Afsonaviy minora ― “Chrysler Building“ sotuvga qoʻyiladi
![Afsonaviy minora ― “Chrysler Building“ sotuvga qoʻyiladi](http://uza.uz/upload/iblock/3bf/photo5312427808879913451.jpg)
Nyu-Yorkning afsonaviy minoralaridan biri ― “Chrysler Building“ osmonoʻpar binosi sotuvga qoʻyilishi mumkin. Bunga raqobatchi osmonoʻpar minoralarning koʻpaygani hamda uni saqlashga katta mablagʻ ajratilayotgani sabab boʻlgan. Bu haqda “The Wall Street Journal” gazetasi “NYC Capital Markets Group” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Darsi Stekom maʼlumotiga asoslanib xabar bergan.