Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Март
2020

O‘qishini ko‘chirayotgan talabalar: O‘shDUdagi vaziyatga Andijon tibbiyot universiteti sababchi!

0
O‘qishini ko‘chirayotgan talabalar: O‘shDUdagi vaziyatga Andijon tibbiyot universiteti sababchi!

O‘zbekiston hukumati qo‘shni davlatlarda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishni vatanga ko‘chirish uchun ajratgan muddat (15 martgacha) tugash arafasida O‘sh davlat universtitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar yoppasiga o‘quv yurti rahbariyati eshiklari oldida to‘plandi.

Yuzaga kelgan vaziyatda ba’zi talabalar tengdoshlari oyoqlari ostida qolib ham ketdi va shu sababli, oliygoh 12 martdan boshlab tartib o‘rnatishga militsiya xodimlarini jalb qildi. 

O‘zbekistonlik talabalar esa oliygoh hujjat beruvchi xodimlar sonini ko‘paytirmaganidan norozi bo‘lmoqda.

O‘sh davlat universtitetida 3500 nafarga yaqin o‘zbekistonlik talaba o‘qiydi.

Ahmadjon universtitetning tibbiyot fakulteti talabasi. U o‘qishini Andijon davlat tibbiyot universtitetiga ko‘chirmoqchi.

Ahmadjon Ozodlik muxbiriga shu hafta boshidan beri arang hisob-kitob varaqasini olgani, yana bir necha hujjat olishi kerakligi, buning uchun tonggi soat 4 dan beri navbat kutayotganini aytadi:

- Kecha obxodnoyni oldik, bugun to‘ldirishni boshladik. Ertalab soat 4 da kelib navbatga turuvchilar ro‘yxatini tuzganmiz, lekin navbat ko‘pligi uchun ro‘yxatga amal qilinmadi.

O‘sh davlat universitetida qabul qilingan tartibga ko‘ra, o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirmoqchi bo‘lgan talaba oliygoh rahbari nomiga o‘qishdan chetlatish to‘g‘risida ariza yozishi, bu arizani fakultet dekani “men qarshi emasman” deb imzolashi, dekandan tashqari yana uch tegishli xodim imzolashi kerak bo‘ladi.

Ariza imzolanganidan keyin, talabani universitet talabalari safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq chiqariladi. Shundan so‘ng hisob-kitob varaqasi olinadi. Unda kontrakt, kutubxona, yotoqxonadan qarzi bor-yo‘qligi ko‘rsatilishi kerak. Mazkur hujjat bilan talaba oliygoh metodistiga boradi. U yerdan akademik ma’lumotnoma olinadi. Bu hujjatda talaba oliygohda necha yil o‘qigani, qaysi fanlardan qanday baholar olgani ko‘rsatiladi. Barcha hujjatlar yig‘ilgach, talaba O‘zbekistonga boradi. 

Ozodlik bilan mikrofonsiz gaplashgan talabalarga ko‘ra, O‘sh davlat univesitetida paydo bo‘lgan vaziyatga Andijon tibbiyot universtiteti rahbariyati sababchi.

O‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilgan dastlabki kunlarda ATU rahbariyati o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalarga “Sizlar borib o‘qib turinglar, hujjatni qachon olib kelish kerakligini o‘zimiz aytamiz”¸ deb arizalarni olib qolgan va o‘tgan haftaning shanbasida hujjatlarni olib kelish mumkinligini bildirgan.

Shu sababli ham O‘sh davlat universitetida tahsil olayotgan qariyb 3,5 ming talaba o‘z harakatlarini baravariga dushanba kuni boshlagan. 

O‘shDUning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zamirbek Bo‘jo‘novga ko‘ra, talabalarning hujjatlarini tezlikda olishi uchun kerakli choralar ko‘rilgan. Masalan, oliygoh dekanlari shu kunlarda talabalar fakultetma-fakultet ovora bo‘lib yurmasligi uchun oliygoh bosh korpusida ishlamoqda. 

- Biz hujjat ishlari uchun ish vaqtini ham uzaytirdik. Avval ish vaqti soat 9 dan 17 gacha bo‘lsa, hozir kechki 7 gacha ishlayapmiz. Imkon boricha imzo qo‘yib berayapmiz. Ishga erta kelyapmiz. Qolaversa, bosh binoda boshqa talabalar ham o‘qiydi. O‘qish jarayoni ketyapti. Talabalar tiqilib, baqir-chaqir bo‘lib ketganidan keyin, boshqa talabalar va o‘qituvchilar ham o‘qish jarayoniga xalal berayapti deb shikoyat qilishdi. Shundan keyin militsiya xodimlarini chaqirib¸ o‘zbekistonlik talabalarni navbat kutish uchun eshikka chiqarib, navbat bilan kiradigan qilib qo‘ydik.

Prorektorga ko‘ra, universitet bosh korpusida xujjat beriluvchi xonalardagi xodimlar soni ko‘paytirilgan. 

O‘zbekistonlik talabalar bilan ishlayotgan xodimlardan birining aytishicha, agarda talaba barcha hujjatlarni to‘la olib kelsa, bir talaba uchun 1 minutdan 5 minutgacha vaqt ketadi. Lekin talabalar, odatda, kerakli hujjatlarning barchasi bilan kelmagani sababli qayta-qayta qatnashga majbur bo‘lmoqda va shuning uchun har bir talabaga xizmat ko‘rsatishga o‘rtacha 15 – 20 daqiqa vaqt sarflanmoqda. 

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 6 fevral kungi buyrug‘i bilan Qozog‘iston¸ Qirg‘iziston va Tojikistonda o‘qiyotgan o‘n minglab talabaning o‘z o‘qishini imthonsiz mahalliy OTMga ko‘chirishiga ruxsat berildi.

 

Qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirishni istovchilar sonining nihoyatda ko‘pligidan¸ vazir avvaliga bir hafta qilib belgilangan ko‘chirish jaraënini 15 martga qadar uzaytirgan edi.

O‘zbekiston hukumati hozirga qadar o‘quv yili o‘rtasida bunday favqulodda qaror qabul qilinishini taqozo qilgan sabablarga izoh bergan emas.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин сообщил о масштабных планах благоустройства территорий школ и детсадов


Спорт в России и мире
Москва

ЭСК указала на ошибки главного арбитра дерби ЦСКА — «Спартак» Казарцева


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

16-летняя теннисистка Андреева обновила рекорд турниров WTA-1000


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

6 городов России, где можно увидеть белые ночи кроме Санкт-Петербурга





Путин в России и мире
Москва

Пашинян подготовил "подарок" Путину к его инаугурации. Запад будет доволен


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко заявил о желании построить в Белоруссии вторую АЭС




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Цинизм зашкалил: Елена Зеленская повеселилась в Киеве с герцогиней Эдинбургской


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Филипп Киркоров

Киркоров потратил 200 млн рублей на ремонт и золотые унитазы



Москва

Дональд Трамп допустил использование армии для выдворения нелегалов в случае своей победы

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net