“Aʼlo taʼtil” loyihasi yakunlandi
![“Aʼlo taʼtil” loyihasi yakunlandi](http://uza.uz/upload/iblock/f85/photo5298838502290598548.jpg)
Mamlakatimizning faol, tirishqoq va aʼlochi oʻquvchilarini Surxondaryodagi “Xalqaro yoshlar oromgohi”da birlashtirgan “Aʼlo taʼtil” loyihasiga bugun yakun yasaldi. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan loyihada respublikada saralangan 192 aʼlochi oʻquvchi ishtirok etib, maroqli taʼtil oʻtkazdi.