Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Сентябрь
2019

Turk deputatining uyida boquvchi bo‘lib ishlagan 23 yashar jizzaxlik qiz sirli tarzda o‘ldi

0
Turk deputatining uyida boquvchi bo‘lib ishlagan 23 yashar jizzaxlik qiz sirli tarzda o‘ldi

Turkiyadagi hukmron Adolat va taraqqiët partiyasining parlamentdagi deputati¸ iste’fodagi general Shirin Unalning uyida bir yildan beri boquvchilik qilib kelgan 23 yashar Nodira Qodirova 24 sentabr kuni Anqarada jon berdi.

O‘zbekistonlik qiz¸ tibbiy xulosaga ko‘ra¸ to‘pponchadan otilgan o‘q yuragini yaralaganidan bir soatcha o‘tib kasalxonada o‘lgan.

Fojia paytida deputat Unal va uning oila a’zolari uyda bo‘lgan. Anqaradagi O‘zbekiston konsulligiga ko‘ra¸ qizning jasadi zudlik bilan Toshkentga jo‘natilgan va 26 sentabr kuni dafn etilgan.

Dastlabki surishtiruvga ko‘ra¸ Nodira o‘z joniga qasd qilgan¸ ammo uning akasi va qizni bilganlar bu taxminga ishonmasliklarini aytmoqda.

Deputat uyidagi sirli o‘lim

Turk matbuotining yozishicha¸ Nodira Qodirova 24 sentabr kuni tonggi 8:48 da general Unalga tegishli to‘pponchadan otilgan o‘qdan yaralangan¸ soat  9:50 da Bilkent kasalxonasida joni uzilgan.

O‘lim sababi¸ go‘yoki suiqasd. Fojia paytida uyda bo‘lgan hukmron partiya deputati Shirin Unal¸ hozircha turk matbuotining voqeaga oid savollariga javob berishdan bosh tortmoqda.

Nodira Qodirova keyingi bir yil davomida deputatning keksa onasiga boquvchilik qilib kelgan¸ uning Anqaradagi uyida yashagan.

Akasi Muhammadali Qodirovga ko‘ra¸ 4 yil oldin Turkiyaga kelgan Nodira universitetga kirish imtihoni topshirishga tayyorlanayotgan bo‘lgan¸ uning hayotida o‘zini o‘ldirishga undagulik biror sabab bo‘lmagan.

Ayni paytda¸ turk nashrlari Nodiraning o‘limidan bir kun oldin Laylo ismli dugonasiga jo‘natgan SMS da¸ “Yomon ishlar bo‘layapti. Akamning yuziga qanday qarayman. O‘lishni istayman”¸ deb yozganini iddao qilgan.

23 yashar qiz “yomon ishlar” deganda nimani¸ kimni nazarda tutgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Jasad favqulodda tezlikda Toshkentga yuborildi

Anqaradagi O‘zbekiston bosh konsulligi rasmiysining 26 sentabr kuni Ozodlikka aytishicha¸ Nodira Qodirovaning o‘limi ortidan uning akasi Muhammadali konsulikka murojaat qilgan:

“Juda katta fojia. Nodira asli jizzaxlik¸ ammo keyinchalik Qibrayda yashagan. Otasi o‘lgan¸ Toshkentda onasi qolgan. Akasi bilan birga Anqaraga ishga kelgan. Biz jasadni Toshkentga yubrish uchun kerakli qog‘ozlarni tayyorlashga yordam berdik¸ xarajatlarini deputat to‘ladi. Qiz¸ adashmasam¸ Toshkentda bugun dafn etildi”.

Akasining Nodirani o‘z joniga qasd qilganiga ishonmayotgani va o‘limning nihoyatda shubhali ekani haqidagi gumonlariga to‘xtalgan o‘zbek rasmiysi¸ o‘lim tafsilotlarini Turkiya tegishli  tizimlari o‘rganayotgani va konsullikning tergov jarayoniga aralashishga haqqi yo‘qligini bildirdi:

“Hozir asosiy ishimiz¸ qizning akasiga psixologik yordam berish. Akasi kuyib-yonib ketayapti. Janozadan qaytib kelgandan keyin¸ unga Turkiyadan kuchli advokat topib¸ o‘z taxmin va shubhalarini tergovga bildirishida yordam beramiz. Tibbiy ekspertiza paytida kerakli analizlar olingan”.

