Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Июль
2019

Imon Karimova Shveysariyadagi millionlarni qaytarish to‘xtatilganini bildirdi

0
Imon Karimova Shveysariyadagi millionlarni qaytarish to‘xtatilganini bildirdi

2 iyul kuni O‘zbekiston marhum prezidentining nevarasi Imon Karimova o‘z Instagram sahifasida onasi va Toshkent hukumati o‘rtasidagi munosabatlarning joriy ahvoliga oid yangi tafsilotlarni ochiqladi.

Instagram Storyga qo‘yilgan rus tilidagi uch betlik xatida Imon Karimova onasining Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 21-sonli ayollar qamoqxonasidagi ahvolining kun sayin og‘irlashayotganini iddao qiladi.

“Bitta odam – Gulruh Rasulovna Karimovaning hatti-harakatlari bois¸ O‘zbekiston xalqi  va’da qilingan pullarni ololmaydi. Bu esa birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. Bundan bir  oycha oldin onam bu pullarni  qaytarish uchun mavjud to‘siqlarni aylanib o‘tish va olib tashlash jarayonini boshlagan edi”¸ deb boshlanadi Imon Karimovaning navbatdagi maktubi.

Xatda yozilishicha¸ onasi saqlanayotgan qamoqxona noziri Gulruh Karimova o‘z nazoratidagi koloniyadagi tuganmas janjallar¸ besh ayolning har xil sabab bilan o‘lgani ortidan o‘tgan yil ishdan chetlatilgan;  besh ayol va 21-koloniya qoshidagi bolalar uyida saqlangan bir bola o'limi Gulnora Karimova 2018 yili jazoni o‘tash davrida ro‘y bergan.​

Imon Karimova¸ bunday iddaosiga biror-bir dalil keltirmagan.

Imon Karimova ta’kidicha¸ 2019 yilning mart oyida onasi “uydirma ayblar” bilan qayta 21-koloniyaga tashlanganidan so‘ng¸ prokuratura xodimlari¸ xususan Ilyos Muhammedov Gulruh Karimovani yana qamoqxona nozirligiga tayinlagan.

“Ko‘p o‘tmay¸ Gulruh Rasulovnaning bu amalga maxsus vazifa bilan – onamga bosim o‘tkazish uchun qaytarilgani ayon bo‘ldi. Prokuratura xodimlari onam bilan muvaffaqiyatsiz tugagan kelishuvda o‘zlari qilgan qonun buzishlarini bekitish¸ onamni hamkorlik qilmagandek ko‘rsatish va shu  orqali uning qamoqdan chiqish ehtimolini butunlay yo‘q qilishni istashdi”¸ deb yozadi Imon Karimova.

O‘zbekiston marhum prezidentining Londonda yashayotgan nevarasi¸ onasi joriy yilning mart oyida 21-koloniyaga qaytarilgandan beri yana ikki odamning o‘lganini aytadi. Ozodlik bu iddaoni hozircha mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlata olmadi.

O‘tgan oy Imon Karimova va Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi advokati Greguar Manja (Grégoire Mangeat) marhum prezident to‘ng‘ichining Zangiota qamoqxonasida o‘ta og‘ir ahvolda saqlanayotgani¸ salomatligi yomonlashib borayotgani¸ tez-tez hushdan ketishiga qaramay¸ unga tibbiy yordam ko‘rsatilmayotgani haqida yozgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan bu xabarlar ortidan O‘zbekiston ombudsmani umumiy tartibdagi 21-sonli ayollar qamoqxonasida saqlanayotgan Gulnora Karimovaning tutqunlikda ahvoli va sharoiti bilan tanishganini ma’lum qildi.

O‘z rasmiy saytida Ombudsman Ulug‘bek Muhammadiev jumladan:

“Shifokorlar ko‘rsatmasi bilan u muntazam ravishda kerakli dori-darmon bilan ta’minlanmoqda. Bugungi kunda Gulnora Karimovaning salomatligi, umuman olganda, qoniqarli va u sog‘lom ovqatlanish ratsioni asosida ta’minlanmoqda”, deb yozdi.

2 iyul kungi xatida Imon Karimova Ombudsmanni ham prokuraturaning “to‘liq nazoratida” ekanini aytib¸ uni o‘z bayonotida koloniyaning yomon boshqaruvi haqida lom-mim demagani uchun tanqid qildi.

Prokuratura va 21-koloniya rahbari Gulruh Karimovani onasining og‘ir ahvoli uchun asosiy aybdor deb atagan Imon Karimova¸ Gulnora Karimovaga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilmayotgani¸ muntazam ruhiy bosimda ushlab turilganini yana bir bor takrorladi.

