlanishiga ozgina qolganda¸ bu yer meniki¸ degan firmalar 50-60 tacha ishchi olib kelib¸ kavraklarimizni chopa boshladi. Tuman hokimi biz olti yildan beri kavrak yetishtirib kelgan 650 gektarcha yerni oltita firmaga noqonuniy sotib yuborgan. Bizning qo‘limizda 7 yillik ijara shartnomasi bor. Fuqarolar ushbu yer maydoni uchun Davlat o‘rmon xo‘jaligiga bir yilda 500 million so‘m ijara to‘laydi. Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yil oxiridagi qarori asosida biz yil boshida uch tomonlama bitim imzolaganmiz¸ u tasdiqlash uchun O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga ketgan. Hamma hujjatlarimiz joyida bo‘lib turganiga qaramay¸ hokim Aliqulov xalqning og‘zidagi so‘nggi oshini tortib¸ afg‘onistonlik¸ qozog‘istonlik firmalarga sotib yuborgan”¸ deydi 16 iyun kuni Qashqadaryo viloyat prokuraturasi binosiga shikoyat bilan kelgan bo‘ztepaliklardan biri.

Bo‘ztepaliklar viloyat prokurori oldiga tuman hokimining noqonuniy qaroriga protest kiritish va uni bekor qildirish so‘rovi bilan kelgan. Lekin ularni prokuratura eshigidan ham kiritishmagan.

Shundan so‘ng viloyat hokimligiga borgan shikoyatchilar bilan gaplashgan xodim ularni onlayn muloqotga yozib qo‘yishni bildirgan va orqaga qaytib¸ “tuman hokimi va prokurorining” qarorini kutishni maslahat bergan.

 

“Tuman hokimi aldovdan nariga o‘tmayapti”

16 iyun kuni karantin va jaziramaga qaramay 150 kilometrdan viloyat markazi Qarshiga borgan bo‘ztepaliklar bundan oldin 14-15 iyun kunlari Dehqonobod tuman hokimligiga kelib¸ hokim bilan uchrashuvni talab qilgan.

Xalq hokim oldiga o‘zlari 6 yildan beri kavrak yetishtirib kelgan yerlarni "xorijiy va mahalliy investor" deb taqdim etilayotgan “Iso Muhammad Nur”¸ “Big Bio Impex”, “Pinnacle Worldwide Exim”¸ “Dehqonobod kelajak tomorqa xizmati”¸ “Kamol o‘g‘li Shahbozbek” degan MChJlarga 25 yillik ijaraga berish qarorini bekor qilish so‘rovi bilan kelgan.

“Bular go‘yo tumanga investitsiya olib kirib¸ kavrak eksportini yo‘lga qo‘yarmish. Bittasi Qozog‘istonda yashaydigan afg‘onistonlik¸ qolganlari o‘zlarining odami. Agar investitsiya kiritmoqchi bo‘lsa¸ boshqa yer bersin¸ ana ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib¸ zavod¸ fabrika qursin. Yo‘q¸ bular biz 6 yil parvarishlab kavrak ekib kelgan tappa-tayyor yerlarni tortib olib¸ boshqalarga beryapti. Bu firmalar yana bizga o‘xshagan mahalliylarni suvtekinga ishlatib¸ kavrak shirasini tashqariga olib chiqib¸ pulini Afg‘onistonmi¸ Qozog‘istonga qo‘yadi. Bundan mahalliy xalqqa nima foyda? Tuman hokimi xalq dardini tinglamay¸ qochib yurgan edi¸ oxiri tunda 100 km uzoqdagi tog‘dan kelib hokimlik binosi oldiga kelib yotib olganimizdan keyin¸ uchrashishga majbur bo‘ldi. Lekin yana baribir aldadi. "Ertaga borib¸joyida hal qilaman" deganicha¸ qochib yuribdi. Hokimdan umid yo‘qligi uchun viloyat prokuraturasiga borsak¸ ular ham qabul qilmadi”.

Tuman hokimi qarori “noqonuniy”mi?

Ozodlik bilan ismini ochiqlamay turib gaplashgan Dehqonobod tuman O‘rmon xo‘jaligi bo‘limi mulozimi¸ qonun va hujjatlar norozilar tomonida ekani¸ ammo na hokimlik¸ na prokuratura buni inobatga olmay kelayotganini tasdiqladi.

