Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Сентябрь
2019

Advokat Toshkentga yurish boshlagani uchun qamalgan Mahmud Rajab bilan uchrasha olmadi

0
Advokat Toshkentga yurish boshlagani uchun qamalgan Mahmud Rajab bilan uchrasha olmadi

Xorazmlik jurnalist va shoir Mahmud Rajabni bundan 5 oy oldin ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha himoya qilish uchun Urganchga borgan advokat u bilan uchrasha olmadi. IIB xodimlari advokatga Mahmud Rajab "advokatdan voz kechgan"i haqida aytishgan. 

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, unga ochilgan jinoyat ishi Xorazm viloyat ichki ishlar boshqarmasidan shu viloyat prokuraturasiga o‘tkazilgan. Yaqin kunlarda ayblov xulosasi e’lon qilinishi kutilmoqda.

Mahmud Rajab Turkiyadan muxolifatchi shoir Muhammad Solih kitoblarini O‘zbekistonga olib kelgani uchun kontrabandada ayblanib, 5 oydan beri tergovga qatnayotgandi.  

Xorazmda "topa olmagan adolatni izlab" 22 sentabrda Gurlandan Toshkentga piyoda yo‘lga chiqqan Mahmud Rajab va uning norozilik yurishini Feysbukda jonli yoritgan bloger Shabnam Ollashukurova hozirda 10 sutkalik qamoq jazosini o‘tamoqda.

 

Ma’muriy ish

56 yashar jurnalist va shoir Mahmud Rajab hamda Shabnam taxallusi bilan blogerlik qilayotgan 32 yashar Nafosat Ollashukurovaga nisbatan Urganch shahar ma’muriy sudi chiqargan qaror tafsilotlari Ozodlikka 26 sentabr kuni ma’lum bo‘ldi.  

Ularning ikkalasi ham Ma’muriy javobgarlik kodeksining uchta moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan:

183-modda, "Mayda bezorilik";

192-modda, "Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish";

202-modda, "Ruxsat etilmagan yig‘ilishlar¸ mitinglar¸ ko‘cha yurishlari va namoyishlar o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish".  

Ayni paytda ushbu norozilik yurishi payti Shabnam Ollashukurovaning notanish ayol tomonidan kaltaklangani holati ochiq qoldi. Huquq-tartibot idoralari Shabnamning kaltaklash borasidagi da’volarini inobatga olgan yoki olmagani Ozodlikka ma’lum emas.

 Jinoyat ishi

26 sentabr kuni Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, Mahmud Rajab ustidan ochilgan jinoyat ishi yakunlangan va ish Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan Xorazm viloyat prokuraturasiga o‘tkazilgan. Endilikda ayblov xulosasi e’lon qilinishi kutilmoqda.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Mahmud Rajab "advokatdan voz kechgan". Halqaro tashkilotlardan biri tomonidan Mahmud Rajab himoyasi uchun ajratilgan advokat 26 sentabr kuni Urganchga borib, jurnalist bilan uchrasha olmasdan ortga qaytdi.

Advokat yigitga “Mahmud Rajab o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida himoyachidan voz kechgani borasida ariza yozgani”ni aytishgan.

Mahmud Rajab joriy yilning mart oyida Istanbuldan muxolifatchi shoir Muhammad Solih asarlarini olib kelayotganida Toshkent aeroportida ushlanib, qo‘lidagi kitoblar  taqiqlangan adabiyotlar sifatida olib qo‘yilgan edi.

Keyinchalik Mahmud Rajabga nisbatan  O‘zbekiston  Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi  ya’ni “Kontrabanda” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘ldi.

Bu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxsga besh yildan o‘n yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi ko‘zda tutilgan.

Mahmud Rajab qarindoshlari hamrohligida aynan ana shu ish to‘xtatilishini so‘rab Toshkentga piyoda yo‘lga chiqqan edi.

 Mahalliy matbuot munosabati 

Barmoq bilan sanarli Internet nashrlarini aytmaganda, mahalliy matbuot ushbu voqeani deyarli yoritmadi.

Ayni paytda Xorazm telekanalida 24 sentabr kuni ushbu norozilik yurishi ishtirokchilarini qoralovchi ruhdagi ko‘rsatuvlar namoyish qilindi. Bu ko‘rsatuvlarda oddiy aholi vakillari deya taqdim qilingan shaxslar yurish ishtirokchilari harakatini keskin qoralab gapirgan.  

Ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, Feysbuk orqali Shabnam Ollashukurovani soxta blogerga chiqarishga urinishlari ham  kuzatilayapti.

“Prezident blogerlarni qo‘llab turgan bir paytda, Shabnam Ollashukurovaning norozilik yurishini yoritgani ahmoqgarchilik” deya yozishdi Feysbukdagi postlarda.

Shuningdek, ayrim tarmoq foydalanuvchilari Shabnam Ollashukurovani “O‘zbekiston tinchligini ko‘raolmaslik”da ayblashdi. 

Jonli chiqishlari bilan tanilgan bloger

Shabnam Ollashukurova blogerlar safiga bir yilcha avval qo‘shilgan. Asosan, Feysbuk tarmog‘i orqali jonli chiqishlar qildi. Chiqishlarida asosiy e’tiborni huquq-tartibot idoralaridan aziyat chekkan shaxslarga qaratdi. Yana u Toshkentda rasmiy idoralar oldida bo‘ladigan norozilik piketlarini tarmoqlar orqali jonli yoritadigan bloger sifatida tanilgan.  

Ikki oy avval Xotin-qizlar qo‘mitasining "huquqbuzarlikka moyil" ayollar ro‘yxatini tuzish qarori keng muhokamaga sabab bo‘lgandi. O‘sha paytda Shabnam Ollashukurova Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova bilan Feysbuk orqali jonli intervyu qilgani bilan ham tanilgan edi.

Shabnam Ollashukurovaning uch yoshga to‘lmagan ikki egizak farzandi bor. Hozirda bolalarga Toshkentda Shabnamning onasi  qarayapti.

Shabnamning yaqinlari uni 10 sutkaga qamalganini noqonuniy deya da’vo qilishmoqda. Ma’muriy javobgarlik kodeksining 29-moddasiga ko‘ra, ma’muriy qamoqqa olish uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Bu tartibning Shabnam Ollashukurovaga nisbatan nima sababdan qo‘llanilmagani Ozodlikka ma’lum emas.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Мэр Москвы поздравил бизнесменов с Днем российского предпринимательства


Спорт в России и мире
Москва

ЦСКА шагнул к трофею // Команда обыграла УНИКС в первом матче финала Единой лиги ВТБ


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Ролан Гаррос

В Париже стартует «Ролан Гаррос» открытый чемпионат Франции по теннису


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Директор Московского зоопарка Светлана Акулова провела экологический марафон





Путин в России и мире
Москва

Москва готова развивать сотрудничество с Ташкентом и Астаной по поставкам газа – Песков


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Союзное государство – сила двух суверенных стран




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

В Киеве заявили о причастности Зеленского к покушению на Фицо


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Анастасия Волочкова

Серябкина с волком, Волочкова с крыльями ангела и Клава Кока в роли Русалочки — самые яркие и запоминающиеся образы звезд на VK Fest



Москва

"Терпению Путина пришел конец": Появилось объяснение отзыву посла России из Армении

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net