Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Сентябрь
2019

12 kg. geroin o‘zbek-qozoq chegarasidan o‘tgani ortidan chegarada yana uzundan-uzun navbat paydo bo‘ldi

0
12 kg. geroin o‘zbek-qozoq chegarasidan o‘tgani ortidan chegarada yana uzundan-uzun navbat paydo bo‘ldi

25 sentabr kuni Ozodlikka kelgan surat va videolarda O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasining “G‘ishtko‘prik”/”Jibek Joli” postida O‘zbekistonga kirish uchun yuzlab metrga cho‘zilgan mashinalar karvoni paydo bo‘lgani aks etgan.

Ozodlik gaplashgan o‘zbekistonliklar o‘zlarining ikki sutkadan beri O‘zbekiston hududiga kira olmayotgani¸ o‘zbek chegarachilari ham, bojxonachilari ham bunday tiqin sababi haqida rasmiy tushuntirish bermayotganini bildirdi.

Qozog‘iston Chegara xizmati Ozodlikka bu tiqinga o‘z tomonining aloqasi yo‘qligi ma’lum qildi. O‘zbekiston tomondan hozircha izoh berilmadi.

O‘zbek-qozoq chegarasida yana tiqin

Ozodlikka o‘zbek-qozoq chegarasidagi vaziyat aks etgan surat va videolarni yuborgan haydovchilar o‘zlarining ikki sutkadan beri O‘zbekistonga kira olmayotganini bildirdi.

 

“Chernyaevkada (“G‘ishtko‘prik”/”Jibek Joli” chegara-bojxona postining xalq tilidagi nomi – tahr.) navbat siljimayapti – o‘zbek bojxonachilari o‘tkazmayapti. (O‘zbekistonga kiritmayapti - tahr.) Biror rasmiy chiqib odamlarga tushuntirish bermayapti. Shofyorlar yig‘ilib¸ Bojxona qo‘mitasiga  telefon qildik. Ular bizga "o‘rganib ko‘rib¸ o‘zimiz chiqamiz" deyishdi¸ ammo hech kim qaytib telefon qilmadi. Postda turganlari odamlar bilan umuman gaplashmayapti¸ izoh ham bermayapti. Yuk va yengil mashinalarni baravariga o‘tkazmayapti. Qozog‘iston tomonidagi most umuman qotib qolgan¸ lekin qozoqlarning bunga aloqasi yo‘q”¸ dedi chegaradan o‘tishda muammoga uchramaslik uchun shaxsini ochiqlamagan haydovchilardan biri.

Navbat kutayotgan haydovchilardan birining taxminicha¸ o‘zbek-qozoq chegarasidagi bu tiqin o‘tgan juma kuni Rossiyaga ketayotgan  uchta tojikistonlik yosh yigit mashinasidan narkotik moddalar topilgani bilan bog‘liq:

“Tojikistonliklar uchta mashinada oldiniga O‘zbekistonga kirgan¸ keyin O‘zbekiston bojxona va chegara kontrolidan o‘tib¸ Qozog‘istonga kirgan. Qozoq bojxonachilari har uchala mashinadan katta partiya narkotik topgan. Shunga endi o‘zbek tomoni kiruvchilarni qiynab tashlayapti”.

12 kg geroin ikki marta o‘zbek chegara-bojxona postidan bemalol o‘tgani taxmin qilinmoqda

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati rasmiysi O‘zbekiston bilan chegarada paydo bo‘lgan tiqinlarga aloqasi yo‘qligini bildirdi.

Ayni paytda mazkur idora matbuot xizmati mutasaddisi Ozodlik bilan suhbatda katta partiya narkotiklarning qo‘lga olinganini tasdiqladi.

