Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida energoresurslar bilan bogʻliq noqonuniy holatlarga chek qoʻyildi
Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Romitan tumanining Gazli shahri yaqinidagi choʻl hududida Xorazm viloyati Xazorasp tumanida yashovchi F.Norboyev oʻziga tegishli boʻlgan “ISUZU” rusumli avtomashinada 7,4 tonna gazokondensat mahsulotini noqonuniy ravishda olib ketayotgan vaqtda qoʻlga olindi.