“Bizda hokim qarori bilan xorijiy va mahalliy firmalarga berib yuborilgan yerlarning O‘rmon xo‘jaligi balansida ekanini isbotlovchi hujjat va xaritalar bor. Hokimlik O‘rmon xo‘jaligi balansidagi yerni kimgadir berish vakolatiga ega emas. Buning uchun viloyat hokimi qaror chiqarishi kerak. Bu esa¸ Davlat O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi bilan muvofiqlashtiriladigan uzun jarayon. Bunaqa qaror yo‘q. Xalqning qo‘lida 7 yillik qonuniy shartnomasi bor¸ u bekor bo‘lgan emas. Ammo tuman Yer resurslari soxta hujjat tayyorlab¸ go‘yoki "bu yerlar hokimlik zahirasidagi yer edi"¸ degan iddaoni qilyapti. Biz bunaqa asl hujjat yo‘qligi¸ ko‘rsatilayotgan nusxaning soxta ekanini DXXgayam¸ prokuraturagayam aytib¸ yozib kelyapmiz. Lekin ular umuman inobatga olmayapti. Bu mojaroning kattalashib¸ o‘zbek-turkman chegara hududida to‘polonga sabab bo‘lishidan xavotirdamiz. Chunki xalqning tirikchilik qiladigan hech narsasi qolmadi. Achchiq ustida ertaga kimdir o‘t qo‘yib yuborsa¸ qovjirab yotgan minglab gektar adir yonib ketadi¸ jabrini yana xalq ko‘radi ”.

Ozodlikka bo‘ztepaliklar yuborgan o‘nlab hujjat O‘rmon xo‘jalik bo‘limi mulozimi aytgan gaplarni tasdiqlaydi - ular Dehqonobod tuman hokimi¸ go‘yo o‘z balansida bo‘lgani iddaosi bilan sotib yuborgan yerlarning aslida O‘rmon xo‘jaligi balansida bo‘lganini ko‘rsatadi.

Xalqdan qochib yurgan hokim nima deydi?

16 iyun kuni Ozodlik 100 dan oshiq bo‘ztepalik dehqonni 15 kundan beri sarson qilib¸ ular noroziligiga sabab bo‘lib kelayotgan qaror egasi – Dehqonobod tuman hokimi Zoir Aliqulovning o‘zi bilan bog‘lanishga urindi. Hokim telefoniga o‘zini uning yordamichisi deb tanishtirib javob bergan mulozim¸ Aliqulovning prezident kambag‘allikni kamaytirish¸ ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha o‘tkazayotgan navbatdagi videoselektor yig‘ilishida ekanini bildirdi.

“Selektor 4-5 soat davom etadi. Shunga hokim bilan bugun gaplashish qiyin bo‘ladi. Lekin siz aytgan masalada bugun ertalab hokim farmoyish chiqarib¸ ishchi guruh tuzdi. Unga hokimlik yuristi boshchilik qiladi¸ tarkibiga hokimning investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari¸ O‘rmon xo‘jaligi yuristi va zonalar bo‘yicha mutaxassisi¸ Yer resurslari boshlig‘i kiritildi. Bular masalani joyida o‘rganib¸ xulosa bermaguncha¸ Bo‘ztepadagi kavrak yerlariga na qishloqliklar¸ na firma ishchilari teginmaydi”¸ dedi Dehqonobod tuman hokimi yordamchisi.

"Norozilik to‘xtamaydi!"

Dehqonobod tuman hokimi qabul qilgani aytilgan farmoyishga munosabat bildirgan bo‘ztepaliklar¸ hokimning o‘zi tuzgan komissiya u chiqargan qarorni “qonuniy deb topib¸ uni kuchda qoldirishi aniq” bo‘lgani uchun¸ norozilikni to‘xtatmaslik qarorida ekanini aytdi.