“20 sentabr kuni “Jibek Joli”  postida bizning  bojxonachilarimiz Tojikiston fuqarolariga tegishli avtomashinaga bekitilgan 12 kg geroinni qo‘lga tushirdi. Tergov siri bois sizga qo‘lga olingan tojikistonliklar shaxsini ochiqlay olmayman. Ular bu geroin bilan O‘zbekiston hududidan o‘tib Qozog‘istonga kirganda¸ Linda laqabli maxsus iskovich itimiz taynikda narkotik borligini aniqlagan. Chegarada paydo bo‘lgan tiqinning bu voqeaga bevosita aloqasi bor-yo‘qligini sizga aniq ayta olmayman"¸ dedi Qozog‘iston chegara xizmati rasmiysi.

Qozoq chegarachilari namoyandasiga ko‘ra¸ “G‘ishtko‘prik”/”Jibek Joli” posti O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegarasining eng katta va texnik jihatdan eng yaxshi jihozlangan o‘tish punkti hisoblanadi.

“Bu yerda narkotiklarni aniqlash uchun texnik imkoniyatlar¸ shuningdek¸ maxsus o‘rgatilgan itlar bor. Ammo biz 12 kg geroinning qanday qilib qo‘shni davlat bojxonachilaridan o‘tgani haqida sharh bera olmaymiz” dedi Ozodlik suhbatlashgan Qozog‘iston rasmiysi.

Qozog‘iston Chegara xizmati rasmiysi¸ “bu qadar katta miqdordagi geroinning O‘zbekiston davlat chegarasini bir emas¸taxminlarga ko‘ra¸  ikki marta kesib o‘tganida chegara va bojxona xizmati xodimlarining noprofessionalligi ayblash kerakmi yoki korrupsiyani?” degan savolga ham “no comment” deya javob berdi.

Hozircha “G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona postidan Qozog‘istonga o‘tgan 12 kg. geroinning O‘zbekiston hududiga qanday kirgani haqida ma’lumot yo‘q.

Joriy yil yanvarida «G‘ishtko‘prik» chegara-bojxona posti modernizatsiya va rekonstruksiya qilinib¸   o‘zbek rasmiylari bayonotiga ko‘ra¸ “bir kunda 40 ming nafar kishi harakatlanishi uchun imkoniyat yuzaga kelgan” edi.

O‘zbekiston tomoni keltirgan rasmiy raqamlarga ko‘ra¸ 2018 yilda ayni chegara-bojxona postidan  10 million 183 mingdan ortiq odam¸ 101 mingdan ortiq transport vositasi o‘tgan.

Dunyoga tarqalayotgan geroinning 90¸ Yevropaga yetib kelayotganining esa 95 foizi¸ BMT idorasiga ko‘ra¸ Afg‘onistonda yetishtirilayotgan qoradoridan tayyorlanmoqda. Bu geroin qolgan dunyo¸ xususan¸ Yevropaga bir necha yo‘nalishda yetib keladi. Ulardan “shimoliy marshrut” deb ataladigani  Tojikiston¸ Qirg‘iziston¸ O‘zbekiston¸ Qozog‘iston va Rossiya orqali Yevropaga keladi. Mutaxassislar taxminicha¸ afg‘on geroinining 25-30 foizi aynan shu yo‘nalish orqali tarqamoqda.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин назвал победителей конкурса «Педагоги года Москвы»


Спорт в России и мире
Москва

Волонтеры Президентской академии в Санкт-Петербурге вносят свой вклад в развитие и повышение доступности спорта для граждан


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Елена Рыбакина

В России отреагировали на "скрытую баранку" и достижение Рыбакиной на Ролан Гаррос


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Проверку начали после загрязнения реки Сетунь в Москве





Путин в России и мире
Москва

Создать комфортные условия для исследований и обучения


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

В Польше заявили о зловещем плане Киева


Навальный в России и мире
Москва

Раз нет протестов, будут санкции: как навальнисты и команда Ходорковского меняют стратегию борьбы с Россией



Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Певец

Певца и поэта Рябуху наградят званием «Заслуженный артист Забайкальского края»



Москва

Эксперт рассказал о новом тренде на рынке загородной недвижимости Москвы

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net