Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Март
2020

AIBA sobiq prezidenti G‘afur Rahimovning hovlisiga Molotov kokteyli otildi

0
AIBA sobiq prezidenti G‘afur Rahimovning hovlisiga Molotov kokteyli otildi

14 martga o‘tar kechasi, soat 3.00 atrofida noma’lum shaxslar Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi hovliga yonilg‘i to‘ldirilgan shisha - Molotov kokteyli irg‘itgan.

Hodisa yuz bergan joydan yonilg‘i quyilib, pilik o‘rnatilgan yana 3 ta shisha topilgan. 

Bu voqea yuzasidan tergovgacha surishtiruvdan xabardor IIB xodimining ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka bildirishicha¸ “bu hujum oqibatida kichik yong‘in kelib chiqqan va hovli qorovuliga tegishli “Matiz” rusumli avtomobil qisman shikastlangan”.

“Hujumga” nishon bo‘lgan hovlida AIBA sobiq prezidenti, 69 yashar G‘afur Rahimov va uning xotini Lola Rahimova istiqomat qiladi.

IIB zobitining Ozodlik muxbiriga  aytishicha¸ 14 mart kuni Lola Rahimova bu voqea yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIBga ariza bergan:

“Arizada «uyimizga o‘g‘ri tushdi» deb yozilgan. Podjog¸ "Molotov kokteyli" qismini ataylab aytishmagan. IIB xodimlari  pojarniklar bilan birga voqea joyiga borib, tergovgacha surishtiruv o‘tkazib qaytishdi. ... topilgan butilkalar daliliy ashyo sifatida olindi. Kelib chiqqan yong‘in borasida qo‘shnisidan tushuntirish xati olindi. Lekin hali jinoyat ishi ochilmadi. Ekspertiza javobi chiqmasa ish ochilmaydi. Pojarniy xulosa berishi kerak”.

Ozodlikda daliliy ashyo sifatida olingan butilkalar fotosi bor. Fotoni Ozodlikka tergovga yaqin manba taqdim qildi.

Tergovgacha surishtiruv hujjatlarida ushbu butilkalar “Molotov kokteyli” deb malakalangan.

Ozodlik mobil muxbiri voqea sodir bo‘lgan manzilga bordi. Mobil muxbir bilan suhbatlashgan qo‘shnilardan birining aytishicha¸ 14 mart kuni Mirzo Ulug‘bek tuman IIB dan tezkor guruh kelib, ularni so‘roq qilgan.

Ozodlik mobil muxbiri suhbatlashgan qo‘shni yong‘inni ko‘rgani va baqir-chaqirlarni eshitganini aytdi.

"Yopig‘liq qozon yopig‘ligicha qoladi"

Ayni paytda Rahimovlar oilasi bo‘lgan voqea matbuotga chiqishini istamayapti. 

Rahimovlar oilasi manfaatlarini himoya qilayotgan advokatlardan birining Ozodlikka aytishicha, Rahimovlar oilasi bu ish atrofida jimlik bo‘lishidan manfaatdor.

Ozdlik muxbiri G‘afur Raximovning xotini Lola Rahimova bilan bog‘lanishga urindi. Ammo Lola Rahimova matbuotga hozircha gapirmasligini advokati orqali bildirdi.

Voqea joyiga borgan mobil muxbir hovlining yong‘in chiqib qoraygan qismi yangi bo‘yab qo‘yilganligiga guvoh bo‘ldi.

Qudratli amaldor amri bilan?

Maqola yozilayotgan paytda Ozodlik muxbiri yana  boshqa bir yuqori lavozimdagi IIB xodimi bilan bog‘landi. 

Matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi bois ismi aytilmasligini so‘ragan zobit “Lola Rahimova ariza ostidagi imzosini qaytarib olgani va o‘g‘rilikka urinish bo‘lgani haqidagi ariza hovlidagi tanqo‘riqchilar nomidan yozilib qayta rasmiylashtirilganini” bildirdi.

“18 mart kungi holatda bu yuzadan jinoyat ishi ochilmadi¸ haliyam ekspertiza xulosasini kutyapmiz” dedi zobit.

Ozodlik muxbiri O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligidagi rutbasi yuqori yana bir mulozim bilan suhbat asosida bu voqeaga oydinlik kiritishga harakat qildi.

Ismi ochiqlanmasligini so‘ragan mulozim iddaosiga ko‘ra¸ “Molotov kokteyli" otilgani va mashina yongani borasida jinoyat ishini ochmay yopti-yopti qilishni Rahimovga qo‘shni mahallada yashovchi sobiq amaldor Ichki ishlar vaziridan shaxsan (Ozodlikka ism-familiyasi ma’lum) iltimos qilgan”.