“Chorvani bo‘rining o‘ziga topshirish bilan bir narsa bu. Hamma qilg‘ilikni qilgan hokimdan umid yo‘q. Qarshida bizni hech kim qabul qilmadi. Endi Toshkentga - Vazirlar Mahkamasi¸ prezident devoniga boramiz. Bizning yerlarimizni o‘zimizga qaytarib bermagunicha¸ to‘xtamaymiz. Biz o‘zbek-turkman chegarasida bir to‘polon chiqmasin¸ So‘xdagiga o‘xshab O‘zbekiston sha’niga yomon bo‘lmasin¸ deb mojaroni tinch¸ qonuniy hal qilishi uchun harakat qildik. Ammo hokimlik ham¸ uning qarorini bitta protest bilan to‘xtatishi mumkin prokuratura ham ustimizdan kulyapti¸ yolg‘on gapirib¸ sarson qilishdan boshqa niyati yo‘q bularning. Endi to‘polon chiqsa¸ ayb bizda emas¸ xalqni pisand qilmayotganlarda bo‘ladi”¸ deydi bo‘ztepalik dehqonlardan biri.

Kavrak nima?

Kavrak ziradoshlar oilasiga kiruvchi dorivor o‘simlik bo‘lib, xalq tabobatida keng foydalaniladi. Qumli cho‘llar, qir-adirlar, tog‘ va tog‘oldi hududlarda o‘sadigan kavrakning ildizi ham¸ poyasi ham dori sifatida ishlatiladi. Oshqozon-ichak¸ nafas yo‘llari xastaliklarini davolashda qadimdan Sharq tabobatida ishlatib kelingan.  O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida o‘sadigan bu o‘simlikdan yoz oylari olinadigan shiraning asosiy xaridori¸ bo‘ztepaliklarga ko‘ra¸Hindistondir.

"Qup-quruq adirda¸ suvsiz joyda o‘sadigan o‘simlik bu. Mehnati juda og‘ir¸ jazirama oftobda ishlaymiz. Uning tomirini kesib¸ qatiqqa o‘xshagan oq shirasini yig‘amiz. Juda mayda ish. Uning bir kilosini bizdan 500 so‘mdan olib¸ Afg‘oniston¸ Hindistonga eksport qilishadi. Bizdan arzon olib¸ qimmatga sotishadi. O‘rmon xo‘jaligidan ijaraga olingan yerlarda kimdir 50¸ kimdir 100 kg. shira yig‘ib sotardik. Sentabrlarda ekilib¸ mana hozir shirasi olinadigan o‘simlik bu. Aynan shirasi olinadigan paytda¸ yerlarimizni payhon qilishdi"¸ deydi beshtepalik kavrakchi dehqon.

Kavrakni "eksportbop mahsulotlar" sirasiga kiritgan Shavkat Mirziyoyev 2018 yil  20 mart kuni mamlakatda O‘zbekistonda kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini eksport qilish haqida maxsus qaror chiqargan.

Qarorda¸ 2018-2021 yillarda Surxondaryo¸ Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida kavrak ekiladigan hududlarni 9500 gektarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bu qaror ijrosi uchun asosiy mas’ul tizim qilib belgilangan.

O‘zA agentligining yozishicha¸ O‘zbekistonda yiliga kamida 8 tonna kavrak shirasi olinadi.

"1 kilogramm kavrak narxi 70 AQSh dollariga teng. Asosiy iste’molchi davlatlar Hindiston (yiliga 3 ming 200 tonna) va Xitoy (500 tonna)dir"¸ deb yozgan O‘zA.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин заявил о победе столичных проектов на премии «Умный город»


Спорт в России и мире
Москва

Спортсменка из Бутово выиграла «золото» на турнирах по художественной гимнастике


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Самсонова победила Осаку и вышла в третий круг турнира WTA 1000 в Мадриде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Учения по ликвидации лесных пожаров прошли в Богородском округе





Путин в России и мире
Москва

Путин поздравил Леонида Рошаля с днем рождения


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Это - война: литовские беспилотники попытались атаковать Минск




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире
Москва

Басманный суд Москвы арестовал продюсера Reuters Константина Габова за помощь ФБК в подготовке материалов



Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Концерт

Концерт «7 хитов И.С.Баха» в Эрмитажном театре



Москва

Спортсмены из 31 региона РФ, Белоруссии и Казахстана приняли участие в фестивале адаптивного футбола

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net