Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Январь
2019

Prezident qabulxonasi oldida piket qilgan 5 ayoldan biri 5 kunga qamaldi

0
Prezident qabulxonasi oldida piket qilgan 5 ayoldan biri 5 kunga qamaldi

Toshkentda O‘zbekiston prezidenti qabulxonasiga mahalliy amaldorlar ustidan shikoyat bilan borgan 5 nafar ayoldan biri bezorilikda ayblanib,  5 sutkaga qamaldi, qolgan 4 ayol minimal ish haqining 11 barobari (qariyb 2 million so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.

Bu haqda Ozodlikka voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan inson huquqlari himoyachilari xabar qildi.

Huquq himoyachilarining aytishicha, 9 yanvar kuni ayollar O‘zbekiston prezidenti qabuliga  kiritishlarini talab qilib, Oliy Majlis Senati binosidagi Xalq qabulxonasi oldiga to‘plangan.

Ayollar Xorazm, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan bo‘lib, ularning shikoyati o‘zlari yashayotgan viloyatlarda mahalliy amaldorlarning ularga nisbatan nohaqliklariga oid bo‘lgan.

Piket aks etgan videoda ayollar "prezidentni xalq sayladi, chiqsin xalqning oldiga", deya baqiradi.

Ammo, piket uzoqqa cho‘zilmadi. Prezident qabulxonasi qo‘riqchilari besh nafar ayolni avtobusga bosib olib ketadi.

Xorazmlik faol Mahmud Rajabning Ozodlikka aytishicha, piket ishtirokchilari Yakkasaroy Ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan.

31 yoshli Nafosat Ollashukurova bezorilik aybi bilan besh kunga qamalgan.

- Ayollar prezident qabulxonasi oldida qo‘lga olinib, oldin Yakkasaroy tumani IIBsiga, keyin sudiga olib borilgan. Ularga ma’muriy jazo  qo‘llanilgan.  Nafosat besh sutkaga qamalgan, qolgan ayollarga 11 baravar minimal oyliq miqdorida jarima solingan, - dedi Mahmud Rajab.

O‘zbekiston prezidenti xalq qabulxonasiga borgan ayollarning qo‘lga olinishi va jazolanishi yuzasidan Yakkasaroy tumani IIBsi Ozodlikka izoh bermadi.

Qamalishidan bir kun oldin Nafosat Ollashukurova uning noroziligiga mahalliy hokimlikning Urganchdagi ijara uyidan haydab chiqargani sabab bo‘lganini Ozodlikka bildirgandi.

Shuningdek, u 9 yanvar kuni ertalab militsiya uning telefonini olib qo‘yib, undagi videotasvirlarni o‘chirib tashlashgani haqida ham Facebook sahifasida xabar bergandi.

U o‘zining Facebook sahifasiga qo‘ygan videolarda prezident mahkamasi qo‘riqchilarining ayollardan birining telefonini tortib olishga urinayotgani, ayollarning qarshilik ko‘rsatishayotgani ham aks etgan.

Videodagi yozuvda bir ayol, militsiyaning "Siz kimsiz? Nega videoga olayapsiz?" degan savoliga "Prezidentimiz har kim videoga olishga va diktofonni qo‘shishga haqqi bor deb qo‘ydilar!" deya javob beradi.

O‘zbekistonda va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda prezident qo‘riqchilari qiyofasini videoga olinishi taqiqlangan.

Mahalliy hokimliklardan norozi ayollarning prezident qabulxonasi oldida qo‘lga olingani haqida Ozodlik bundan oldin ham xabar bergan.

O‘tgan yilning iyun oyida prezident qabulini talab qilib borgan ayollardan biri 11 sutkaga qamalgan edi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Москва-Пекин. Собянин в Китае подписал соглашение о сотрудничестве


Спорт в России и мире
Москва

В УФСИН России по Республике Дагестан прошли лично-командные соревнования по легкой атлетике


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Людмила Самсонова

Самсонова поддержала Андрееску после победы над ней в финале турнира в Хертогенбосхе


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Российские компании придерживаются собственного подхода в ESG





Путин в России и мире
Москва

ДОКЛАД ПРО ДЕЛО СКРИПАЛЕЙ, САФРОНОВА, ГОЛУНОВА. ПРО НАУКУ АКТИВНОЙ ВСЕЛЕННОЙ. ЭКСПЕРТ АНАТОЛИЙ ГОЛОД.


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Элджей

Рэпер Элджей выступил на фестивале «Черника Fest Music» в Новосибирске



Москва

Источник 360.ru: в Марьино на Люблинской улице мужчина выпал из окна многоэтажки

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net