Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Сентябрь
2019

AQSh Namoyandalar palatasi spikeri Trampga impichment e’lon qilish uchun surishtiruv o‘tkazishni buyurdi

0
AQSh Namoyandalar palatasi spikeri Trampga impichment e’lon qilish uchun surishtiruv o‘tkazishni buyurdi

AQSh Kongressi Namoyandalar palatasining demokrat a’zolari AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z qasamyodiga “xiyonat qilgani”ni aytib, uni lavozimidan chetlatish masalasini ko‘rib chiqish uchun rasmiy jarayon boshlanganini ma’lum qildi.

24 sentabr kuni Namoyandalar palatasi raisi Nensi Pelosi Tramp “o‘z qasamyodi, AQSh milliy xavfsizligi hamda saylovlar halolligiga xiyonat qilgani uchun” shunday qarorga kelinganini aytdi.

Pelosi bunday tergovga qarshi chiqib kelayotgan edi, ammo Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga 25 iyul kuni qilgan qo‘ng‘irog‘i davomida sobiq vitse-prezident Jo Bayden hamda uning o‘g‘li Hanter Bayden bilan bog‘liq aytgan gaplari oshkor bo‘lishi ortidan o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi.

- Prezident javobgarlikka tortilishi kerak. Hech kim qonundan ustun emas, - dedi Pelosi 24 sentabr kuni AQSh telekanallari efirga uzatgan nutqida.

- Shunday ekan, bugun Namoyandalar palatasi rasmiy impichment surishtiruvini boshlaganini e’lon qilyapman, - dedi.

Tramp telefon suhbati davomida Baydenlarni muhokama qilganini tan oldi, ammo Zelenskiyga bosim o‘tkazganini rad etmoqda.

Ammo Tramp suhbat oldidan o‘z xodimlariga Ukrainaga ajratilgan 400 million yordam pulini muzlatib turishni buyurganini tan oldi.

Bayden Demokratlar partiyasidan 2020 yili bo‘ladigan AQSh prezidenti saylovida respublikachi Trampga raqib bo‘lishga intilayotgan nomzodlardan biridir. Siyosatchi Ukrainaga aloqador qonunbuzarlikka qo‘l urganini ko‘rsatuvchi dalil yo‘q.

Pelosining bayonoti ortidan Tramp to‘qqiz daqiqa ichida Twitterda bir necha marta post yozdi. Ularda prezident tergovni “jodugarlarni ovlash” hamda prezidentni “siquvga olish” deya qoraladi.

Xabarlarga ko‘ra, Tramp o‘sha qo‘ng‘irog‘i vaqtida Zelenskiydan 8 marta Baydenning Ukrainadagi faoliyatini ko‘rib chiqishni so‘ragan. 

Ushbu qo‘ng‘iroq haqida Razvedka qo‘mitasiga suhbatdan xabardor shaxs shikoyat yuborishi ortidan ma’lum bo‘lgan.

AQSh Milliy razvedkasi direktori lavozimini bajarayotgan Jozef Maguayr ushbu shikoyat Kongressga yuborilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Pelosi esa AQSh prezidenti administratsiyasi shikoyatni Kongressga berishdan bosh tortib, qonunni buzganini aytdi. Xabarlarga ko‘ra, shikoyatda Tramp Zelenskiyga qilgan va’dalar yuzasidan xavotir izhor qilingan.

Zelenskiy 24 sentabr kuni BMTda Amerika ovozi jurnalistlarining Tramp bosim o‘tkazganmi-yo‘qligi haqidagi savolga aniq javob bermadi va:

- Biz mustaqil davlatmiz, hammasiga tayyormiz, - deyish bilan cheklandi.

Tramp 25 sentabr kuni BMT Bosh assambleyasi anjumani davomida Zelenskiy bilan uchrashishi kutilmoqda.

Namoyandalar palatasidagi respublikachilar yetakchisi Kevin Makkarti Pelosi qarorini qo‘llamasligini aytdi.

AQSh konstitutsiyasiga binoan prezident “xoinlik, poraxo‘rlik yoki boshqa jiddiy jinoyat va ahloqbuzarliklar” uchun lavozimdan chetlatilishi mumkin.

1868 yilda Endryu Jonson, 1998 yilda Bill Klinton impichment jarayoniga yo‘liqqan, ammo ularni Senat oqlagan. 1974 yilda Namoyandalar palatasi Richard Niksonga qarshi impichmentni ma’qullagan, ammo jarayon yo‘lga qo‘yilishidan oldin prezident iste’foga chiqqan.

Tramp aybdor deb topilishi va ishdan olinishi ehtimoli oz, chunki hozir Senat boshqaruvi respublikachilar qo‘lidadir.

Tramp 24 sentabr kuni Zelenskiy bilan o‘tkazgan suhbatining to‘liq bayoni e’lon qilinishini aytdi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин рассказал об открытии нового перехода на вокзал Зеленоград-Крюково


Спорт в России и мире
Москва

Команда Центрального округа Росгвардии стала призером на чемпионате по пожарно-спасательному спорту в Москве (видео)


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Ролан Гаррос

Соболенко победила на старте открытого чемпионата Франции по теннису


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

«Компьютерный 3D-переводчик на жестовый язык» стал одним из победителей конкурса цифровых проектов и идей для людей с нарушением слуха «Мы услышим»





Путин в России и мире
Москва

Создать комфортные условия для исследований и обучения


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Белый дом признал причастность к выработке «формулы мира» Киева


Навальный в России и мире
Москва

Раз нет протестов, будут санкции: как навальнисты и команда Ходорковского меняют стратегию борьбы с Россией



Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Элвис Пресли

Дом Элвиса Пресли атаковали аферисты



Москва

«ЭкоНива» тестирует электронные торги племенным скотом

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net