Mulozimga ko‘ra¸ sobiq amaldor ko‘rsatmasiga binoan, Rahimov uyi hozir kuchaytirilgan tarzda qo‘riqlanmoqda.

Ozodlik mobil muxbiri Rahimov uyini Kalashnikov avtomatlari bilan qurollangan militsiya naryadi qo‘riqlayotganini ko‘rdi.

Ozodlikda mavjud  safar hujjatlarga ko‘ra¸ G‘afur Rahimov va Lola Rahimovalar 13 mart kuni Dubay shahriga (BAA) uchib ketayotganida Lola Rahimova Toshkent xalqaro aeroportidan chiqarilmagan. Ammo 13 mart kuni G‘afur Rahimov Dubayga uchib ketgan.

“Qasd olish”mi yoki “tahdid"?

Bir qarashda kichik yong‘in sifatida malakalash mumkin bo‘lgan bu hodisa, yangi O‘zbekiston tarixidagi eng ziddiyatli tadbirkorlardan biri  G‘afur Rahimov xonadonida bo‘lgani bois, ko‘p savollarni tug‘diradi. 

(Motivlar borasida turli taxminlar mavjud biroq ularni quvvatlovchi dalillar yo‘q. Mirziyoyev hokimyatga kelganidan so‘ng shubhali vaziyatda qaytib kelganidan beri Rahimov atrofida turli xabarlar paydo bo‘ldi. Rahimovning turmush o‘rtog‘i sobiq biznes hamkorlari bilan sudlashdi.) 

Rahimovning quyoshi botmoqdami?

69 yashar G‘afur Rahimovning bugungi obro‘si avvalgidek, xususan, bundan 10-15 yil ilgarigidek emasligi aytiladi. Oxirgi paytlarda u o‘z e’tiborini sportga qaratgan edi. U Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidentligidan ketishga majbur bo‘ldi va bunga uning kriminal dunyoga aloqasi borligiga gumonlar mavjudligi sabab bo‘ldi.

 

Rahimov AQSh Moliya vazirligining uyushgan xalqaro jinoiy guruh yetakchilariga qarshi joriy qilgan sanksiyalari ro‘yxatiga ilk bor 2012 yilning 23 fevral kuni "Yevroosiyodagi jinoiy sindikat" yetakchilaridan biri sifatida kiritilgan edi.

"Postsovet fuqarolaridan tashkil topgan “Birodarlik xalqasi” (Bratva) dagi belgilovchi shaxs bo‘lgan G‘afur Rahimov o‘zbek uyushgan jinoyat olami yetakchilaridan biri va u Markaziy Osiyoda narkotik moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashgan. Rahimov dunyoning yirik narkosindikatlarida geroin kontrabandasi bilan bog‘liq operatsiyalarda qatnashib kelmoqda"¸ deb yozilgan AQSh Moliya vazirligi o‘z rasmiy saytida 2013 yil 30 oktabrida e’lon qilgan hujjat matnida.

Keyingi ikki oy ichida Internetda jinoyat olamiga yaqinligi iddao qilinadigan biznesmen G‘afur Rahimov negativ shaklda tilga olingan bir nechta maqola paydo bo‘ldi.

2019 yilning 11 dekabrida ijtimoiy tarmoq orqali G‘afur Rahimovga qarshi “progon” – jinoiy olamga chaqiriq (Progon – Vikipediyaga ko‘ra, turma avtoritetlarining  ultimativ va bajarilishi shart hisoblangan topshirig‘i) tarqalgan edi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин поздравил работников скорой помощи с профессиональным праздником


Спорт в России и мире
Москва

Юные керамисты школы №2120 выиграли три Гран-при конкурса «Мир дому твоему!»


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Арина Соболенко

Арина Соболенко призналась в том, что не любит женский теннис


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Прокуратура Москвы: тело мужчины нашли в лесопарке в Сокольниках





Путин в России и мире
Москва

Politico: Россия проиграет войну с НАТО, предупреждает Польша (Topmember)


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Это - война: литовские беспилотники попытались атаковать Минск




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире
Москва

Дух разделения в Святой Руси, или Можно ли лишиться сана за отпевание Навального*



Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Вольфганг Амадей Моцарт

Моцарт в рок-формате: ставропольские музыканты представили свою версию известного мюзикла



Москва

"Такие - не видят в русских людей". Поплавская подсказала, как решить проблему "ценных специалистов"

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net