Adolat qaror topishiga shubhalar...

Nodira Qodirova kabi ikki yildan beri Turkiyada boquvchilik qilib kelayotgan Anqaradagi o‘zbekistonlik xizmatchi ayollardan biri¸ deputat uyida sodir bo‘lgan o‘limga oid haqiqatning ro‘yobga chiqishiga kuchli shubhasi borligini aytdi:

“Bu odam Erdo‘g‘on partiyasidan parlamentda deputat¸ ustiga ustak¸  general. Boy va qudratli odam. Faqat menmas¸ mening o‘ziga to‘q turkiyalik ish beruvchilarim ham¸ ishning yopti-yopti bo‘lib ketishiga ishonayapti. Bu odam uch kundan beri voqea haqida og‘iz ochib gapirmadi. Bundan keyin ham gapirmasa kerak”.

Mahalliy matbuotga ko‘ra¸ Nodira Qodirova o‘limi yuzasidan Turkiya prokuraturasi surishtiruv boshlagan. Hozircha general deputatning so‘roq qilingani¸ so‘roq qilingan bo‘lsa¸ qaysi maqomda so‘ralganiga oid ma’lumot yo‘q.

O‘zbek ayollarining Turkiyadagi og‘ir turmushi

Ozodlik suhbatlashgan o‘zbek boquvchilaridan biri¸ Anqaraning o‘zi yashayotgan rayonida kamida 40 nafar o‘zbekistonlik ayolning badavlat turklar eshigida farroshlik va keksalarga boquvchilik qilayotganini aytdi:

“Badavlat turklar bolasiga inglizchani biladigan enaga oladi¸ biznikilarni tozalovchi-xizmatkor va qari ota-onasiga boquvchi qilib oladi. Ish juda og‘ir¸ 24 soat xizmatdasiz¸ mas’uliyati og‘ir. Masalan menga¸ faqat shanba kechqurungi 9 dan yakshanba 9 gacha dam¸ xolos. Ko‘p ayollarimiz ish beruvchilar tomonidan har xil tajovuz¸ xususan¸ jinsiy tajovuzga uchrayapti. Buzilib ketayotgan ayollarimiz ham ko‘p. Lekin o‘ziga to‘g‘ri ayollarimiz bolam-uyim deb chidab¸ ishlab yuripti”.

Rossiya¸ Qozog‘iston va Janubiy Koreya kabi Turkiya  ham ishsizlikdan xorijga ketayotgan o‘zbekistonliklar uchun mehnat bozoriga aylangan.

Uch oygacha vizasiz qolish mumkin bo‘lgan Turkiyada hozirga kelib¸ norasmiy raqamlarga ko‘ra¸ yuz minglab o‘zbek muhojiri ishlamoqda.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Мэр Собянин: в Москве стартовали испытания первого в РФ беспилотного трамвая


Спорт в России и мире
Москва

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге о развитии водных видов спорта в Ставрополье


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Хромачёва и Сизикова пробились в финал турнира WTA в Рабате в парном разряде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Санкт-Петербург не смог обойти Москву в рейтинге жизни населения





Путин в России и мире
Москва

НАЛОГИ С ЗАРПЛАТ И НДС МОГУТ ОТМЕНИТЬ?! Государственная Дума и Правительство РФ оптимизируют налоги.


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Путин сегодня вечером вылетит в Минск, где встретится с Лукашенко




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Зеленский пожаловался, что западная помощь опаздывает


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Моргенштерн

Связанную с Моргенштерном* блогершу Ахметову лишили родительских прав после видео, на котором она душила дочь



Москва

Aviaincident: вблизи летевшего в Москву самолета заметили несколько шаров

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net