Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Июль
2019

Oilaviy tadbirkorlikka kredit ajratish to‘xtadi - banklarda pul tugadi

0
Oilaviy tadbirkorlikka kredit ajratish to‘xtadi - banklarda pul tugadi

Aholi bandligini ta’minlashga imtiyozli kreditlar ajratish uchun moliyaviy resurslar iyunning boshida tugagan, qo‘shimcha resurslar qachon kelishi hozircha noma’lum.

Bu ma’lumotni Ozodlik kredit ololmayotgan fuqarolardan kelayotgan shikoyatlarni o‘rganish jarayonida “Agrobank” markaziy idorasi mulozimidan so‘rab bildi.

O‘zbekiston prezidenti joriy yilning 7 martida qabul qilgan 4231- qarorda tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlarga 8 foizli imtiyozli kreditlar ajratilajagi belgilab qo‘yilgan.

 

Qashqadaryo viloyat, G‘uzor tuman, Jarariq Mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Navbahor mahallasida yashovchi 60 yashar buxgalter Muhiddin Meylonov Ozodlikka yozgan xatida “Agrobank”dan 3 yildan buyon kredit ololmayotgani to‘g‘risida shikoyat qildi.

Ozodlik bilan 2 iyul kungi suhbatda Meylonov 2017 yili kam ta’minlangan oilalarning tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun beriladigan kredit; 2018 yili esa, o‘g‘li yosh tadbirkorlarga beriladigan imtiyozli kredit so‘rab, “Agrobank”ning mahalliy sho‘’basiga murojaat qilganini, lekin kredit ajratilmaganini aytib berdi.

Muhiddin Meylonovning aytishicha, u Prezidentning 7 martdagi qaroridan ruhlanib, qo‘y-echki boqishni tashkil qilish uchun joriy yilning 11 mayida yana “Agrobank”ka kredit so‘rab murojaat qilgan, kredit ajratilishi uchun talab qilinadigan hujjatlarni to‘liq topshirgan, bank garov talab qilmagan, kafillikka MFY o‘tgan.

“O‘shandan beri bankka har kuni boraman, sabr qil, deydi, ertaga kel, deydi, bozordan keyin kel, deydi...”, deb zorlandi Muhiddin Meylonov. Uning aytishicha, ayni paytda kredit olganlar ham bor:

“Yaqin bir qarindoshim, I.U. ismli otasi yo‘q kambag‘al yigit, kecha bo‘lasining menga aytishicha, quruq jildning ichiga bitta NN qog‘oz bilan, pasportining kserokopiyasini solib bergan, 30 mln so‘m kredit olgan”.

Muhiddin Meylonovning, uzunquloq gaplarga tayanib aytishicha, “30 mln so‘m kredit olish uchun 100 dollar pora berish kerak”. Biroq Meylonov bu gap taxmin ekanligini, chindan ham shunday, deb aytish uchun dalil-isboti yo‘qligini ta’kidlab aytdi.

“Agrobank”ning G‘uzor tuman sho‘’basi kredit bo‘limi xodimi, Ozodlik savollariga javoban, bu yil kam ta’minlangan oilalarning tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun 2000 dan ortiq oilaga jami bo‘lib 30 mlrd so‘mlik kredit berilganini bildirdi. Uning aytishicha, "shu kunda kredit ajratish uchun bankda resurs yo‘q".

G‘uzorlik Muhiddin Meylonovnikiga o‘xshagan shikoyatlar keyingi haftalarda Ozodlikka bot-bot kelib turibdi.

Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumanida yashovchi, hozirda ishsiz 40 yashar haydovchi Allambergan Orzaev kredit ololmayotganidan Ozodlikka shikoyat qilgan o‘nlab o‘zbekistonliklardan yana biri.

Allamberganning 2 iyul kuni aytishicha, u chorva boqish uchun 20 mln so‘mlik kredit so‘rab, “Agrobank”ka 2018 yilning sentabrida murojaat qilgan, lekin o‘shanda undan hatto hujjatlarini qabul qilishmagan.

Bu yil Allambergan Orzaev yana bir necha bor – yil boshidan buyon har oy – so‘nggi bor may oyida kredit so‘rab bordi. Bu gal endi u 30 mln so‘m so‘radi:

“May oyida yana borib, 8 foizlik kreditdan 30 mln so‘rab, mol boqmoqchiman, desam, menga hozir resurs yo‘q, dokument qabul qilmayapmiz, deyishdi. Shunda men ustingizdan arz qilaman, Prezidentning ishonch telefoniga murojaat qilaman, deganimdan keyin hujjatlarimni qabul qilishdi, lekin baribir rezultat bo‘lmayapti”.

“Agrobank” bosh idorasining o‘zini tanishtirmagan mulozimi 2 iyul kuni Ozodlikning imtiyozli kreditlar bilan bog‘liq vaziyatga doir savoliga javoban bunday dedi:

“Hozirgi kunda kredit berilmayapti. Chunki resurs yo‘q. Resurs o‘tgan oyning boshida tugagan. Kreditning siz aytayotgan turiga resursni bizning bank ajratmaydi. Bu kreditlar Respublika Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan beriladi”.

Shu kungacha qancha kredit so‘rovi to‘planib qolgani, imtiyozli kreditlar ajratish uchun tilga olingan institutlardan qachon resurs kelishi to‘g‘risida “Agrobank” bosh idorasi mulozimi ma’lumot bera olmadi.

“Agrobank” mulozimining aytishicha, Prezident qarori bilan oilaviy tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlashga boshqa banklar ham jalb etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2019 yilning 7 martida “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4231- qarorni imzolagan.

Qarorda “aholining mehnat orqali daromad topishga bo‘lgan qiziqishini keskin oshirish, ayniqsa muhtoj oilalarning hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyatini […] imtiyozli shartlarda moliyalashtirishni tizimli ravishda davom ettirish taqozo etilayotgani” uqtirilgan.

Prezident qarori bilan imtiyozli kreditlar oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga yillik 8 foiz stavkada 3 - 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratilishi belgilab qo‘yilgan.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин обнародовал программу развития столичного туризма


Спорт в России и мире
Москва

«Торпедо» объявило об уходе хоккеистов Кручинина, Бауи и Малова


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Соболенко вышла в ⅛ финала турнира WTA в Мадриде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

6 городов России, где можно увидеть белые ночи кроме Санкт-Петербурга





Путин в России и мире
Москва

Президент России Владимир Путин подтвердил проведение XVI Международного военно-музыкального фестиваля «Спасская башня»


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

«Набей им морду, покажи им, что ты настоящий белорус». Лукашенко о поездке спортсменов на Олимпиаду




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Генсек НАТО прибыл в Киев: главные заявления Столтенберга и Зеленского


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Анастасия Волочкова

Shot: экс-бойфренда Волочковой подозревают в обмане московского бизнесмена



Москва

МакSим — о Трусовой: какой характер у этой девочки!

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net