Luchia Bianchin: “Oʻzbekiston oʻzining yuz foiz paxta mahsulotlari bilan dunyo bozoriga jadal kirib kelmoqda”
![Luchia Bianchin: “Oʻzbekiston oʻzining yuz foiz paxta mahsulotlari bilan dunyo bozoriga jadal kirib kelmoqda”](http://uza.uz/upload/iblock/3cb/photo5307942866590476834.jpg)
Germaniyaning Frankfurt shahrida boʻlib oʻtayotgan anʼanaviy “Heimtextile 2019“ xalqaro uy toʻqimachilik mahsulotlari koʻrgazmasi Oʻzbekistonning toʻqimachilik sohasi mutaxassislari uchun xorijlik ishbilarmonlar bilan hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish hamda jahon bozori talab va taklifini oʻrganishda yaxshi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.