Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Март
2020

Mulozimlar: Bosh vazir o‘rinbosarining o‘zi karantin rejimini buzmoqda! (HUJJAT)

0
Mulozimlar: Bosh vazir o‘rinbosarining o‘zi karantin rejimini buzmoqda! (HUJJAT)

27 mart kuni Ozodlikka O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning “viloyat hokimliklari¸ vazirlik rahbarlari”ga yuborilgan “Telegramma”si nusxasi yuborildi.

27 mart kuni tarqatilgan bu rasmiy bildiruvga ko‘ra¸ Bosh vazir o‘rinbosari 28 mart kuni tonggi soat 7 da (ish vaqtidan oldin – tahr.) qishloq xo‘jalik masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi chaqirgan.

 

Ikki sahifalik Telegrammaga ilova qilingan uch betlik ro‘yxatdan Barnoyev studiyalarda shaxsan qatnashishini shart qilib belgilaganlar sonining yana yuzlardan oshishi anglashiladi.

Bu telegramma¸ prezident Mirziyoyev koronavirusga oid so‘nggi vaziyat haqida xalqqa murojaat qilib¸ hukumat mulozimlarini “epidemilogik vaziyat” uchun shaxsan javobgarligidan ogohlantirishi ertasiga jo‘natilgan.

Majlisga qatnashishi shart qilingan mulozimlar hukumat tepasida o‘tirganlarning o‘zini vaziyatning jiddiyligini tushunmayotganlik va bunday majlislar bilan jamoat salomatligiga tahdid solayotganlikda aybladi.

Bosh vazir o‘rinbosari “karantinni tan olmaydimi”?

Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vazirliklar rahbarlari va viloyat hokimlariga yuborgan Telegramma nusxasini¸ shaxsi ochiqlanmasligini so‘ragan hukumat mulozimlaridan biri Ozodlikka taqdim etdi.

“O‘zbekistonda¸ bir tomondan¸  koronavirus tarqashi oldini olishga qaratilgan keskin choralar ko‘rilmoqda¸ qancha odam o‘z sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib¸ infeksiyani to‘xtatish uchun tinimsiz ishlayapti; prezident vaziyat jiddiyligini aytyapti. Ikkinchi tomondan¸ hukumat tepasida o‘tirganlarning o‘zi karantinga oid hamma tartib-qoidalarni o‘zlari buzyapti. O‘ng qo‘l qilayotgan ishni¸ chap qo‘l buzayapti. Qishloq xo‘jalik ishlari muhim¸ lekin hozirgi vaziyatda pandemiyani to‘xtatish undanda muhimroqligini tushunmayapti Barnoyevga o‘xshaganlar. Qanaqadir xaos bo‘lyapti”¸ deb izohladi joriy vaziyatni bu mulozim.

Roppa-rosa bir oy oldin Buxoro viloyati hokimligidan Bosh vazir o‘rinbosarligiga ko‘tarilgan O‘ktam Barnoyev¸ Ozodlik gaplashgan mulozimlar ta’kidicha¸ ishchi guruh tuzib¸ ularni ayni kunlarda viloyatma-viloyat yurishga ham majburlamoqda.

“Ishchi guruh xodimlari vertolyotlarda viloyatma-viloyat yurib¸ majlis o‘tkazyapti. Ulardan bittasida virus bo‘lsa¸ uning tarqalish ko‘lami qanaqa bo‘lishini bir tasavvur qilib ko‘ring endi”¸ deydi hukumat mulozimi.

 

Prezident davlat va nodavlat tashkilotlari ishini masovafiy formatga o‘tkazishni buyurgan bir paytda¸ Ozodlik gaplashgan viloyat va respublika darajasida rasmiylar¸ hozircha majlisbozlikning eski uslubda davom etayotganini ta’kidlamoqda.

“Telegramma matniga¸ uning ilovasiga qarang. Uydan onlayn tarzda qatnashish haqida gap yo‘q. Hamma chaqirtirilganlar katta majlislar zali va studiyalarda shaxsan bo‘lishi shart. Bundan tashqari¸ chaqirtirilganlar orasida qishloq xo‘jaligiga umuman aloqasi yo‘q tizimlar rahbar va xodimlari bor. Borib turgan absurd bu". 

27 mart kuni Ozodlikka Andijon hokimiyat tizimida ishlovchi mulozimlardan biri Barnoyev chaqirtirgan majlisga qatnashish haqida viloyat hokimligi tomonidan yuborilgan "Xabarnoma" nusxasini yubordi.

 

Tuman hokimlariga yuborilgan buyrug‘iga viloyat hokimi o‘rinbosari studiyalarda kimlar shaxsan hozir bo‘lishi shartligini ilova qilgan.

26 mart kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash vaziyati haqida O‘zbekiston xalqiga murojaat qilgan prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda joriy etilgan karantin rejimini buzganlik oqibatlari og‘ir bo‘lishidan ogohlantirdi.

- Viloyat, shahar va tuman, 4 ta sektor rahbarlarining epidemiologik osoyishtalik uchun shaxsiy javobgar ekanligi haqida qat’iy ogohlantiraman. Sizlar koronavirus infeksiyasining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, karantin rejimini buzishning barcha salbiy oqibatlarini aholiga tushuntirish bo‘yicha tunu kun ishlashingiz shart.

Karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish to‘g‘risida parlamentimiz qabul qilgan qonunni imzoladim. Ushbu qonunga asosan, bundan buyon karantin davrida atrofidagi insonlarning sog‘lig‘i va hayotini xavf ostiga qo‘yganlar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi¸ dedi prezident jumladan.

Ozodlikka bevosita hukumat boshqaruviga aloqador mulozimlardan kelayotgan xabar va hujjatlardan¸ pandemiya davrida ham yuzlab odamni to‘plab¸ majlis o‘tkazish amaliyotining to‘xtamayotgani ko‘riladi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин рассказал о росте турпотока из Китая


Спорт в России и мире
Москва

Красногорск первым встретил участников международного супермарафона Москва-Минск


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Кирилл Скачков

Кирилл Скачков из Новокузнецка стал победителем Игр стран БРИКС-2024


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

По каким признакам можно распознать машину-«утопленника»: лайфхак





Путин в России и мире
Москва

ДОКЛАД ПРО ДЕЛО СКРИПАЛЕЙ, САФРОНОВА, ГОЛУНОВА. ПРО НАУКУ АКТИВНОЙ ВСЕЛЕННОЙ. ЭКСПЕРТ АНАТОЛИЙ ГОЛОД.


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Сергей Арутюнов

Триумфальное возвращение Льва Лещенко на сцену спустя месяцы затишья. Артист презентовал дуэт с солистом группы “Парк Горького” Сергеем АРУТЮНОВЫМ



Москва

Пограничник Дмитриев: Польские силовики забивают мигрантов деревянными кольями

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net