“Onam koloniya rahbari bois jismoniy tahdid ostida qolgan¸ unga ko‘rsatilayotgan bosim va u saqlanayotgan sharoit¸ hatto bu yerda saqlanayotgan eng xavfli jinoyatchilarda ham yo‘q”¸ deb yozdi 2 iyul kungi xatida Imon Karimova.

Onasining salomatligi keyingi oy ichida “keskin yomonlashgani”¸ bunday munosabatning yaqin orada to‘xtatilmasligi ortidan¸ Karimovaning qizi o‘zlariga “O‘zbekiston hukumatiga pullarni olishda yordam ko‘rsatish borasida keyingi oylar davomida qilingan hamma ishni vaqtincha to‘xtatish” tavsiya etilganini ta’kidlaydi.

“Onamning advokati va Shveysariya sudi uning tegishli yordam olishi¸ unga nisbatan bosimlarning to‘xtatilishi borasida ishonch hosil qilmaguncha¸ bizning mamlakatimizdan farqli qonunlar risoladagiday ishlaydigan davlat qonunlariga muvofiq (Shveysariya nazarda tutilmoqda – tahr.) onamni jismonan yo‘q qilishga urinayotgan odamlar yetovida yurish davom etmaydi”¸ deb yozdi Imon Karimova.

Shu tarzda Imon Karimova¸ qamoqdagi onasi¸ uning advokati va Karimovaning Londondagi farzandlari Shveysariyada muzlatilgan pullarni O‘zbekiston hukumatiga qaytarish borasida boshlangan hamkorlik to‘xtatilganini e’lon qildi.

Instagram xatida investitsiyalarga muhtoj O‘zbekistonga bu pullarning qaytarilmasligi uchun aybdorlik yana bir bor  prokuratura va 21-koloniya rahbari zimmasiga yuklatiladi.

Imon Karimovaning bu maktubi Gulnora Karimova O‘zbekiston xalqi va prezidentiga murojaat qilib¸ kechirim so‘ragani¸ Shveysariyada muzlatilgan pullarning qaytarilishida bosqichma-bosqich hamkorlik qilishini bildirganidan 10 kuncha o‘tib paydo bo‘ldi.

Karimova murojaati ertasiga - 24 iyun kuni Shveysariya federal prokuraturasi Gulnora Karimovaning mamlakat banklarida muzlatilgan 800 million frank (taqriban 850 million AQSh dollari) mablag‘ning 130 millionini O‘zbekistonga qaytarish haqida dastlabki qaror qabul qilinganini bildirdi.

Ayni kuni O‘zbekiston shou biznesi namoyandalari maxsus kampaniya boshlab¸ Gulnora Karimovaning tez kunlarda qaytishini nishonlashga kirishdi.

Ayrim manbalar Ozodlikka 28 iyun kuni Zangiota qamog‘idagi 9 nafar ayolning Oliy sud hukmi bilan amnistiya qilinib¸ ozodlikka chiqarilishi mumkinligi va bu ro‘yxatda Gulnora Karimovaning ismi ham borligini bildirdi.

1 iyul kuni O‘zbekiston milliy axborot agentligi Gulnora Karimova saqlanayotgan Zangiota ayollar qamoqxonasidan 6 nafar mahbusning Oliy sud hukmi bilan muddatidan oldin ozodlikka chiqarilganini xabar qildi.

Muddatidan oldin qamoqdan chiqqan ayollar ismi-sharifi hozircha jamoatchilikka ochiqlanmadi. 

Gulnora Karimovaning Shveysariya va boshqa xorij banklariga qo‘yilgan pul va boshqa boyliklarining egasi¸ Ozodlik ixtiyoridagi vasiyatnomaga ko‘ra¸ uning Londonda yashayotgan o‘g‘li Islom va qizi Imondir.

Islom va Imon O‘zbekiston hukumati onasini "jismonan yo‘q qilish rejasida "ekani haqidagi iddaoni bundan oldin ham G‘arb matbuoti va ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha marta tarqatgan.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин сообщил о масштабных планах благоустройства территорий школ и детсадов


Спорт в России и мире
Москва

Легионер "Локомотива" Ньямси: в Москве жизнь дешевле, чем в Париже


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

16-летняя теннисистка Андреева обновила рекорд турниров WTA-1000


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

6 городов России, где можно увидеть белые ночи кроме Санкт-Петербурга





Путин в России и мире
Москва

Президент России Владимир Путин подтвердил проведение XVI Международного военно-музыкального фестиваля «Спасская башня»


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

«Набей им морду, покажи им, что ты настоящий белорус». Лукашенко о поездке спортсменов на Олимпиаду




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Генсек НАТО прибыл в Киев: главные заявления Столтенберга и Зеленского


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Тимати

«Смотреть было брезгливо»: мама Тимати отреагировала на интервью Алены Шишковой



Москва

В Узбекистане оскорбившему Мирзиеева за участие в параде Победы дали 5 лет

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net